“FALSAFA VA MILLIY G‘OYA” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Kafedra mudiri Nishonova Nodirakhon Raimjonovna
Falsafa fanlari doktori, TDTU professori,
Turon Fanlar akademiyasi akademigi.  
Telefon Tel:  +99-899-900-67-14
Elektron manzil e-mail: n.nodiraxon @ bk.ru
Kafedra tarixi “Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi” Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra 1964-yilda «Ilmiy kommunizm» nomi bilan tashkil topgan. 1990-yildan 1991-yilgacha «Sotsializm nazariyasi» kafedrasi deb nomlangan. 1991 yildan boshlab 1999-yilgacha «Siyosatshunoslik» kafedrasi, 2000-yildan 2002-yilgacha «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va siyosatshunoslik» kafedrasi, 2002-yildan 2003- yilgacha esa «Siyosatshunoslik va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi» kafedrasi deb nomlangan. 2003-yildan 2008-yilgacha «Siyosatshunoslik va sotsiologiya» kafedrasi, 2008-yildan 2011-yilgacha «Siyosatshunoslik, sotsiologiya va milliy istiqlol g‘oyasi”, 2011-yildan 2015-yilgacha “Sotsiologiya va milliy g‘oya” kafedrasi,  2015 yildan 2016 yilgacha “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, 2016 yil sentyabr  oyidan boshlab “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi deb nomlangan.
Kafedrani birinchi rahbari professor S.B.Qoraboev 1971-yilgacha boshqardi. Undan so‘ng kafedrani quyidagi olimlar boshqardilar: professor R.S.Sharofiddinova (1971-1973-yy), professor S.B.Qoraboev (1973-1976 yy), dotsent J.Vlasova (1976-1977) yy), professor F.SH.Sharipov (1978-1985 yy), katta o‘qituvchi G.YA.Ismailova, professor T.A.Jo‘raev va dotsent R.X.Shokirova, professor R.S.Sharofiddinova (1985-1989 yy), professor  F.Sh.Sharipov (1989-2000 yy), professor B.S.Siddiqov (2000-2001yy), professor F.Sh.Snaripov (2001-2003 yy) va professor S.B.Siddiqov (2003-2006 yy), dotsent A.M.Mirzaev (2006-2012 yy), dotsent K.A.Farfieva (2012-2021 yy) va 2021-yil 18-avgustdan boshlab falsafa fanlari doktori, TDTU professori, Turon Fanlar akademiyasi akademigi  N.R Nishonova  boshqarib kelmoqda. Kafedra jamoasi tarkibidagi etuk professorlar: S.B.Qoraboev, R.S.Sharofitdinova, F.Shh.Sharipov, S.Otamurodov, T.Jo‘raev, B.Siddiqov, B.Karimov N.R Nishonova; dotsentlar – A.M.Mirzaev, F.G.Kulueva, K.Farfieva, F.Primova,  S.Axrorovaiarning kafedrani mustahkamlash hamda ilmiy pedagogik salohiyatini o‘sishida va etuk muhandis kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlari e’tiborga sazovor. 1991-2003-yillarda kafedra mudiri bo‘lgan F.Sh.Sharipov 1990-yilda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida “Siyosatshunoslik” fanining o‘quv dasturi va darslik nashr etgan.
  Kafedra professori B.S.Siddiqovning “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani bo‘yicha ilmiy maqolalari, o‘quv uslubiy va o‘quv-qo‘llanma hamda risolalari 100 b/t ko‘proqni tashkil etadi. U 10 dan ortiqroq fan nomzodlarini ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.   2015-yilga qadar “Falsafa” kafedrasi alohida mustaqil kafedra sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu kafedraning birinchi mudiri falsafa fanlari doktori, professor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.O.Ortiqov Toshkent davlat texnika universitetida 43 yildan ortiqroq mehnat qilgan. Bu yillar davomida u 50 dan ortiq falsafa fanlari doktorlari va nomzodlari tayyorlab, mamlakatimizga ilmiy pedagogik kadrlar etkazib berishga katta hissasini qo‘shgan. U kishi tomonidan 100 dan ortiq risolalar, ilmiy maqolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. Ushbu kafedrani 1987-1991-yillarda dotsent M.F.Fayozov, 1991-1993-yillarda, 1995-2000 yillarda dotsent K.To‘laganov, 2000-2005 yillarda  dotsent, A.S.G‘aniev, 2005-2010 yilgacha dots. F.Primova,  2010-2015 yillarda dotsent S.Axrorova boshqargan. Hozirgi kunda «Falsafa va milliy g‘oya» kafedrasida 1 nafar fan doktori (falsafa fanlari doktori N.R.Nishonova), 7 nafar fan nomzodlari, dotsentlar (F.Kulueva, A.Mirzaev, X.Mannopov, S.Ahrorova, X.Berdiev, D.Islomova,  K.Farfieva), 6 nafar katta o‘qituvchi (T.Muxtorova, P.Boyqobilova, D.Kuanishova, N.Mamadieva, O.Mejevnikova, D.Raximova), 1 nafar assistent (G.Maksumqulova) mehnat qilmoqda. O‘tgan yillar davomida kafedrada o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda kafedrada bakalavr yo‘nalishidagi talabalarga 2 ta fan bo‘yicha:
Falsafa;
O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati.
                Magistratura mutaxassisligida:
Ilmiy tadqiqot metodologiyasidan ta’lim berilmoqda. Shuningdek, kafedrada oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv dasturlari hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Shu yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 600 dan ortiq darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar, ilmiy-uslubiy maqolalar nashr etildi.  Mustaqillik yillarida quyidagi kafedra o‘qituvchilari dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar:
2005-yilda K.Farfieva “Ommaviy axborot vositalari ta’sirida talabalar ijtimoiy tasavvurini shakllanishining o‘ziga xosligi”
2006-yil T.Mamatqobilov “Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy siyosati: genezisi va evolyusiyasi”
2011- yil D.Islomova “O‘zbekistonda farovon jamiyat barpo etishda inson omilining o‘rni”
2019 -yil X.Berdiev “Nurota tarixiy toponimiyasining manbashunoslik tahlili”
2020-yil N.R.Nishonova “O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlar faoliyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili”.
Hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari: O.Mejevnikova, D.Kuanishova, N.Mamadieva, D.Raximovalar ilmiy faoliyatlarini davom ettirishmoqda.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari universitet, fakultet, talabalar turar joylari  va mahallalarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishda faol ishtirok etishmoqda. Dotsent K.A.Farfieva Respublika ommaviy axborot vositalarining qator ko‘rsatuvlarida psixolog ekspert sifatida faoliyat yuritib, ko‘rsatuvlar orqali jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy-psixologik muammolarining tahlilida bevosita ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda kafedra jamoasi erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan yangidan yangi rejalarni amalga oshirish uchun samarali mehnat qilmoqda. Kafedraning yaqin kelajakda amalga oshirishi lozim bo‘lgan istiqbol yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
kafedrada o‘tiladigan fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanma va ularning elektron versiyasini yaratish;
talabalarni darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan to‘la ta’minlashga erishish;
xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni keng yo‘lga qo‘yish;
iqtidorli talabalar bilan ishlashni kuchaytirish va ularga amaliy yordam berish;
texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bilan o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Kontingent: Professor -o‘qituvchilar 15 ta, kabinet mudiri -1 ta.
Talabalarning umumiy soni Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlardan barcha fakultetlarining 2-3-kurs bakalavriat yo‘nalishlarida va magistratura mutaxassisligining 1-kursida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.  
Bakalavriat yo‘nalishi: Barcha bakalavriat yo`nalish talabalari.
Kafedra professor-o‘qituvchilari   1.  Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna
    Falsafa fanlari doktori, professor TSTU.
 
    2.   Mirzaev Axad Mirzaevich
      Tarix fanlari nomzodi, dotsent
 
  3.  Kulueva Flora Gaynutdinova
    Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
 
   4. Mannopov Xamid Mutalovich
     Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
   
  5. Axrorova Sevara Axmedovna
     Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
   
  6. Islomova Dildora Xamidullaevna
     Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
 
  7.Farfieva Komola Atxamdjanovna
     Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
 
  8.  Berdiev Xayriddin Abdulloevich
       Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
 
  9. Muxtorova Tutixon
      Kafedra katta o‘qituvchisi
 
  10. Mamadieva Nilufar Xalilovna
       Kafedra katta o‘qituvchisi
 
  11. Mejevnikova Olga Petrovna
          Kafedra katta o‘qituvchisi 
   
  12.  Raximova Dilorom SHuxratovna
         Kafedra katta o‘qituvchisi
 
  13.  Boyqobilova   Parizod Amanboevna
      Kafedra katta o‘qituvchisi
 
  14.  Kuanishova Dilmira Tuychievna
         Kafedra katta o‘qituvchisi
 
  15.   Maksumkulova Gulnora Kurbonovna
            Kafedra o‘qituvchisi
 
Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar: Kafedrada quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:
1. Milliy g‘oya targ‘ibotining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Bajarish muddati:  2020-2021- y. ITI ning mas’ul ijrochisi:  dotsent Farfieva K.A.
2. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mas’ul o‘z-o‘zini boshqarish organlarining o‘rni. Bajarish muddati:  2020-2021-y. ITI ning ma’sul ijrochisi:  dotsent Tolipov F.S.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlardan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar,  joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarini o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib, chop etilgan.
O‘qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilgan. «Aqliy hujum», «Tarmoqlar» (klaster) usuli, Kazuslar, intellektual o‘yinlar kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilgan.
 Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “ZiyoNet” saytiga ko‘plab manbalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.
Kafedra manzili: Toshkent sh. Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2 uy.
Monografiyalar: 1. Mirzaev A. “Fuqarolik jamiyati va demokratik qadriyatlar”. TDTU, 2005.
2. Mirzaev A. Fuqarolik jamiyati asoslari. TDTU, 2007.
3. Siddiqov B., va b. Qalban ulg‘ayish davri. –T., 2012.
4. Axrorova S.A.. Globallashuv jarayonida xotin-qizlar masalalariga munosabat. –T., 2013.
5. Islamova D.X. O‘zbekistonda farovon jamiyat barpo etishda inson omilining o‘rni. –T., 2013.
6. Samarov R.S Axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlashning mexanizmi. –T., 2015.
7. Mannopov X. Ma’naviy qadriyatlar. – TDTU, 2016.
8. Axrorova S. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda mehnat muhofazasida ekologik ma’naviyatning roli. -TDTU, 2016.
9. Samarov R.S. “Mudofaaviy faoliyat: nazariy yondashuvlar”. –T., 2017.
10. Primova F.A., Atamurodov M. Oliy talim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish tamoyillari.  – TDTU, 2018.
11. Mannopov H.M. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni. –Toshkent, 2020. “TDAYI”bosmaxonasi. 8,25 b/t.
12. Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna-“Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati “(falsafiy  taxhil). Monografiya.–Toshkent: Fan, 2020. -224 b.
13. Axrorova S.A. Shaxs kamoloti va yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash omillari. – Toshkent, 2020. 7.8 b/t.
14. Berdiev X.A. Nurota tarixiy toponimiyasining manbashunoslik tahlili. – Toshkent, 2020. 9,25 b/t.  
O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar: 1. Farfieva K. Ma’naviy etuklik va ommabop targ‘ibot. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2007.
2. Farfieva K. Milliy g‘oya targ‘iboti. Uslubiy qo‘llanma. – Fan va texnologiya, 2008
3. .Karimova N. Sotsiologiya. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2010.
4. Berdiev X., Farfieva K. Oila sotsiologiyasi. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2011.
5. Farfieva K. Sotsiologiya. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2011.
6. Siddiqov B. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –TDTU, 2012.
7. Siddiqov B., Farfieva K.A. va boshqalar. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2013.
8. Mirzaev A. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”.–T., 2014.
9. Islomova D. “Falsafa faninig etika qismidan bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun”. –T., 2015.
10. Григорян К. «Методология научного исследования». – ТДТУ, 2016.
11. SiddiqovB., Farfieva K., Boymurodova Z., MuxtorovaT., Maksumqulova G. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganishda Prezident I.Karimov asarlaridan foydalanish masalalari”.  -TDTU, 2016.
12. Кулуева Ф.Г., Фарфиева К.А., Расулова М.А. “Гражданское общество. Теория и практика строительства демократического общества в Узбекистане ». -ТГТУ, 2017.
13. Tolipov F. “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”. –T., 2017.
14. Tolipov F,  Islamova D. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –T, 2018.
15. Samarov R.S. va b.  Tizimli tahlil. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2018.
16. Samarov R.S.,  Xaydarov K.A.Axborot xavfsizlik psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. -T., 2018.
17. Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna- “Islom dini va islom ta`limoti”. «Dinshunoslik» fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma  –Toshkent, ООО “AKTINV PRINT”, 2019.- -64 b.18. Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna- «Urug`-qabila va milliy dinlar» «Dinshunoslik» fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, ООО “AKTINV PRINT”, 2019.-78 b.19. Farfieva K.A. Kulueva F.G., Rasulova M.A. Politologiya. o‘quv uslubiy qo‘llanma.-ToshDTU, 2020 y. 5,25 bosma taboq.
20. Islomova D.X. N.Mamadieva. Falsafa fanidan O‘quv uslubiy qo‘llanma. –Toshkent, 2020. 7 b.t.21.
21. Межевникова О.П. Учебно-методическое пособие по логике. – Ташкент, 2020. – 77с. 5 б / т.  
Ma’ruza matnlari:  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:  
Falsafa;
Sotsiologiya;
O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati;
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi kabi fanlardan ma’ruza matnlarining elektron va bosma variantlari tayyorlangan hamda elektron variantlar “ZiyoNet” tarmog‘iga joylashtirilgan.   
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.