MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

“FALSAFA VA MILLIY G‘OYA” KAFEDRASI


Kafedra mudiri
Farfieva Kamola Atxamdjanovna
Psixologiya fanlari nomzodi,dotsent
Telefon: +998946894938
Elektron manzil: : farfiyevak@mail.ru

 

Kafedra tarixi:

“Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi” Toshkent davlat texnika universiteti  ijtimoiy-gumanitar fanlar markazi tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra 1964 yilda «Ilmiy kommunizm» nomi bilan tashkil topgan. 1990 yildan 1991 yilgacha «Sotsializm nazariyasi» kafedrasi deb nomlangan. 1991 yildan boshlab 1999 yilgacha «Siyosatshunoslik» kafedrasi, 2000 yildan 2002 yilgacha «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va siyosatshunoslik» kafedrasi, 2002 yildan 2003 yilgacha esa «Siyosatshunoslik va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi» kafedrasi deb nomlangan. 2003 yildan 2008 yilgacha «Siyosatshunoslik va sotsiologiya» kafedrasi, 2008 yildan 2011 yilgacha «Siyosatshunoslik, sotsiologiya va milliy istiqlol g‘oyasi”, 2011 yildan 2015 yilgacha “Sotsiologiya va milliy g‘oya” kafedrasi,  2015 yildan 2016 yilgacha “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, 2016 yil sentyabrь  oyidan boshlab “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi deb nomlangan.Kafedraning birinchi rahbari prof. S.B.Qoraboev 1971 yilgacha boshqardi. Undan so‘ng kafedrani quyidagi olimlar boshqardilar: prof. R.S.Sharofiddinova (1971-1973 yy), prof S.B.Qoraboev (1973-1976 yy), dots. J.Vlasova (1976-1977 yy), prof. F.Sh.Sharipov (1978-1985 yy), kat.o‘qit. G.Ya.Ismailova, prof. T.A.Jo‘raev va dots. R.X.Shokirova, prof. R.S.Sharofiddinovalar (1985-1989 yy), prof.F.Sh.Sharipov (1989-2000 yy), prof. B.S.Siddiqov (2000-2001yy), prof. F.Sh.Sharipov (2001-2003 yy) va prof. S.B.Siddiqov (2003-2006 yy), dots. A.M.Mirzaev (2006-2012 yy) va 2012 yildan boshlab dots. K.A.Farfieva boshqarib kelmoqda.Kafedra jamoasi tarkibida etuk professorlar – S.B.Qoraboev, R.S. Sharofitdinova, F.Sh. Sharipov, S.Otamurodov, T.Jo‘raev, B.Siddiqov, B.Karimov; dotsentlar – A.M.Mirzaev, F.G.Kulueva, K.Farfieva, F.Primova,  S.Axrorovalar kafedrani mustahkamlash hamda ilmiy pedagogik salohiyatini o‘sishida va etuk muhandis kadrlarni tayyorlashda ularning xizmatlari  e’tiborga sazovor.1991-2003 yillarda kafedra mudiri bo‘lgan F.Sh.Sharipov 1990 yildan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida “Siyosatshunoslik” fanining o‘quv dasturi va darslik nashr etgan. Kafedra professori B.S.Siddiqovning “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani bo‘yicha ilmiy maqolalari, o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanma hamda risolalari 100 b/t ko‘proqni tashkil etadi. U 10 dan ortiqroq fan nomzodlarini ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.  2015 yilga qadar “Falsafa” kafedrasi alohida mustaqil kafedra sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu kafedraning birinchi mudiri falsafa fanlari doktori, professor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.O.Ortiqov ToshDTUda 43 yildan ortiqroq mehnat qilgan. Bu yillar davomida u 50 dan ortiq falsafa fanlari doktorlari va nomzodlari tayyorlab, mamlakatimizga ilmiy pedagogik kadrlar etkazib berishga katta xissasini qo‘shgan. U kishi tomonidan 100 dan ortiq risolalar, ilmiy maqolalar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. Ushbu kafedrani 1987-1991 yillar dotsent M.F.Fayozov, 1991-1993 yillar, 1995-2000 yillarda dotsent K.To‘laganov, 2000-2005 yillarda  dotsent, A.S.G‘aniev, 2005-2010 yilgacha dots. F.Primova,  2010-2015 yillarda dotsent S.Axrorova boshqargan.

Hozirgi kunda «Falsafa va milliy g‘oya» kafedrasida 1 nafar fan doktori (f.f.d., prof. R.S.Samarov), 9 nafar fan nomzodlari, dotsentlar (F.Kulueva, A.Mirzaev, K.Farfieva, X.Mannopov, S.Ahrorova, F.Tolipov, F.Primova, К.S.Grigoryants,

D.Islomova), 12 nafar katta o‘qituvchi mehnat qilmoqda.

O‘tgan yillar davomida kafedrada o‘kuv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda kafedrasida bakalavr yo‘nalishidagi talabalarga 4 ta fan bo‘yicha:

  • Falsafa;
  • Sosiologiya;
  • Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar;
  • Fuqarolik jamiyati. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;

Magistartura mutaxassisligida:

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasidan ta’lim

Shuningdek, kafedrada oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv dasturlari hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Shu yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 600 dan ortiq darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar, ilmiy-uslubiy maqolalar nashr etildi.Mustaqillik yillarida quyidagi kafedra o‘qituvchilari  nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar: 2005 yilda K.Farfieva “Ommaviy axborot vositalari ta’sirida talabalar ijtimoiy tasavvurini shakllanishining o‘ziga xosligi” mavzuida, 2006 yil T.Mamatqobilov “Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy siyosati: genezisi va evolyutsiyasi” mavzuida, 2011 yil D.Islomova “O‘zbekistonda farovon jamiyat barpo etishda inson omilining o‘rni” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya  qildilar.Hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari: F.Tolipov, X.Berdiev, M.Abdurahmonova, A.Bozorov, O.Mejevnikova, D.Kuanishova, F.Xikmatov, N.Mamadieva, D.Raximova, X.Akramovlar ilmiy faoliyatlarini davom ettirishmoqda.Kafedraning professor-o‘qituvchilari universitet, fakulьtet, talabalar turar joylari  va mahallalarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishda faol ishtirok etishmoqda. Dotsent K.A.Farfieva Respublika ommaviy axborot vositalarining qator ko‘rsatuvlarida psixolog ekspert sifatida faoliyat yuritib, ko‘rsatuvlar orqali jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy-psixologik muammolarining tahlilida bevosita ishtirok etmoqda.Bugungi kunda kafedra jamoasi erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan yangidan yangi rejalarni amalga oshirish uchun samarali mehnat qilmoqda. Kafedraning yaqin kelajakda amalga oshirishi lozim bo‘lgan istiqbol yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Kafedrada o‘tiladigan fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanma va ularning elektron versiyasini yaratish;
  • Talabalarni darslik va o’quv-uslubiy аdabiyotlar bilan to’lа ta’minlashgа erishish;
  • Xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni keng yo’lga qo’yish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlashni kuchaytirish va ularga amaliy yordam berish;

Texnika yo’nalishida oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bilan o’quv-uslubiy vа ilmiy-amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yish.

Kontingent :

Professor -o‘qituvchilar 22 ta, kabinet mudiri -1 ta

Talabalarning umumiy soni:

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlardan barcha fakultetlarining 2, 3, 4-kurs bakalavriat yo‘nalishlarida va magistratura mutaxassisligining 1-kursida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi

Bakalavriat yo‘nalishi:

Barcha bakalavriat yunalishi talabalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari

  1. Farfieva Kamola Atxamjanovna Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
  2. Samarov Rustam Sadriddinovich Falsafa fanlari doktori
  3. Mirzaev Axad Mirzaevich Tarix fanlari nomzodi, dotsent
  4. Kulueva Flora Gaynutdinova Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  5. Mannopov Xamid Mutalovich Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  6. Primova Fotima Abduraximovna Falsafa fanlari nomzodi, dotsent 
  7. Axrorova Sevara Axmedovna Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  8. Grigoryants Karine Stepanovna Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  9. Islomova Dildora Xamidullaevna Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  10. Tolipov Fayzulla Saidovich Tarix fanlari nomzodi
  11. Muxtorova Tutixon Kafedra katta o‘qituvchisi
  12. Berdiev Xayriddin Abdulloevich Kafedra katta o‘qituvchisi
  13. Abduraxmonova Mashkura Abduxamidovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  14. Rasulova Madina Asxatovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  15. Boyqobilova   Parizod Amanboevna Kafedra katta o‘qituvchisi
  16. Kuanishova Dilmira Tuychievna 
  17. Gulyamova Gulnora Sayfutdinovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  18. Mamadieva Nilufar Xalilovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  19. Xikmatov Fatxulla Habibullaevich Kafedra katta o‘qituvchisi
  20. Mejevnikova Olga Petrovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  21. Bozorov Abdulboqi Abduraximovich Kafedra katta o‘qituvchisi
  22. Raximova Dilorom Shuxratovna  Kafedra katta o‘qituvchisi
  23. Kafedrada olib bori-layotgan ilmiy ishlar
  24. Milliy g‘oya targ‘ibotining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.

Bajarish muddati:  2018-2019 y.

ITI ning ma’sul ijrochisi:  dots. Farfieva K.A.

2. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mahalliy o‘z o’zini boshqarish organlarining o‘rni Bajarish muddati:  2018-2019 y.

ITI ning ma’sul ijrochisi:  dots. Tolipov F.S

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlardan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar,  joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarini o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib, chop etilgan O‘qitish jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilgan. «Aqliy hujum», «Tarmoqlar» (klaster) usuli, Kazuslar, intellektual o‘yinlar kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilgan   Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “ZiyoNet” saytiga ko‘plab manbalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi

Kafedra manzili Toshkent sh. Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2 uy

Monografiyalar:

  1. Mirzaev A. “Fuqarolik jamiyati va demokratik qadriyatlar”. TDTU, 2005.
  2. Mirzaev A. Fuqarolik jamiyati asoslari. -TDTU, 2007.
  3. Siddiqov B., va b. Qalban ulg‘ayish davri. –T., 2012.

Axrorova S.A.. Globallashuv jarayonida xotin-qizlar masalalariga munosabat. –T., 2013

  1. Islamova D.X. O‘zbekistonda farovon jamiyat barpo etishda inson omilining o‘rni. –T., 2013.

Samarov R.S Axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlashning mexanizmi. –T., 2015.

  1. Mannopov X. Ma’naviy qadriyatlar. – TDTU, 2016.
  2. Axrorova S. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish xamda mexnat muhofazasida ekologik ma’naviyatning roli. -TDTU, 2016.
  3. Samarov R.S. “Mudofaaviy faoliyat: nazariy yondashuvlar”. –T., 2017.

Primova F.A., Atamurodov M. Oliy taьlim tizimida maьnaviy-maьrifiy ishlar samaradorligini oshirish tamoyillari.  – TDTU, 2018

O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar

Farfieva K. Ma’naviy etuklik va ommabop targ‘ibot. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2007

  1. Farfieva K. Milliy g‘oya targ‘iboti. Uslubiy qo‘llanma. – Fan va texnologiya, 2008.
  2. Karimova N. Sotsiologiya. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2010.
  3. Berdiev X., Farfieva K. Oila sotsiologiyasi. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2011.

Farfieva K. Sotsiologiya. Uslubiy qo‘llanma. -TDTU, 2011

Siddiqov B. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –TDTU, 2012

Mirzaev A. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. –T., 2014.

Islomova D. “Falsafa faninig etika qismidan bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun”. –T., 2015

  1. Grigoryants K. “Metodologiya nauchnogo issledovaniya”. – TDTU, 2016.
  2. Siddiqov B., Farfieva K., Boymurodova Z., Muxtorova T., Maqsumqulova G.“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganishda Prezident I.Karimov asarlaridan foydalanish masalalari”.  -TDTU, 2016
  1. Kulueva F.G, Farfieva K.A., Rasulova M.A. “Grajdanskoe obщestvo. Teoriya i praktika stroitelьstva demokraticheskogo obщestva v Uzbekistane”. -TGTU, 2017.
  2. Tolipov F. “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”. –T., 2017.
  3. Tolipov F, Islamova D. – O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2018.
  4. Samarov R.S. va b. Tizimli tahlil. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2018.
  5. qo‘llanma. -T., 2018.
  6. Ma’ruza matnlari
  7. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan
  8. Falsafa;
  9. Sosiologiya
  10. Milliy g’oya: asosiy tushunchа vа tamoyillar
  11. Milliy g’oya: asosiy tushunchа vа tamoyillar;
  12. Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.