

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali direktori
Pulatov Sharifjon Yigitalievich
Qabul kunlari: Seshanba (15:00-17:00); Juma (16:00-17:00)
Telefon: +998 73 541-03-51
E-mail:info@tdtukokand.uz
Qo’qon filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 22 sentyabrdagi «Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialini tashkil etish to’g’risida»gi 754-sonli qaroriga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialini tashkil etildi.
Filial tarkibida bitta “Elektronika va elektrotexnika” fakulteti faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetda “Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi mavjud bo`lib, unda 19 nafardan ziyod professor-o`qituvchilar talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:
- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha);
- Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo’yicha);
- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha);
- Texnologik mashinalar va jixozlar (tarmoqlar bo’yicha);
- Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali murojaat ma’lumotlari:
- Tel.: +998 73 541-03-51
- E-mail: info@tdtukokand.uz
- Rasmiy veb sahifasi: www.tdtukokand.uz