MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Foydali qazilma konlarni qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari kafedrasi

Kafedra mudiri:
Umurzakov Rahimjon Abdurazakovich
Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor
Telefon: +998 71 246 25 57 
E-mail: r.umurzakov@tdtu.uz
Qabul kunlari: Har kuni 9-00 dan 10-00 gacha

 

Kafedra tarixi:

“Foydali qazilma konlarni qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari” kafedrasi 2018 yil sentyabr oyida qayta tashkil etildi.

Kafedrada quyidagi  bakalavriatura ta’lim yonalishlari bo’yicha:   5311700 – Foydali qazilmalar geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali qazilmalar), 5311800 – gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi yo’nalishlaridageofizik usullarini nazariy asoslari, ularni amaliy qo’llanishi bo’yicha tahsil olinmoqda.

2019 yildan boshlab neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari bo’yicha  bakalavriat yo’nalishlari ochilishi nazarda tutilgan.Bundan tashqari, magistraturaning   5A311707 – Ma’danli geologiya va geofizika 5A311706- Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari –mutaxassiklari bo’yicha  qabuli va o’quv amalga oshirilmoqda.

Kafedra bitiruvchilarining asosiy «iste’molchilari» O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi va uning korxonalari, shu jumladan: Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi, AK “Uzbekgeofizika” va uning hududiy geofizika ekspeditsiylari, DC “Gidroingeo”, “Geologiya va geofizika Instituti” davlat unitar korxonasi, “Uzbekgidrogeologiya”, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti, Qurilish uchun izlanish kompaniyasi “UzGAShK LITI”, Gidrometeorologiya xizmati korxonalari va boshqalar.

Kafedraning tarixi 1944 yildan O’rta Osiyo Industrial institute (СредАзИИ hozirgi Toshkent davlat texnika universitetii) tarkibida “Foydali qazilma konlarni qidirish va razvedka qilishda geofizik usullari” nomli kafedra tashkil etilishi bilan boshlanadu/ Unda geologiya-geofizika sohasida mashhur bo’lgan olimlar ishlagan . P.A.Shextman, A.K. Karelin, VV Kuznetsov, B.M.Urazaev va boshqalar.

Kafedraning eng yaxshi bitiruvchilari – E.I Surgutanov (1952 yildan), V.Y. Kudryavtsev (1953 yildan) o’quv mashg’ulotlarida ishtirok etishdi. Keyingi yillarda professor-o’qituvchilar tarkibi milliy xodimlar tomonidan kengaytirildi. Ko’p yillar mobaynida kafedrada  B.M.Urazaev, I.M.Urazaev (1950-1962), S.X. Ubaydullaev (1959-1999), G.R.Pirmuxamedov (1958-1978), S.X.Xamidov (1958-1978). (1966-1976), T.I. Gevlich (1966-1976), A.A. Nabixanov (1966-1976), K.M.Mametov (1966-1969), L.A.Krasnopolskaya (1971-1976), P H. Hasanov (1967-2009), I.H.Husanov (1968-1976), S.V.Plotnikov (1969-1976), V.G. Anoxina (Zolotuxina) – (1970-1974), OP Mordvintsev (1983-2013) va boshqalar o’qituvchi qilishgan.

1960-1995 yillar mobaynida kafedraning ijodiy rivojlanishining maxsus davri bo’lib, shu davrda kafedrada N. Shchevchenko (1957-1997), A.P.Koryakin (1961-1993), I.Fuzaylov (1979-1994) faoliyat ko’rsatishgan. (1952-1998) R. Tursunmetov (1967-1969, 1998 yil – bir vaqtning o’zida), K.N.Abdullabekov (2002-2009 yy.), F.H.Zunnunov (1993-1995) , A.Yuldashev (1979-1994), X.I.Yusifxodjaev (1995-2000), T.K.Xo’jaev (1972-2008) va boshqalar faoliyat yuritgan.

Kafedrada geologiya-ishlab chiqarish vazifalari yechish uchun uch yonalish bo’yicha mutaxassislar tayorlagan – ma’danli geofizikasi, strukturaviy geofizika, naftgaz quduqlardagi  geofizikasi. 1976 yilda neft va gaz fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan neft va gaz konlari uchun tuzilmalarini qidirish bilan bog’liq geofizik usullar bo’yicha o’qituvchilar ikki qismga bo’lindi. O’sha yillar tajribasi shuni ko’rsatdiki, geofizikani alohida guruhlarga bo’linish geofizik usullarning samarali rivojlanishiga imkon bermas ekan. Bu gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi kafedrasining geofizika kafedrasiga qoshilib  (2009) ikki kafedradan bitta tashkil etidi. Qeofizika usullariga e’tibor sezilarli darajada pasayishi kuzatildii.2018-2019 o’quv yilining boshlanishi bilan kafedra tarixida yangi bosqich boshlandi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi:

  • 5311700 – Foydali qazilmalar geologiya, qidiruv va razvedkasi  (qattiq foydali qazilmalar);
  • 5311800 – gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi;
  • 2019 yildan boshlab neft va gaz konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari.
  • Bundan tashqari, 5A311707 – Geologiya va geofizika, 5A311706 – Neft va gazni qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari mutaxassisliklari bo’yicha magistratura va o’quv mashg’ulotlariga amalga oshirilgan.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar:

Hozirgi kunda kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat yuritmoqda:

  1. Umurzakov Raximjan Abdurazakovich – geol.min fan doktori, kafedra professori
  2. Yusupov Rustamjon Yunusovich – geol.min fan nomzodi, dotsent.
  3. Xaydarov Batir Xamidovich – geol.min fan nomzodi, dotsent
  4. Antonets Anatoliy Grigor’evich – katta o’qituvchi
  5. O’rindoshlar:
  6. Tursunmetov R.A. geol.min fan nomzodi, dotsent
  7. Yuldashev G.Yu. geol.min fan nomzodi, dotsent
  8. Yusupov V.R. doktor filosofii (PhD)
  9. Juraev M.H. doktor filosofii (PhD)
  10. Devyatov R.R. – AJ “O’zbekgeofizika” yetakchi mutaxassi
  11. Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich.professor Ko’p yillar davomida kafedraning ilmiy kosultantligini bajarib kelgan

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari bajarilib kelinmoqda:

  • Foydali qazilma konlarni qidirish va razvedka qilish dala geofizik ishlarining usullari va tehnikasini takomillashtirish;
  • Geofizik ma’lumotlarni va  geologic materiallarni  talqin qilish usullarini takomillashtirish;
  • Seymik faol regionlar kuchlanish-deformatsiyalangan holatinini o’rganish;
  • Dala tektonofizika ma’lumitlari , strukturaviy-geologir ma’lumotlar va zilzila o’chog’lari mexanizmlari asosida yer qobig’ning kuchlanish maydonlarnini rekonstruktsiyalash;
  • Geodinamik faol, ma’danli maydonlar va konlarning uzulmaviy va burmachan tuzilmalarni hosil bo’lish mexanizmlarini o’rganish va tahlil qilish.
  • Aplitli granitlar bilan bog’liq noyob metalli madanlashuvni qidirishda yuqori aniqlikdagi magnitorazvedkani qo’llash (O’zdavgeolqo’m bilan xo’jalik shartnomalar asosida 2003 -2005 va keyingi yillarda davriy qaytalanishi bilan olib borilmoqda)

Kafedra xodimlarining nufuzli xorijiy jurnallarda chop etgan maqolalari:

  • Умурзаков Р.А. Отражение элементов современных и новейших полей напряжений в структуре и сейсмогенных проявлениях отдельных эпицентральных областей Западного Тянь-Шаня // Физика Земли, 2010, № 5, с.15-23.
  • Umurzakov R.A. Structural and Seismic Indications of the Elements of Recent and Present-Day Sress Fields in Several Epicentral Regions of Western Tien Shan// ISSN 1069-3513, Izvestiya, Phizics of the Solid Earth, 2010, Vol.46, № 5, pp.379-386. ©Pleiades Publishing
  • Умурзаков Р.А. Опыт историко-тектодинамического анализа при  изучении эволюции геодинамических условий деформирования Земной коры нефтегазоперспективных областей Туранской плиты и Западной части Тянь-Шаня / 2-е Кудрявцевские чтения – Всероссийская конференция по глубинному генезису нефти. Москва, ЦГЭ, 21-23 октября 2013. Научный электронный журнал «Глубинная нефть» http://journal.deepoil.ru/.
  • Umurzakov R.A. Late Cenozoic tectonic stresses and focal mechanism of some of the largest earthquakes of the Tien Shan Region // Comptes rendus – Geoscience, France. Parij.2012. №3-4. Volume 300.  Online publication complete: 25-APR-2012  DOI information: 10.1016/j.crte.2012.03.003. Article is now published online at: http://dx.doi.org/10.1016/j.crte.2012.03.003
  • Umurzakov, R., Muminov, M. (2017)  Studying of Kinematics and Elements of Tension of Blocks of the Massif According to Field Geological Observations. World Journal of Mechanics, 7. 243-254. doi: 10.4236/wjm.2017.79020. http://www.scirp.org/journal/wjm 
  • Umurzakov, R. , Abidov, H. and Yuldashev, G. (2017) Geologic-Geophysical Indicators of the Deep Structure of Zones of Geothermal Anomalies for Allocation of Channels of the Deep Heat and Mass Transfer. Open Journal of Geology, 7, 1452-1463. doi: 10.4236/ojg.2017.79097.  http://www.scirp.org/journal/ojg/
  • Umurzkov R.A. Method and Results of Studing of the Mjdern Tectodynamic of the  Rock mass on the basis of Tectonophysical Observations // Современные проблемы механики. ISSN 1694-6065, –Бишкек, 2018. № 33 (3). 419-430.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra professor- o’qituvchilari turli darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza to’plamlari chop etilgan va chop etishga tayorlanga.

Oxirgi uch yilda 1 monografiya chop etildi, 2 darslik va 2 o’quv qo’llanma tayyorlandi, 19 fan dasturi va O’quv-uslubiy majmualar yangilandi.

Monografiyalar:

Netraditsionnie metodi poiskov zalejey uglevodorodov v svete mikstgeneticheskoy kontseptsiи proisxojdeniya nefti i gaza. Monografiya. (Avtorskiy kollektiv) Tashkent: “Fan va texnologiya”, 2017. -112 s.

Darsliklar:

  • Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan turli darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza to’plamlari chop etilgan va chop etishga tayorlangan.
  • Oxirgi uch yilda  2 darslik va 2 o’quv qo’llanma tayorlandi, 19 fan dasturi va O’quv-uslubiy majmualar yangilandi
  • Коплексирование геофизических методов и каротажные работы (А.Г.Антонец, 2014)
  • Геохимические и ядерно-физические методы поисков полезных ископаемых (ч.1. 2014
  • Коплексирование геофизических методов и каротажные работы (А.Г.Антонец, ч.3. 2018)
  • Радиометрическая разведка и ядерная геофизика (2012)
  • Коплексирование геофизических методов и каротажные работы (ч.2, 2015
  • Radiometriya va yadro geofizikasi (ma’ruzalar to’plami) (R.А.Umurzakov,2018)

Kafedradagi laboratoriya хonalari:

Kafedrada uchta o’quv laboratoriyasi mavjud: elektrorazvedka, gravimagnitorazvedka, radiometriya va yadro geofizikasi. Ular laboratoriya ishlari va amaliy vazifalar bajarish uchun asbob uskunalar bilan jihozlangan.

 

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.