Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktori:

Turayev Bahodir Ergashevich

Qabul kunlari: Seshanba (15:00-17:00); Juma (16:00-17:00).

Telefon: (+99890)-906-28-28

E-mail: bakhodir.turayev@mail.ru

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qaroriga muvofiq, 2017 yil 29 iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida’gi PQ-3101-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Filial tarkibida ikkita «Qurilish va transport tizimlari» va “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari” fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetlarda  «Umumkasbiy fanlar», «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar», “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari”, “Transport tizimlari va texnologik mashinalar” va » matematika va tabiiy-ilmiy fanlar»  kafedralari mavjud bo`lib, ularda 90 nafardan ziyod professor-o`qituvchilar talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Filial qoshida axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, kompyuterli loyihalash to’garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • 5310600 — Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo’yicha)(Rus);
  • 5320300 — Texnologik mashinalar va jixozlar (tarmoqlar bo’yicha)
  • 5340600 — Transport inshoatlarining eksplutatsiyasi(transport inshoatlari turlari bo’yicha);
  • 5340800 — Avtomobil yo’llari va aerodromlar;
  • 5320400 — Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)(Rus);
  • 5320900 — Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha);
  • 5321000 — Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha);
  • 5630100 — Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha).

Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat

Filial Rossiya Federatsiyasi, Boshqirdiston Respublikasidagi “Ufa davlat iqtisodiyot va servis universiteti”, “Ufa davlat neft texnika universiteti” va “Ufa davlat neft texnika universiteti Oktyabrskiy filiali” oliy o’quv yurtlari bilan o’zaro hamkorlik memorandum shartnomasi imzolangan hamda Qozog’iston Respublikasidagi M.O.Auezov nomili Janubiy Qozog’iston davlat universitetiga o’zaro hamkorlik memorandum shartnomasi yuborilgan.

Bitiruvchilarning faoliyat ko‘rsatish sohalari

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Termiz filiali yangi tashkil topganligi sababli mavjud emas.

Olmaliq filiali nizomi

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali murojaat ma’lumotlari:

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.