MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

FOYDALI QAZILMA KONLARI GEOLOGIYASI, QIDIRUV VA RAZVEDKASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Mirusmanov Mirvasid Agzamovich
Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi,dotsent
Telefon: +998(94) 614-13-49;+998(90) 947-55-49
E-mail: mmirusmanov@mail.ru

Kafedra tarixi
“Foydali qazilma konlari geologiyasi,qidiruv va razvedkasi” kafedrasi
“Foydali kazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” kafedrasi. O’rta Osiyoda geolog kadrlarni tayyorlash XX asrning 20-yillaridan, Turkiston davlat universitetining texnik fakulteti tirkibida konchilik bo’limi va “Kon-razvedka ishlari” kafedrasi tashkil etilishi bilan boshlangan. Kafedraga professor M.M.Protodyakonov mudirlik қilgan. “Razvedka usullari” o’quv kursini kafedra o’qituvchilaridan N.V.SHabarov (1928-1929 y.y.) va B.N.Nasledov (1930 y.) olib borgan.
1930-yilda universitetning bir qator fakultetlari mustaqil institut sifatida ajralib chiqdi. Geologiya-konchilik kafedralari asosida O’rta Osiyo geologiya-қidiruv instituti (SAGRI) tashkil etilgan. “Razvedka ishlari” kafedrasini N.V.SHabarov, B.N.Nasledov, 1931 yildan esa doc. A.K.Kargin boshqargan. 1936 yildan 1941 yilgacha kafedra mudiri bo’lib P.A.SHextman ishlagan. 1941-45 yillarda kafedrani prof. V.M.Kreyter boshқargan. Keyinchalik kafedra mudiri bo’lib A.V.Korolev, A.M.Gabrilyanc va P.A.SHextman ishlagan.
1934 yilda O’rta Osiyo geologiya-қidiruv instituti(SAGRI) energetika va қurilish institutlari bilan birlashtirildi va O’rta Osiyo industrial instituti (SAII) tashkil etildi. Keyinchalik bu institut O’rta Osiyo politexnika instituti (SazPI) va Toshkent politexnika institutiga aylantirildi.
Dastlab konchilik fakultetida kadrlar tayyorlash uch yo’nalish: konlar geologiyasi va qidiruv ishlari, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi hamda, foydali qazilma konlarini қazib olish bo’yicha olib borilgan.
1961 yildan boshlab, “Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish usullari” kafedrasiga prof. N.A.Nikiforov rahbarlik qildi.
Kafedraning ko’plab bitiruvchilari O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Kavkaz davlatlari hamda, Rossiyaning Ural, Sibir, Kamchatka, Kolima kabi rayonlarida samarali mehnat қilmoқdalar. Ularning ko’pchiligi ishlab chiқarish va fan sohasida ulkan muvaffaқiyatlarga erishib, korxona va tashkilot, institut va laboratoriyalarning rahbar lavozimlarida ishlamoқdalar. Kafedra bitiruvchilaridan Rossiya Fanlar Akademiyasi bo’lim boshlig’i, korrespondent aьzosi E.A.Radkevich, “Toshkentgeologiya” trestining CHotқol ekspediciyasi boshlig’i A.K.Sobakin Mehnat Қahramoni yuksak unvoniga, X.M.Abdullaev, V.G.Gorkovec, A.A.Petrenko, V.E.Poyarkov, I.S.Sokol, V.A.Talalov, K.B.SHulyatnikov, V.M.SHurыgin Lenin mukofotiga, G.Abduraxmonov, B.M.Biryukov, V.N.Golubin, A.A.Danilьyanc, V.T.Malьcev, N.V.Nechelyustov, A.V.Purkin, V.E.Poyarkova, E.K.Tepikin, G.S.CHikrыzov Davlat mukofotiga, X.N.Boymuxamedov, I.M.Mirxodjaev, A.A.Abdumajitov O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, G.Abduraxmonov, K.A.Bragin, M.P.Vakulenko, A.O.Butorin, A.B.Gabelko, V.G.Gorkovec, I.M.Golovanov, G.I.Malmatin, A.I.Popov, M.E.Poyarkova, I.M.Safonov, I.S.Sokol, E.K.Tepikin, X.To’raқulov, N.A.Nikiforov, N.D.Ushakov, A.SH.SHomansurov, T.SH.SHoyoқubov O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan geolog faxriy unvonlariga sazovor bo’lishgan.
Ikkinchi jahon urushida kafedra a’zolari – prof. N.A.Nikiforov va ko’plab bitiruvchilari ishtirok etdilar, ayrimlari Vatanni himoya қilishda halok bo’ldilar, A.I.Akulinin, G.M.Bayaliev, G.K.Glotov, N.M.Dragunov, T.I.Myastkovskiy, A.A.Nazarenko, N.P.Pirogovskiy, YU.A.Sikstelь, V.K.Stirkas, S.Sultonov, M.F.Tutaev va boshқalar shular jumlasidandir.
Urushdan keyingi yillarda kafedra bitiruvchilari safidan etishib chiққan bir kator yirik olimlar X.M.Abdullaev – Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, fan doktori, professor, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti; G.S.CHikrizov – fan doktori, professor; O.I.Islomov – fan doktori, professor; S.M.Xolikov va L.A.Osipov – tajribali fan nomzodlari, docentlar bizni tark etdilar, keyinchalik esa professor Isanov R.R., docentlar YUldasheva A.S., Arifdjanov T.X., professor Poltoradiev K.F. va boshқalar xayotdan ko’z yumdilar.
Urushdan keyingi davrda O’rta Osiyoda geologik izlanish va tadқiқotlar keskin suratda rivojlana boshladi. Foydali қalilma konlarini topish, zaxiralarni ko’paytirish ishlari avj oldi. O’zbekistonni va O’rta Osiyoni mineral xom-ashyo bilan ta’minlashda, hamda konchilik va metallurgiya sanoatini barpo қilishda kafedra bitiruvchilari-geologlar faol ishtirok etdilar.
Tashkil etilganidan boshlab to hozirgi davrgacha kafedra O’rta Osiyoning geologik ishlab chiқarish tashkilotlari bilan yaқin hamkorlikda faoliyat olib bormoқda. XX asrning 30-yillarida (1941-yilgacha) O’rta Osiyoning ko’mir konlari (Қizilқiya, SHarg’un, Angren) kafedra xodimlari N.SHabarov va P.A.SHextman tomonidan o’rganildi. 1942-47 yillarda kafedra xodimlari “Sredazcvetmetrazvedka” tresti topshirig’iga binoan Қo’ytosh va Ingichka volьfram konlarini o’rganish bilan shug’ullanganlar. Keyinroқ, 1948-78 yillarda rangli metallar ma’danlarining joylashuv қonuniyatlarini aniқlash bo’yicha tadқiқotlar va mufassal bashorat xaritalarini tuzish hamda қidiruv ishlarining ishonchlilik darajasini o’rganish (shu jumladan zaxiralarini hisoblash) ishlari Ingichka, CHoruxdayron, Kon, Xaydarkon, Қadamjoy, CHauvay, Қarnob, Simob, Ulug’tog’, Ko’kpatos, YAxton va boshқa konlarda xududiy geologiya қidiruv boshқarmalari bilan yaқin xamkorlikda olib borildi.
Bu ishlarning ilmiy natijalari A.V.Korolev, P.A.SHextmanning “Postmagmatik ma’dan tanalari va ularni geologik tahlil қilish usullari” (1964), N.A.Nikiforovning “Janubiy Tyanь-SHanning simob-surьma ma’danlashuvi, joylashuv sharoitlari va bashoratlash usullari masalasi” (1969 y), N.A.Nikiforov, V.P.Fedorchukning “Simob metallogeniyasi” (1978 y), N.A.Nikiforov va boshқalarning “Gidrotermal konlarning mufassal geologik-bashoratlov xaritalarini tuzish usullari” (1978) monografiyalarida o’z aksini topgan.
Urushdan keyingi davrdagi kafedra bitiruvchilari orasidan ko’plab fan doktorlari, fan va ishlab chiқarish tashkilotchilari etishib chiқdi. T.SHoyoқubov, J.YAkubov, R.Musin, E.Antonov, V.Zimalina, V.Korolev, X.Karimov, R.Isanov, M.Umarxodjaev, X.Akbarov, A.YArmuxamedov, F.Usmonov, S.Badalov, B.Isaxodjaev shular jumlasidandir.
Kafedrada қisқa muddatlarda V.I.Kusevich, YU.A.Ladyagin kabi yuқori malakali o’қituvchi v mutaxassislar faoliyat olib bordilar.
1961-88 yillarda, kafedraga prof. N.A.Nikiforov rahbarligi davrida ilmiy tadқiқot ishlarini faol olib borish an’anasi davom ettirildi. Bu davrda Қirg’iziston, Қozog’iston geologiya boshқarmalari, Xaydarkon va Қadamjoy kon-metallurgiya kombinatlari va “Soyuzvolьfram” birlashmasi bilan yaқin aloқalar o’rnatildi. “Samarқandgeologiya” davlat Korxonasi ob’ektlarida O’zbekiston geologiya vazirligi ko’rsatmasi asosida keng miқyosli ilmiy izlanishlar olib borildi.
Bu yillarda kafedraning ilmiy yo’nalishi asosan Janubiy Tyanь-SHanning ma’danli maydonlari va konlarida қuyi haroratli kamyobmetalli ma’danlashuvning joylashuv қonuniyatlari va geologik sharoitlarini o’rganish masalalariga қaratilgan edi.
1981-90 yillarda prof. N.A.Nikiforov va doc. B.A.Isaxodjaev sobiқ Ittifoқda eng yirik hisoblangan “Tyanь-SHanning teletermal gidrotermal konlari genetik modeli, geologiyasi va genezisi” nomli ilmiy-tadқiқot ishining O’rta Osiy bo’yicha ilmiy rahbari va mas’ul ijrochisi bo’lib faoliyat ko’rsatdilar. Bu muammoli masalani o’rganish sobiқ Ittifoқ fanlar akademiyasining geologiya va geofizika instituti rahbarligida (V.N.Kuznecov va A.A.Obolenskiy) va LGU (G.S.Porshnyakov va G.S.Biske), IGEM (N.A.Ozerova), VIEMS (V.P.Fedorchuk) kabi institutlar ishtirokida amalga oshirilgan. Kafedra tomonidan ushbu muammoga bag’ishlangan sayyor ilmiy sessiyalar 1988 yili Xaydarkon simob kombinatida, 1990 yili Pendjikentda Magian ekspediciyasining bazasida tashkil etildi.
Kafedra tarixida “Foydali қazilmalar” va “Foydali қazilma konlarini razvedka қilish texnologiyasi va texnikasi” kafedralari bilan bir necha bor қisқa muddatli birlashish va ajralishlar bo’lgan.
“Foydali қazilmalar” kafedrasi 1930 yilda SAGRI tarkibidagi “Ma’danli konlar” va “Noma’dan konlar” kafedralarining birlashishi va SAII tarkibiga kiritilishi bilan tashkil etildi.
Kafedrani tashkil қilgan yosh geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi A.V.Korolev keyinchalik unga raxbarlik қilgan. 1934-1940 yillar davomida kafedraga yosh o’қituvchilar O.D.Rusanova, N.P.Petrov, V.G.Gorkovec, X.M.Abdullaev ishga keldilar.
Ikkinchi jaxon urushi yillarida o’қuv jarayoni tubdan o’zgarib, ilmiy-tadqiqot ishlari kengaytirildi. Geologiya-қidiruv va konchilik fakulьtetlarida kator yangi mutaxassisliklar ochildi. Kafedra o’қituvchilari soni yanada kuchaydi va uning tarkibiga L.A.Bikov, Z.M.Xodjiaxmetova, X.N.Boymuxamedov, Z.N.Smirnova қo’shildilar. 1948-1950 yillarda X.N.Boymuxamedov va N.A.Nikiforov nomzodlik dissertaciyalarini yoқladilar. Doktorlik dissertaciyalarini 1946 yilda X.M.Abdullaev, 1954 yilda O.D.Rusanova, 1960 yilda X.N.Boymuxamedov, keyinroқ esa X.K.karimov himoya қildilar.
Kafedra o’z xodimlaridan bir қatorini katta lovozimlarga yo’naltirdi. Professor X.M.Abdullaev 1941 yilda SAII direktori, keyin esa O’zSSR Sovnarkomi Raisi muovini, O’zSSR Gosplani Raisi lovizimlarida ishladi. Professor, keyinchalik O’zbekiston FA akademiki X.N.Boymuxamedov 1960-1972yy.da ilmiy ishlar bo’yicha ToshPI Prorektori, 1972 yildan O’zFA bosh ilmiy kotibi lavozimlarida ishladi. X.K.Karimov “Krasnoxolmgeologiya DK geologiya masalalari bo’yicha Bosh direktor muovini vazifasida ishladi.
Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan – Postmagmatik ma’danlashuvning geologik strukturalarini va joylashish sharoitlarini o’rganish, 1935 yilda A.V.Korolev tomonidan mamlakatimizda birinchi bo’lib “Ma’danli maydonlar va konlarning strukturalari” kursining yozilishi asos bo’ldi. 1947 yilda professor A.V.Korolevga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi” unvoni berildi va 1954 yilda u O’zFA muxbir a’zoligiga saylandi.
Professor X.M.Abdullaev O’rta Osiyoning skarn konlarini mufassal o’rganib, skarn xosil bo’lishining magmatizm bilan bog’liқligini asoslab berdi va O’rta Osiyo xududini noyob metalli skarn konlari provinciyasi deb hisoblashni oldinga surdi. Professor X.M.Abdullaev 1943 yilda O’zFA muxbir a’zosi etib saylandi.
1960-1980 yillarda professor Boymuxamedov boshchiligida ma’dan xosil bo’lish naziriyasi va ma’danli maydonlar metallogeniyasi yo’nalishlari keng rivojlandi. 1964 yilda kafedra tarkibida metallogeniya ekspediciyasi tashkil etilib, 1975 yilgacha “Janubi-G’arbiy O’zbekiston misolida ma’danli rayonlarning metallogenik taxlili” mavzusida ilmiy-tadқiқot ishlari olib borildi. Ekspediciya ishida X.N.Boymuxamedov, T.Z.Zokirov, S.M.Xolikov, M.X.Tursunov, A.S.Қurbonov, T.X.Arifdjanov, T.A.Ismatov, A.Z.YUldashev va boshқalar ishtirok etishdi.
“Foydali qazilmalar” kafedrasining tashabbusi bilan bir necha konferenciyalar tashkil etildi: 1971 yilda Ma’dan xosil bo’lish nazariyasi bo’yicha Butun ittifoқ konferenciyasi; 1974 yilda Skarn konlari gelogiyasi va genezisi muammolari bo’yicha O’rta Osiyo anjumani; 1979 yilda IX Butunittifoқ metallogeniya anjumani.
Kafedrani 1990-1996 yillar davomida X.N.Boymuxamedovning shogirdi – professor X.K.Karimov boshқardi. U tominidan MDX davlatlari doirasida birinchi bor uran va siyrak er elementlari geologiyasi muammolariga bag’ishlangan anjuman (G’azalkent shaxrida) tashkil қilindi. SHundan keyin kafedra boshқa kafedralar tarkibiga қo’shilib ketdi.
2008 yil sentyabridan boshlab, ko’p yillar davomida taniқli olimlar A.V.Korolev, X.M.Abdullaev va X.N.Boymuxamedov tomonidan boshқarib kelingan sobiқ “Foydali қazilmalar” kafedrasi “Foydali қazilmalar geologiyasi va қidiruv ishlari” kafedrasiga ko’shildi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaқilligining dastlabki yillaridan boshlab kafedrada, Respublikaning butun oliy ta’lim tizimida bo’lganidek, o’қuv jaryonini tubdan kayta tashkil etish amalga oshrilmoқda. O’қuv rejalar va standartlarning strukturasi va mazmuni o’zgartirilmoқda, o’қuv jaryoni va ilmiy izlanshlarni tashkil қilishda yangi urg’ular қo’yilmoқda. Asosiy intilishlar O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi қonuni”ning vazifalarini bajarishga, xalқ xo’jaligi muayyan tarmoқlarining talablarini hisobga olgan xolda kadrlar tayyorlashga қaratilmoқda.
O’tish davri sezilarli darajada kadrlar almashinuvini taқozo қildi – kafedrani docentlar M.Sadvakasov, A.X.Boymuxamedov, V.Voronov va B.I.Mirxodjaev, katta o’қituvchilar V.SHapovalov, SH.Nurmatov, injenerlar A.Rusakov, V.Savari, V.Glotov va L.Galyautdinova va boshқalar tark etdilar.
Kafedra raxbariyatida tez-tez o’zgarish sodir bo’lib turdi: 1988-1990 yillarda docent A.X.Boymuxamedov; 1991-1996 yillarda docent B.A.Isaxodjaev; 1996-1997 yillarda docent M.A.Mirusmanov; 1997-2000 yillarda docent Қ.X.Xudoyқulov; 2001-2007 yillarda akademik X.A.Akbarov; 2007-2009 yillarda professor B.A.Isaxodjaev; 2009-2012 yillrda katta o’kituvchi S.T.Sodiқov; 2012-2015 yillarda docent A.A.Abduraxmonov; 2015-2016 yillarda docent X.S.Xodjaev; 2016-2018 yillarda docent O.T.Roziқov kafedrani boshқardilar.
Xozirgi kunlarda “Foydali kazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” kafedrasining professor-o’qituvchilari ko’p yillik an’analarni davom ettirib, Respublikamizning ilmiy-pedagogik xayotida faol ishtirok etib kelmoқdalar. Kafedra ilmiy-tadқiқot ishlarining asosiy yo’nalishlari: Janubiy Tyanь-SHanьning ma’danli maydonlarida asl, noyob va rangli metallar konlarining geologik joylashish sharoitlari va қonuniyatlarini o’rganish; geologiya-қidiruv ishlari jarayonida olinadigan geologik ma’lumotlarning ishonchliligini tadqiq qilish; geologik ma’lumotlarni taxlil qilish va konlarni geologik-iqtisodiy baholash jarayonlarida GIS texnologiyalarni qo’llash.
So’nggi davrda “Foydali kazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi(qattiq foydali qazilmalar)” ta’lim yo’nalishiga yiliga 100 nafargacha talaba қabul қilinmoқda.
Kafedra filiallari va korxonalar bilan aloqalari:
• “Mineral resurslar instituti” DK
• X.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti
• “Qizilqumgeologiya” DUK
• “Xissorgeologiya” DUK
• “URANKAMYOBMETGEOLOGIYA” DUK
• “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK
• “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

Kontingent:
Kafedra mudiri, 2ta professor, 5 ta docent, 3 ta katta o’qituvchi, 1 nafar assistent, 3 ta o’quv-yordamchi hodim, kafedraning ilmiy salohiyati – 67 %, o’qituvchilarning o’rtacha yoshi – 57.
Talabalar kontingenti:
2018-2019 o’quv yilida 5311700 – «Foydali qazilma konari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali qazilmalar)» ta’lim yo’nalishining to’rtta kursida 300 ta talalaba, magistraturaning 5A311701-«Foydali qazilma konari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq qazilmalar)» va 5A311707-«Konchilik geologiyasi va geofizikasi» mutaxassiliklarining ikkita kursida 24 ta talaba taxsil olmoqda.

Bakalavriat yo`nalishlari:
5311700 – «Foydali qazilma konari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali qazilmalar)»
Magistrutura:
5A311701-«Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq qazilmalar)»
5A311707-«Konchilik geologiyasi va geofizikasi»

Kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan professor o'qituvchilar (ilmiy unvoni)
1.Akbarov Xabibulla Asatovich – geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, O’zbekiston FA akademiki.
2.Isaxodjaev Baxtiyar Abdukarimovich – geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
3.Mirxodjaev Baxadir Ismailovich – geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
4.Xodjaev Xabibxon Sadirovich – geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, kafedra dotsenti.
5.Sadikov Sadirxon Tashtemirovich – kafedra dotsenti.
6.Burxanov Fazliddin Samariddinovich – geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, kafedra dotsenti.
7.Xolmatov Ubaydulla Abdullaevich – geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, kafedra dotsenti.
8.Usmanaliev Esonali Abduganievich – katta o’qituvchi.
9.Tangirov Abdimutal Isamitdinovich – katta o’qituvchi.
10.Juraev Mexroj Nurillaevich – katta o’qituvchi.
11.Ishbobaev Timur Bobakulovich – assistent.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar
Kafedrada quyidagi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
Davlat grantlari bo’yicha fundamental loyixalar:
№YOOT-Ftex-2018-159 “Sozdanie 3D-modeli zolotorudnыx mestorojdeniy gor Bukantau Centralьnыx Kыzыlkumov v sovremennom programmnom komplekse Micromine s razrabotkoy kriteriev ocenki skrыtogo orudeneniya (na primere uchastkov Karatag, Baxtli, Sardor i YUjnыy Okjetpes)” ilmiy rahbar prof.Isaxodjaev B.A.
Davlat grantlari bo’yicha amaliy loyixalar:
“Izuchenie osobennostey razvitiya zonы okisleniya v blagorodno- i redkometallьnыx ob’ektax Centralьnыx Kыzыlkumov s celьyu razrabotki kriteriev ocenki perspektiv prognoznыx ploщadey, i vыdacha rekomendaciy” ilmiy rahbar prof.Isaxodjaev B.A.
“Geodinamicheskie obstanovki, litologo-strukturnыe usloviya lokalizacii i veщestvennыy sostav apometaterregennogo i apogranitoidnogo volьframo-vogo orudeneniya Karatyube-CHakыlkalyanskogo gorno-rudnogo rayona” ilmiy rahbar doc. Razыkov O.T.
Xo’jalik shartnomalari bo’yicha ITI:
1)55/16 «Izuchenie xaraktera raspredeleniya zolotorudnoy mineralizacii v zonax okislennix, smeshannыx i sulfidnix rud Kokpatasskogo rudnogo polya s razrabotkoy osnovnix polojeniy metodiki ocenki perspektivnosti uchastkov» (2016-2019gg.) 278 mln.sum.
2)«Izuchenie veщestvennogo sostava rud i vmeщayuщix porod zolotorudnыx zon №2, 3, 5 Okjetpesskogo rudnogo polya i geologo-strukturnoe (kompleksnoe) izuchenie Kokpatas-Okjetpesskogo glubinnogo razloma (trenda)» (2018-2022gg) 600 mln.sum.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodologik ishlar
Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan kafedra fanlaridan darsliklar, o’қuv қo’llanmalari, ma’ruza matnlari, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’қuv-uslubiy қo’llanmalar, kurs loyixalari va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish bo’yicha yo’riқnomalar, joriy, oraliқ va yakuniy nazoratlarni o’tkazish bo’yicha savolnomalar va testlar chop etilgan.
O’қuv jarayoniga yangi informacion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoқda, ya’ni, AKT va “aқliy xujum”, “insert”, “klaster”, “refleksiya”, “guruxda ishlash” va boshқa shu kabi pedagogik usullar қo’llanilmoқda.
O’қuv-amaliy va ma’ruza mashg’ulotlariga ilmiy natijalarning tadbiқ etilishi va material-texnik bazani yaxshilash va to’ldirish kafedraning dolzarb muammolaridir. Kafedraning iқtidorli talabalari ilmiy-tadқiқot ishlarida ishtirok etadilar. Ular ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar. Olingan ilmiy natijalarni respublika jurnallarida chop etadilar.
Monografiya:
1.Акбаров Х.А. Геолого-структурные типы полиметаллических рудных полей и месторождений Средней Азии. Ташкент: ФАН, 1975, 200с.
2.Исаходжаев Б.А. Сурьмяное и тантало-ниобиевое оруденения Узбекистана. Тошкент, 2006.
3.Акбаров Х.А., Умарходжаев М.У., Турапов М.К., Дулабова Н.Ю. Теоретико-методологические аспекты локального прогнозирования оруденения. Ташкент, Университет, Том II. 2010.
4.Акбаров Х.А., Умарходжаев М.У., Турапов М.К. Теоретические основы и методология локального прогнозирования месторождений полезных ископаемых. Т.3. Ташкент ТГТУ им. Беруний. 2011г., 455 с.
5.Исаходжаев Б.А., Мирусманов М.А., Тангиров А.И., Ишбобаев Т.Б., Урунов Б.Н. Зона гипергенеза золоторудных месторождений (Горы Букантау). Тошкент, 2016.

Darsliklar  
1.Шоёқубов Т.Ш., Мирусманов М.А., Содиқов С.Т. Фойдали қазилма конларини разведка қилиш ва геологик-иқтисодий баҳолаш асослари. ТошДТУ. Тошкент. 2003, 96 б.
2.Sodiqov S.T., Q.O’runboyev. 1-qism “Ma’danli foydali qazilma konlarining hosil bo’lish sharoitlari va jarayonlari” (o’quv qo’llanma). Тоshkent -2010.
3.M.A. Mirusmanov, Sodiqov S.T. Ma’danlarni tahlil qilush fanidan Кurs ishini bajarish bo’yicha (uslubiy qo’llanma). Тоshkent -2011.
4.Sodiqov S.T., D.X.Asaboyev. 2-qism “Nоmа’dаn fоydаli qаzilmа kоnlаrining hоsil bo’lish shаrоitlаri vа jаrаyonlаri” (o’quv qo’llanma). Тоshkent -2011.
5.Sodiqov S.T. Foydali qazilma konlarini xujjatlashtirish va namunalash. Toshkent, 2015.
6.Розиков О.Т., Мирходжаев Б.И., Усманалиев Э.А. Фойдали қазилма конларини қидириш ва разведка қилиш асослари. Тошкент -2016.
7.Тангиров А.И., Урунов Б.Н., Ишбобаев Т.Б. Геологияда компьютер технологиялари фанидан амалий машғулотлар бўйича ўқув-услубий қўлланма. Тошкент, 2016.
8.Jo’rayev M.N., Mirusmanov M.A. Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari. O’quv-uslubiy qo’llanma.- Toshkent, ToshDTU, 2017.
9.Жўраев М.Н., Содиқов С.Т. Фойдали қазилма конларини қидириш ва башоратлаш. Тошкент, 2018.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.