MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

GEOLOGIYA, MINERALOGIYA VA PETROGRAFIYA KAFEDRASI

 

Kafedra mudiri:
Tulyaganova Nargiza SHermatovna
Qabul kunlari va soatlari: Chorshanba  1300 – 1500
Telefon: +998 93 575-77-38
Elektron manzil: nargiza.tulyaganova@mail.ru

 

Kafedra tarixi

“Geologiya, mineralogiya va petrografiya” kafedrasi 2005 yilda “Geologiya”, “Kristallografiya va mineralogiya” va “Petrografiya, petrologiya va regional geologiya” kafedralari asosida tashkil qilindi.

“Geologiya” kafedrasini ochilishi O‘zbekistonda Oliy ta’limni vujudga kelishi, 1920 yilda Turkiston davlat universiteti tashkil etilishi bilan  bog‘liq. “Geologiya” kafedrasiga prof. V.G. Muxin (1920-1932 y), M.I. Brik (1932-1934 y), N.F. Bezobrazova (1934-1942 y), O. K. Lange (1942-1945y), O.I. Sergunkova (1945-1978 y), M.O.Ahmedjanov (1978-1998 y), R.T. Zokirov (1998-2003 y) va T.Z. Shermuxamedov (2003-2005 y) rahbarlik qildilar.       O‘qitish jarayonida kafedrada professor  o‘qituvchilardan E.A.Repman (1950-1986 y), A.H.Xolmatov (1957-1993 y), N.F. Ikonnikova (1966-1986 y), F.T. Odilov (1974-1983 y), N.V. Averburg (1975-1996 y), K.A. Alimov (1981-1996 y), SH.Sultonmurodov (1975-1996 y), E.R.Bazarbaev (1978-1996 y), O.A. Vinogradov (1978-1996 y), K.K. Nabiev (1960-1996 y), S.R.Mahamatrahimov (1968-1997 y),   B.T.Toshmuxamedov  va boshqalar ishtirok etdilar.  Umumiy va tarixiy geologiya, strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash, regional geologiya va  geotektonika, geomorfologiya  fanlaridan talabalarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda faol qatnashdilar.       “Kristallografiya va mineralogiya”  kafedrasini tashkil qilinishi Turkiston davlat universiteti tashkil etilishi bilan  bog‘liq (1920 y.). Kafedrada A.S.Uklonskiy (1920-1973 y), Z.M.Protodyakonova (1973-1975 y), T.Z.Zokirov (1975-1998 y) rahbarlik qildilar.  Kafedrada  G.V.SHestakov, YU.M.Golubkova, O.N. Kozlova, S.I.Ibodullaev, K.S. Zohidov, K.X.Odilxonov, M. V. Abdunabieva va boshqalar talabalarga ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.       1930 yilda “Geologiya”, “Kristallografiya va mineralogiya” kafedrasi asosida O‘rta Osiyo geologiya qidiruv instituti tashkil qilindi. SHu yili   “Petrografiya, petrologiya va regional geologiya” kafedrasiga asos solindi. Kafedraga V.A. Nikolaev (1930-1941y.), E.A.Radkevich (1941-1944 y.), H.M. Abdullaev (1948-1960 y.), I.M.Mirxodjaevlar (1961-2005 y.) rahbarlik qildilar.        Kafedrada professor o‘qituvchilardan K.N. Vendland, N.I. Lebedova,  YA.S. Visnevskiy,  P.I. Salov, F.SH. Radjabov, B.M. Urazaev, M.SHerafiev, T.M. Motsokina, L.A. Axmedjanova, M.I. SHamsutdinov,  J.D.YAkubov,                         Q. U. Urunbaev, T.Z.SHermuxamedov va boshqalar petrografiya, petrologiya va regional geologiya, geotektonika fanlaridan talabalarga dars berdilar.    

         1998 yilda “Kristallografiya va mineralogiya”, “Petrografiya, petrologiya va regional geologiya” kafedralarini birlashtirib  “Mineralogiya, petrografiya va regional geologiya” kafedrasi nomi berildi.

        2006 yilda unga  “Geologiya” kafedrasi qo‘shilib, kafedra “Geologiya, mineralogiya va petrografiya” deb atala boshlandi. Unga kafedra mudiri qilib X.S.Xodjaev tayinlandi. 2007 yildan boshlab “Geologiya, mineralogiya va petrografiya” kafedrasini B.T.Toshmuxamedov, 2013 yildan N.SH.Tulyaganova  boshqarib kelmoqda.

       Hozirgi paytda kafedrada kafedra mudiri N.SH.Tulyaganova, prof. K.X.Odilxonov, g.m.f.n.,dots. T.Z.SHermuxamedov, g.m.f.n., dots. A.A.Abdu-raxmanov, dots. X.S.Xodjaev, g.m.f.n.dots.A.R.Asadov, k.o‘q. B.F.Odilov, M.V Abdunabieva, ass.T.R.Mirzaxodjaev, D.M Ilyasova, B.I.Allayarov, S.A.Normurodov va S.A. Rabbimkulovlar talabalarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni quyidagi fanlardan dars bermoqdalar: «Umumiy va tarixiy geologiya», «Kristallografiya va mineralogiya», «Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash», «Petrografiya», «Geomorfologiya va to‘rtlamchi davr geologiyasi», «Regional geologiya va geotektonika».        Kafedra xodimlari o‘qish jarayoni bilan birga ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. M.O.Axmadjonov boshchiligida kafedra Markaziy Osiyoni  tektonik jihatdan rayonlashtirish va SHimoliy va O‘rta Tyan-SHan uzulmalarining endogen ma’danlashish imkoniyatlarini kompleks geologik baholash mavzularida ilmiy ish olib borildi. Bunday ilmiy izlanishlar natijasida  Markaziy Osiyoning geologiyasi, tektonikasi, qattiq foydali qazilmalar va paleozoy yotqiziqlarining neft va gazga bo‘lgan istiqbollarini bashoratlovchi har hil masshtabli geologik xaritalar tuzildi va bu esa geologik qidiruv ishlarini olib borishda asos bo‘lmoqda.

      1950 yildan boshlab X.M.Abdullaev boshchiligida vulkanogen va intruzivlarni metallogenik ixtisoslanishi yo‘nalishi bo‘yicha petrologik ish olib borildi. X.M.Abdullaevga “Geneticheskaya svyazь orudeneniya s granitoidnыmi intruziyami” monografiyasiga Lenin nomidagi davlat mukofoti berildi.

       1960 yildan boshlab I.M.Mirxodjaev boshchiligida kafedrada qadimiy metamorfik jinslar va metasomatozlar o‘rganila boshlandi. 1977 y.  I.M.Mirxodjaev, M.A.Axmadjanov, O.M.Borisov, V.A. Xoxlov va boshqalarni “Dokembriy Sredinnogo i YUjnogo Tyanь-SHanya” yozgan monografiyasiga Beruniy  nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti berildi.

       1950 yildan boshlab temir, polimetall, simob, surma va oltin konlarini mineralogiyasini A.S. Uklonskiy, Z.M.Propodyakonova, T.Z.Zokirovlar boshchiligida «Kristallografiya va mineralogiya» kafedrasini xodimlari o‘rgandilar.         Hozirgi vaqtda raqamli kosmik suratlardan foydalanib Qizilqum hududini tog‘lik, tog‘ oldi va berk joylaridagi strukturalarni o‘rganish, ularni xaritalash, har xil foydali qazilma konlaring geologik strukturalarini o‘rganib va bu strukturalarni kosmik su’rat yordamida xaritalab, ularning suratdan ajratib olish belgilarini aniqlash va buning natijasida hududning to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan yopiq maydonlaridagi strukturalarni aniqlash usullarini yaratish, mavjud foydali qazilma konlarini davomlarini aniqlash, yangi har xil foydali qazilma konlarini belgilarini aniqlash va shunga o‘hshagan mavzular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

       Ilmiy ishlar natijalari O‘z.R.Davgeolqo‘mitaga qarashli geologiya ishlab chiqarish birlashmalarida ma’dan zahiralarini aniqlashda qo‘llanilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Tulyaganova Nargiza SHermatovna – kafedra mudiri, dotsent
  2. Odilxonov Karim Xasanovich – g-m.f.n., professor
  3. SHermuxamedov Tulkin Zokirovich – g-m.f.n., dotsent
  4. Abduraxmonov  Abdug‘ani Abduvalievich – g.m.f.n., dotsent
  5. YUnusova Oqibat Muxtorovna – g-m.f.n., dotsent
  6. Zokirov Otabek Tolibjonovich – g-m.f.n., dotsent
  7. Toshmuxamedov Baxtiyar Tursunovich – dotsent
  8. Abdunabieva Munira Vahobovna – katta o‘qitituvchi
  9. Odilov Baxrom Farxodovich – katta o‘qitituvchi
  10. Mirzaxodjaev Tulyagan Raxmatovich – katta  o‘qituvchi
  11. Ilyasova Dilfuza Maxamatsobirovna katta  o‘qituvchi
  12. Allayarov Bekzod Ismoilovich katta  o‘qituvchi
  13. Jonibekov Bobir Omonovich assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Hozirgi vaqtda kafedra xodimlari uch yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar:

  • G‘arbiy O‘zbekiston Janubiy Nurota tog‘laridagi oltin ma’danli konlarning hosil bo‘lishi geologik strukturaviy sharoitlari.
  • G‘arbiy O‘zbekistondagi oltin konlarida rivojlangan metasomatitlarni oltin ma’danlarini hosil bo‘lishidagi ahamiyati.
  • Masofaviy zondlashning raqamli ma’lumotlari asosida Tomditov tog‘larining kosmogeologik asosini yaratish.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

«Geologiya, mineralogiya va petrografiya» kafedrasi 5311700-  «Foydali qazilma konlar geologiyasi, qidiruv va razvedkasi» (qattiq foydali qazilmalar), 5311800 – «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi», 5311600 – «Konchilik ishi», 5311500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalish bakalavr talabalariga «Umumiy va tarixiy geologiya», «Strukturaviy geologiya va geologik haritalash», «Kristallografiya va mineralogiya», «Regional geologiya va  geotektonika», «Petrografiya», «Geomorfologiya va to‘rtlamchi davr geologiyasi»  umumkasbiy geologik fanlaridan ma’ruza, laboratoriya va  amaliyot mashg‘ulotlari olib boradilar.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha 6 darslik, 7 o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, kurs ishlarini bajarish uchun qo‘llanmalar, JN, ON va YAN bosqichlarini o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlangan. O‘qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EXMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster) zamonaviy pedagogik omillari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg‘ulotlarida va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. Keyingi yillar davomida kafedraning professor o‘qituvchilari tomonidan  monografiya, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko‘plab manbalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan muzeylar:

Monografiya:

  • Akbarov X.A., Tulyaganova N.SH. va boshqalar  «Metodologiya prognozirovaniya mestorojdeniy poleznix iskopaemix»  2014 yil.
  • E.E.Egamberdiev. «Platinonostnost magmatogennix i epimagmatogennix mestorojdeniy Vostochnogo Uzbekistana». 2015 yil.

Darsliklar:

  • N.SH.Tulyaganova. «Petrografiya». Darslik. «Fan va texnika» nashriyoti – 2014 yil
  • T.Z.SHermuxamedov. «CHo‘kindi jinslar petrografiyasi». Darslik «MRITI» – 2013 y
  • B.T.Toshmuxamedov. «Umumiy geologiya» darsligi chop etilib va  «Yilning eng yaxshi darsligi o‘quv adabiyoti muallifi»  respublika tanlovining  g‘olibi Oliy va O‘rta maxsus, xalq ta’limi vazirliklari hamda «Iste’dod»jamg‘armasining  III darajali diplom bilan taqdirlandi.
  • K.X. Odilxonov «Mineralogiya» darsligi 2014 yilda chop etildi va «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» tanlovida II darajali diplomi bilan taqdirlandi va TDTU rektorati  tomonidan mukofot oldi.
  • X.S.Xodjaev. «Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash» darsligi chop etildi va «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» respublika tanlovining  g‘olibi Oliy va O‘rta maxsus, xalq ta’limi vazirliklari hamda «Iste’dod» jamg‘armasining  III darajali diplomi bilan taqdirlandi.
  • O.T. Roziqov, B.I.Mirxodjaev, A.A. Abduraxmanov, E.A.Usmanaliev. Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari darsligi 2016 yilda chop etildi.

O‘quv  qo‘llanma:

  • Tulyaganova N.SH. «Umumiy va tarixiy geologiya» (1 qism) amaliy mashg‘ulotlar bajarish uchun o‘quv qo‘llanma. Voris – 2013.
  • B.F.Odilov. Regional geologiya va geotektonika. TDTU-2015 yil
  • SHermuhamedov. «CHo‘kindi jinslar petrografiyasi» (1 qism) TDTU-2011 yil
  • T.Z. SHermuhamedov. «CHo‘kindi jinslar petrografiyasi» (2 qism) TDTU-2011 yil.
  • B.F.Odilov, N.SH.Tulyaganova. Umumiy va tarixiy geologiya. 2018yil.
  • N.SH.Tulyaganova, M.B.Ashirov. Umumiy geologiya. 2018 yil.
  • N.SH.Tulyaganova, B.I.Allayarov. Geologiya va gidrogeologiya. 2018 yil.

Uslubiylar qo‘llanmalar:

  • T.Z.SHermuhamedov, N.SH.Tulyaganova «Petrografiya» (Metasomatik tog‘ jinslar) lab. Ishlarini bajarish uchun usl.qo‘llanma. TDTU-2015 yil.
  • T.Z. SHermuhamedov, B.F.Odilov «Petrografiya» rus tilida lab. ishlarini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma. TDTU-2013 yil.
  • R.T.Zokirov, N.SH.Tulyaganova, «Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash» fanidan kurs ishlarini bajarish uchun usl.qo‘llanma. TDTU-2014 yil.
  • «Umumiy geologiya» fanidan kurs ishlarini bajarish uchun usl.qo‘llanma. TDTU-2014 yil.
  • N.SH.Tulyaganova, B.F.Odilov «Tarixiy geologiya». TDTU-2012 yil.
  • Abdunabieva M.V «Kristallografiya va mineralogiya» lab.ishlarini bajarish uchun  usl.qo‘llanma. TDTU-2016yil.
  • R.T.Zokirov, N.SH.Tulyaganova «Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash» fanidan kurs ishlarini bajarish uchun usl.qo‘llanma. TDTU-2015 yil.
  • N.SH.Tulyaganova «Umumiy va tarixiy geologiya» usl. qo‘llanma. TDTU-2016.
  • B.T.Toshmuhamedov, N.SH.Tulyaganova «Umumiy geologiya» dan amaliy mashg‘ulotlar. TDTU-2016 yil.
  • N.SH.Tulyaganova «Geologiya, razvedka va gidrogeologiya» usl.qo‘llanma. TDTU-2016 yil.
  • B.F. Odilov «Regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika» usl.qo‘llanma. TDTU-2016 yil
  • B.T.Toshmuhamedov , N.SH.Tulyaganova O‘quv geologik amaliyotni o‘tqazish uchun uslubiy qo‘llanma. TDTU-2016 yil.

Ma’ruza matnlari:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan «Umumiy va tarixiy geologiya», «Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash», «Kristallografiya, mineralogiya va geokimyo», «Petrografiya», «Regional geologiya va geotektonika» «Geologiya» fanlaridan ma’ruza matnlarining elektron va qog‘ozdagi variantlari mavjud. Elektron variant “Ziyonet” tarmog‘iga ham joylashtirilgan.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.