MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

NEFT VA GAZ FAKULTETI

Dekan O‘rinov Ulug‘bek Komiljonovich
Texnika fanlari doktori (DSc), Professore-mail: u_orinov@mail.ru

Telefon: +998712071460
Qabul vaqti:
Har kuni: 9-00 dan 18-00
 Dekan o’rinbosari Farmanov Uktam Baltaeyvich
Telefon: +998712071460

e-mail:u.farmanov5009@mail.ru
Qabul vaqti:
Har kuni: 14-00 dan 17-00
Dekan o’rinbosari Ochilov G‘olibjon Ernazar o‘g‘li
Telefon: +998712071460

e-mail:g.ochilov91@mail.ru 
Qabul vaqti:
Har kuni: 14-00 dan 17-00
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Xojibolayev YodgorbekYusup o’g’li
Telefon: +998712071460

e-ail:yodgorbek0991@mail.ru
Qabul vaqti:
Har kuni:       14-00 dan 17-00
Dekan o’rinbosari Oblaberdiyev Sarvar Baxromjon o’g’li
Telefon: +998712071460

e-mail:g.sarvaroblaberdiyev@gmail.com
Qabul vaqti:
Har kuni:  14-00 dan 17-00

FAKULTETI TARIXI

1978 yil Toshkent politexnika instituti tarkibida “Neft va gaz” fakulteti tashkil etilgan. 1978-1988 yillar g.-m.f.d., professor Z.S. Ibragimov birinchi bo’lib fakultetga rahbarlik qilgan. 1988-1994 yillar esa t.f.n., dotsent M.S. Mirzaraximov fakultetga rahbarlik qilgan. 1994-1999 yillar g.-m.f.n., dotsent I. Xolismatov fakultetga rahbarlik qilgan. 1999-2001 yillar t.f.n., dotsent A.M. Aminov fakultetga rahbarlik qilgan. 2001-2005 yillar t.f.n., dotsent M.S. Mirzaraximov fakultetga rahbarlik qilgan. 2005-2008 yillar t.f.d., professor B.A. Aliyev fakultetga rahbarlik qilgan. 2008-2009 yillar t.f.n., dotsent A.M. Aminov fakultetga rahbarlik qilgan. 2009-2010 yillar t.f.n., professor N. Zayniddinov fakultetga rahbarlik qilgan. 2010-2011 yillar t.f.n., dotsent N.N. Mahmudov fakultetga rahbarlik qilgan. 2011-2016 yillar t.f.n., dotsent M.N. Musaev fakultetga rahbarlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 maydagi OTM faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori bilan TDTUning Neft va gaz fakulteti talabalar kontingenti Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahri filialiga o‘tkazildi va fakultet faoliyati yakunlandi.

Oradan 5 yil muddat o’tgandan so’ng ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida” PQ-5157 son qarori, 2021 yil 26-avgust kuni ToshDTU kengashining 1-son qarori va universitetning 31.08.2021 yil №10/9-05-626 buyrug’i bilan “Neft va gaz” fakulteti tashkil etilgan.

“Neft va gaz” fakulteti 2021 yil avgust oyida qayta tashkil etilgan so’ng texnika fanlari doktori, professor O’rinov Ulug’bek Komiljonovich dekan sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda fakultetda jami asosiy shtatda 43 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 3 nafar fan doktorlari, professorlar, 14 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va 8 nafar katta o’qituvchi va 18 assistentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ilmiy salohiyat – 40 %.

Hozirgi kunda “Neft va gaz” fakultetida quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:

  1. “Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari” kafedrasi – texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Karimov Shavkat Abduvositovich;
  2. “Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasi – k.f.n. Nazarbekov Mahmud Qosimbekovich;
  3. “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi – texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Qarshiyev Abduhoshim Xo’jaqulovich;
  4. “Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi” kafedrasi – g.-m.f.n. Zokirov Ravshan Tulqinovich;
  5. “Xorijiy tillar” kafedrasi – dotsent Ganixanova Madina Baxretdinova.

Fakultetda 12 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi: Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish); Texnologik mashina va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari); Neft va gaz ishi (neft va gaz quduqlarini burg‘ilash); Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish; Texnologik mashina va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari); Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari; Quvur transport tizimlarini inshootlari va ularni ob’ektlarini ta’mirlash; Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo’yicha: neft va gaz konlari); Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha: kon geologiyasi); Bino va inshootlar qurilishi; Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; Neft va gaz ishi bo‘yicha bakalavrlar va 7 ta magistratura mutaxassisligi: Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash; Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari; Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; Neft va gaz konlarini qidiruv-razvedka ishlarining geofizik metodlari; Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish; Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyalar bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Neft va gaz fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.

Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib boriladi.

Fakultetga qarashli 69-Talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko‘rsatadi. Ma’naviyat xonasida turli davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi.

BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)

60721800-Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish);
5320300 – Texnologik mashina va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari);
60721800 – Neft va gaz ishi (neft va gaz quduqlarini burg‘ilash);
5313700 (60713300) – Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;
60720700 – Texnologik mashina va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari);
5314600 – Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari;
5313800 – Quvur transport tizimlarini inshootlari va ularni ob’ektlarini ta’mirlash;
5311700 (60721600)- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo’yicha: neft va gaz konlari);
5311900 (60721800) – Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha: kon geologiyasi).
60730300 – Bino va inshootlar qurilishi.
60721900 – Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi
60720800 – Neft va gaz ishi

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

70721801- Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
5A311903 (70721803) – Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash;
5A320309 (70720708) – Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari;
5A311702 (70721602) – Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi;
5A311706 (70721606) – Neft va gaz konlarini qidiruv-razvedka ishlarining geofizik metodlari
70730302 – Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish;
70720901 – Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyalar.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.