MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

«O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI


Kafedra mudiri:

Tarix fanlari doktori professor

Xalikova Raxbar Ergashevna

Telefon: (998 90) 808-32-18
E-mail: raxbarkholikova@mail.ru

Kafedra tarixi:

«O‘zbekiston tarixi» kafedrasi 1991 yil «Siyosiy tarix», «Ilmiy sotsializm» (kechki-sirtqi bo‘limida) kafedralari negizida tashkil topgan.  Kafedra asoschisi t.f.d. prof. A.R.Otajonov. Kafedra tashkil topgan davrda o‘qituvchilar tarkibida t.f.d. prof. M.X.Nazarov, K.X.Xasanov, t.f.n. dots. R.Umarov, O‘.Solixov, Z.Akramova, V.Abdullaeva, X.Abdunazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan.  2004 yil oktyabr oyidan «Konstitutsiya va huquq asoslari» va «O‘zbekiston tarixi» kafedralari birlashib  «O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari» kafedrasi tashkil topdi. 2011 yildan «O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari» kafedrasi «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi deb nomlandi. 2015 yil aprel oyida universitet fakultetlari va kafedralari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan «Falsafa» kafedrasidagi «Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik», «Madaniyatshunoslik» fanlari «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi tarkibiga shtat birliklari bilan o‘tkazildi. 2004 yildan to hozirgi kungacha kafedrani tarix fanlari doktori R.E.Xoliqova boshqarib kelmoqda. Kafedrada «O‘zbekiston tarixi» va  «Dinshunoslik» fanlaridan  birinchi bosqich talabalariga darslar o‘tiladi. Kafedra a’zolarining faoliyati oliy bilim yurtlaridagi an’anaviy tarzda uchta: o‘quv – pedagogik, ilmiy va tarbiyaviy yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni tajribali professor, dotsentlar, katta o‘kituvchilar va shular qatorida tez sur’atlar bilan pedagogik tajribalar orttirayotgan assistentlar  o‘tkazishadi.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi quyidagi ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzgan:

– O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi.

– O‘zbekiston  davlat jahon tillari universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi

– Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi quyidagi oliy o‘quv yurtlari bilan  hamkorlik aloqalari o‘rnatgan:

    1. O‘zbekiston Milliy universiteti;
    2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
    3. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;
    4. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
    5. Toshkent davlat agrar universiteti.
    6. Toshkent kimyo texnologiya instituti

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi:

      1. f.d. prof. kafedra mudiri Xoliqova R.E.
      2. f.n. dots. Abrarov S.A.
      3. f.n. dots. Inatov M.N.
      4. f.n. dots. Shonazarov Q.R.
      5. f.n. dots. Maxkamova N.U.
      6. f.n. dots. Xolnazarova L.S.
      7. katta o‘qituvchi.Yuldasheva R.E.
      8. katta o‘qituvchi.Tashmurodov R.S.
      9. katta o‘qituvchi. Dehqonov M.R.
      10. katta o‘qituvchi. Tillaxo‘jaeva X.J.
      11. katta o’qituvchi.To‘xtabayeva D.
      12. katta o’qituvchi. Esanov A.O.
      13. Maxammadieva S.I.
      14. Voisova N. A.

Kafedra olib borilayotgan ilmiy ishlar:

      1. Kafedradagi ilmiy tadqiqotlar natijasida 2004-yil  katta o‘qituvchi M.N. Inatov “O‘zbekistonliklarning rasmiy tashkilotlarga yo‘llagan catlari rasmiy manba sifatida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 2006-yilda R.E. Xoliqova  “XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida Rossiya-Buxoro munosabatlari tarixi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi, T.D. Xudoyqulov tomonidan 2009-yilda “XIX asrda Qo‘qon xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti” mavzusida, L.S. Xolnazarova 2011-yilda “Buxoro amirligida kutubxonachilik va kitobot tarixi”, N.U. Maxkamova 2011-yilda “Texnika oliy o‘quv yurti talabalarida huquqiy madaniyatni shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.Bugungi kunda kafedrada quyidagi o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar: kafedra katta o’qituvchisi M.R. Dehqonov “Islomda oila  va  nikoh munosabatlari  madaniyatinining  diniy-falsafiy va  amaliy asoslari” dissertatsiyasini ilmiy seminardan o‘tkazdi va  himoya qilishga tavsiya qilindi.

        Kafedra dotsenti N. Maxkamovaning  «Texnika oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi,  katta o‘qituvchi X. D. Tillaxo‘djayeva “O‘zbekistonda FHDYO organlarining faoliyati tarixi” mavzusi, katta o‘qituvchi R. S. Tashmurodov “Nurota vohasi hunarmandchiligi an‘analari va rivojlanish xususiyatlari” mavzusi, assistent S. Mahammadiyeva “XVI-XVIII asrlarda Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi” mavzusi va assistant N. Vaisova “Согдийская колонизация великого Шелкового пути” mavzusida ilmiy tadqiqotlari OAK  bullitenida e‘lon qilindi.

        Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik faoliyat bilan bir qatorda kunning ikkinchi yarmida ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ulanishdi. Faoliyatning bu turida kafedra professor-o‘qituvchilari  doktorlik dissertatsiyasi ustida, monografiyalar tayyorlash, scopus jurnallari, xalqaro jurnallar va xalqaro konferensiyalarda,  respublika ilmiy jurnallari hamda ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalar chop etib kelishmoqda.

        Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati  kafedra ilmiy yo‘nalishi sifatida tanlangan mavzular asosida olib borilmoqda.

        Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati  quyidagi yo‘nalish asosida olib borilmoqda: “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti”

Darslik:

      1. R.E. Xoliqova va boshqalar “O‘zbekiston tarixi” — T.: Yаngi asr avlodi. 2015. 33.25 b.t.
      2. 2. R.E.Xoliqova va boshqalar. O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi. -T., 2018. 30,25 b/t

Kafedra manzili:

100095, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet k. 2.,ToshdTU, Muhandislik texnologiyalari fakulteti, 5-kavat, 511, 512-xona.

O‘quv qo‘llanma

  1. E. Xoliqova. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. O‘quv qo‘llanma. –T., 2017. 10,25 b/t.
  2. E. Xoliqova. O’zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. –T., 2020, 20 b.t
  3. Gaibnazarova, R.Yuldasheva tomonidan 2020 yil Религоведение o‘quv qo‘llanma. 2020-yil.

Monografiya

1.  M. Dexqonov. Obod turmush-mustahkam oila tayanchi. -T., 2015. 5,5 b

Uslubiy qo‘llanmalar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar chop etilmoqda:

  1. E. Xoliqova. O‘zbekiston tarixi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2019-yil 1-qism, 10 b.t.
  2. E. Xoliqova. O‘zbekiston tarixi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2020-yil 2-qism, 10 b.t.
  3. Dehqonov (hammualliflikda) «O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati», 2019-yil.

Kafedra manzili:
100095, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi. 2-uy, ToshDTU, Muhandislik texnologiyalari fakulteti, 5-qavat, 511, 512-xona.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.