MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Zakirov Ravshan Tulkunovich
Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: +998 90 946-47-27
E-mail: r.t_zakirov@mail.ru

 

Kafedra tarixi:

Kafedra 1963 yilda “Foydali qazilma konlarini izlash va razvedkasi metodikasi” kafedrasidan ajralib “Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi” nomi bilan mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi va birinchi kursga talabalar qabul qilina boshlandi. Kafedraga professor O.A.Riyjkov rahbarlik qila boshladi.

1967-1970-yy.da kafedraga akademik O.M.Akromxodjaev, 1970-1971-yy.da professor M.S.Saydalieva, 1972-1977-yy. va 1986-1996-yy.da professor Z.S.Ibragimov, 1977-1986-yy.da dotsent E.M.Abetov, professor Z.S.Ibragimov,  1996-2010 yy.da “Faxriy ixtirochi”, Turon akademiyasining akademigi dotsent I.Xolismatov, 2010-2015-yy.da O‘zR FA mukofoti laureati, “SH1uxrat” medali sohibi, ko‘p yillar “O‘zbekneftegaz” MXK bosh raisining birinchi muovini bo‘lib ishlagan, neftь va gaz bo‘yicha bir nechta davlat dasturlarini ishlab chiqishga rahbar bo‘lgan g-m.f.d. professor A.Abidov rahbarlik qildilar. 2018 yil sentyabridan kafedraga g-m.f.n. dotsent R.T.Zakirov rahbarlik qilmoqda.Kafedra tashkil qilingandan beri 1000 dan ortiq mutaxassis tayyorlandi. Ular orasidan 10 dan ortiq fan doktorlari, 70 dan ortiq fan nomzodlari, 2 ta davlat mukofoti laureatlari (A.G.Ibragimov, N.X.Alimuxamedov), 4 ta O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademiklari va davlat tashkilotlarining rahbarlari etishib chiqqanlar.SHu kungacha kafedrani bitirgan mutaxassislarning ishtiroki bilan 100 dan ortiq neftь va gaz konlari ochilgan. Kafedrani bitirgan yosh mutaxassislar “O‘zbekneftegaz”, “O‘zgeoburneftegaz”, “IGIRNIGM”, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekgeo-fizika”, “O‘zLITIneft-gaz”, “O‘zneftegazqazibchiqarish” AJlarda, geofizik ekspeditsiyalarda (Farg‘ona, Buxoro, YAkkabog‘, Ustyurt) va burg‘ilash boshqarmalarida (Olot, Hissoroldi, G‘uzor, Farg‘ona, Surxon) soha bo‘yicha turli lavozimlarda neftь va gaz konlarini izlash, konlardagi zaxira miqdorlarini hisoblash, geologiya-razvedka ishlarining yo‘nalishlarini belgilash va shu kabi masalalarni echish ustida  xizmat qilishmoqda.SHuningdek, kafedrani bitirgan mutaxassislar qator davlatlardagi (Xitoy, Germaniya, Suriya, YAman, Iroq, Jazoir, Kuba, Afg‘oniston va b.) neftь va gaz kompaniyalarida faoliyat yuritib, yangi UV konlarini aniqlashga va ularni ishga tushirib, ishlatishga salmoqli hissa qo‘shganlar. Hozirgi kunda “Lukoyl”, “Gazprom” (Rossiya), “CNPC” (Xitoy), “CNOC” Janubiy Koreya), “PETRONAS” (Malayziya), “ERIELL” (CHexiya) kompaniyalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishmoqda.Mustaqillik yillaridan keyin kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq monografiya, 70 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanmalar, 100 dan ortiq o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar, 1000 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 40 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar olingan.

Mutaxassislar tayyorlash jarayoni kafedra tizimida fan va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini integrallash asosida amalga oshirilmoqda. Talabalarni mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish neftь va gaz geologiyasini zamonaviy yutuqlarga asoslangan dasturlarda: Petrel,  Geo Solver,  Geopoisk, Texlog, Interactive Petrofiziks, NEXUS, tNavigator olib boriladi. Talabalarning nazariy bilimlari “Uzbekneftgaz” AJ tizimidagi tarmoq institut va tashkilotlardagi kafedraning filiallarida (“Neftь va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti” AJ va “O‘zbekgeofizika” AJ) mustahkamlanmoqda.

Kafedraning ilmiy potensiali etarli darajada bo‘lib, hozirgi kunda (o‘rindoshlar bilan birgalikda) 4 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, 1 ta doktorant, shuningdek iqtidorli talabalar – bakalavr va magistrlardan iboratdir.

Kontingent:

Talabalarning umumiy soni: 159

Bakalavriat yo‘nalishi:

ISHLAB CHIQARISH-TEXNIK SOHA

  • Muhandislik ishi
  • Ishlab chiqarish texnologiyalari

Magistratura mutaxassisligi:

ISHLAB CHIQARISH-TEXNIK SOHA

  • Muhandislik ishi
  • Ishlab chiqarish texnologiyalari

Kafedradagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5311700 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha: neft va gaza konlari).
  • 5311900 – Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
  • 5312000 – Neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish
  • 5321400 – Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi

Kafedradagi magistratura mutaxassisligi:

  • 5311702 – Neft-gaz konlari geologiyasi
  • 5311709 – Neft va gaz konlarini izlash hamda razvedkasi.
  • 5311901 – Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
  • 5312001 – Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish
  • 5320309 – Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari
  • 5321401 – Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

 
  1. Zakirov Ravshan Tulkunovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent, kafedra mudiri.
  2. Xalismatov Irmuxammad, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
  3. Abdullaev Gaybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
  4. Akramov Baxshillo SHafievich, texnika fanlari nomzodi, professor
  5. Agzamov Avaz Xamidillaevich, texnika fanlari doktori, professor
  6. Zakirov Azamjon Alimdjanovich, texnika fanlari doktori, professor
  7. Bozorov Jo‘rabek To‘ronovich, PhD nomzodi, dotsent
  8. Tillashayxov Muxitdin, texnika fanlari nomzodi, dotsent
  9. Xabibullaev Saidaziz SHoxsuvorovich, PhD nomzodi, dotsent
  10. Narmatov Bexzot Raxmatullaevich,Texas A&M universiteti, master of engineering
  11. Abduraxmonov Bexzod Abdurasul o‘g‘li, katta o‘qituvchi
  12. Farmanov Uktam Baltaevich, assistent

Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlar:
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yura va paleozoy yotqiziqlaridagi neftь va gaz konlarini izlash hamda razvedkasi;
  • kam o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan karbonat kollektorlardagi gazokondensat uyumlarini ekspluatatsiya qilish usullarini ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasining Surxondarьyo neftgazli regionidagi paleogen, bo‘r va yura yotqiziqlarini neftgazliligini baholash va bu regionda olib boriladigan geologorazvedka ishlarini ilmiy asoslash;
  • O‘zbekiston Respublikasidagi neftь, gaz va kondensat konlarini zahiralarini hisoblash va boshqalar.

Olib borilgan ilmiy ishlarning asosiy natijalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Kam o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan karbonat jinslardagi gazli qatlamlarni ekspluatatsiya qilish usullari ilmiy asoslab ishlab chiqilgan.
  • 2.Ustyurt neft gazli regioninidagi toyura jins komplekslarini neftgazliligiga perspektivasini baholash.
  • 3. Geologo-geofizik ma’umotlarni ilmiy taxlili natijasida bitta gazkondensat va ikkita neft konlarini geologik modeli aniqlashtirilib tuzilgan, mahsuldor qatlamlarni parametrlari aniqlashtirilgan va gaz hamda neftning zahirasi hisoblangan. Natijada zaxira miqdori 15 foizga oshgan.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy-metodik ishlar:

Kafedrada barcha fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, metodik ko‘rsatmalar, sinov ishlari uchun vazifalar, testlar tayyorlanadi va nashrga beriladi.

O‘quv jarayoniga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “aqlliy xujum”, klaster uslubi va boshqa yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilinmoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan moddiy-texnik bazani yangilash, ilmiy yutuqlarni ishlab-chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, seminarlar tashkil qilish kafedrani dolzarb vazifalari bo‘lib ular o‘z natijalarini ko‘rsatmoqdalar. Masalan, 2018 yilning 28-30 noyabr kunlari kafedra magistraturasining 1 kurs talabasi U.Xamroev Rossiyani I.M.Gubkin (Moskva sh.) nomidagi neftь va gaz universiteti taklifnomasi bilan halqaro konferensiyada ishtirok etib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha monografiya va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib, chop etilgan.

Monografiya:

  • Xolismatov I., Nurmatov M.R., i dr. Perspektivы neftegazonosnosti paleozoyskix otlojeniy yuga Ferganskogo regiona v svete novыx geologo-geofizicheskix dannыx. Toshkent, Fan va texnologiyalar 2018g.
  • Nurmatov M.R., Xolismatov I i dr. Perspektivы dlitelьno-razrabatыvaemыx mestorojdeniy nefti i gaza yuga Ferganskogo regiona v svete novыx dannыx seysmorazvedki i bureniya skvajin. Toshkent, Fan va texnologiyalar 2018g.
  • A.A.Abidov va boshqalar. Neftь va gaz geologining amaliy qo‘llanmasi. Toshkent, Navruz, 2013
  • A.A.Abidov. Sovremennыe osnovы prognoza i poiskov skopleniy nefti i gaza. Tashkent. Fan. 2010g.
  • A.A.Abidov. Genezis nefti i gaza i metodika poiskov ix mestoskopleniy. Tashkent. Fan. 2010g.
  • A.A.Abidov. Dunyo neftь va gaz hududlari va akvatoriyalari . Toshkent   SHarq   2009g.
  • Darsliklar:
  • Xalismatov I., Maxmudov N.N., Neft va gaz zaxiralarini hisoblash. Tashkent, Fan va texnologiyalar 2018g
  • I.Xolismatov, R.Zakirov i N.Maxmudov. Neftegazonosnыe kompleksы: litologiya i prirodnie rezervuarы (chast:prirodne rezervuar). Tashkent, Fan va texnologiyalar 2015g
  • I.Xolismatov, R.Zakirov i N.Maxmudov. Neftgazli komplekslar: litologiya va tabiiy saыlagichlar (tabiiy saqlagichlar qismi). Tashkent, Fan va texnologiyalar 2015g
  • A.A.Abidov i dr. Er fizikasi. Tashkent, Fan va texnologiyalar 2014g
  • I. Xolismatov i dr. Neftь va gaz konlari gidrogeologiyasi. Tashkent, Fan va texnologiyalar 2014g
  • A.Abidov, I.Xolismatov i dr. Neftь va gaz to‘plamlarini izlash va razvedkasining metodlari. Tashkent. TGTU. 2012g.
  • I.Xolismatov, I.Burlutskaya i dr. Proektirovanie poiskovogo i razvedochnogo bureniya na neftь i gaz. Tashkent, Fan va texnologiyalar 2011g
  • I.Irgashev, I.Xolismatov i dr. Neftь va gaz konlari geologiyasi. Tashkent. SHarq. 2008g.
  • A.A.Abidov i dr. Neftь va gaz geologiyasi. Tashkent. TGTU. 2005g.
  • I. Xolismatov, O.Xayitov i dr. Neftь va gaz geologiyasi va geokimyosi. Tashkent. TGTU. 2003g.

Ma’ruza matnlari:

Bakalavriat va magistratura bo‘yicha kafedrada o‘tiladigan fanlardan ma’ruza matnlarini qog‘oz va elektron variantlari kafedrada mavjud.

O‘quv va laboratoriya xonalari to‘g‘risida ma’lumot:

Kafedra qaytadan yangi tashkil etilgani va hozirgi kunda faqat 1-2 kurs talabalari bo‘lganligi uchun bitta o‘quv va 1 ta laboratoriya xonasi mavjud. Kafedrada ilmiy va o‘quv  ishlanmalardan iborat biblioteka va prezentatsiya materiallari bilan tanishish uchun kompьyuterlar mavjud bo‘lib, kompyuterlar homiy tashkilot -Uzneftegazqazibchiqarish AJ tomonidan berilgan.

 

DEPARTMENTS

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.