Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori:

Samadov Alisher Usmanovich

Qabul kunlari: Seshanba (15:00-17:00); Juma (16:00-17:00).

Telefon: (+99899)-858-72-12

E-mail: of.tdtu@umail.uz 

Olmaliq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyul “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-3153-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi 516-son buyrug’I asosida 2017 yil 4 avgustdan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filial tarkibida ikkita «Energetika va mashinasozlik» va “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetlarda  «Elektr texnikasi va elektr mexanikasi», «Kimyoviy texnologiya», “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, » umumkasbiy va iqtisodiy fanlar», «Ijtimoiy- gumanitar fanlar», «Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar»  kafedralari mavjud bo`lib, ularda 90 nafardan ziyod professor-o`qituvchilar talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Filial qoshida axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, til o‘rganish markazi, yosh dasturchilar to’garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Konchilik ishi;
  • Kasb ta’limi (Konchilik ishi);
  • Metallurgiya;
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari;
  • Kimyoviy texnologiya;.
  • Mashinasozlik texnologiyalari, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;
  • Texnologik mashinalar va jixozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish)
  • Konchilik elektromexanikasi.

Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat

Filialda professor-o‘qituvchilarni tajriba maqsadida Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi A.A.Chuyko nomli sirtlar kimyosi institute, Rossiya federasiyasining Qozon milliy tadqiqotlar texnologik universiteti va UGMK Texnika universitetlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilgan. Filial professor-o‘qituvchilari Fan va texnologiyalarning rivojlanishini muvofiqlashtirish qo‘mitasining 4 ta ilmiy grantlari bo‘yicha izlanish olib bormoqdalar.

Bitiruvchilarning faoliyat ko‘rsatish sohalari

Hozirgacha filialni bitkazgan 220 nafardan ziyod bakalavrlar Respublikamizning konchilik, metallurgiya, mashinasozlik sohalarida, hamda o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, xalq ta’limi kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Olmaliq filiali nizomi

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali murojaat ma’lumotlari:

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.