MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

«SANOAT IQTISODIYOTI» KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Telefon: + 998 90 9517209
Elektron manzil: mamlakat.maxkamova@mail.ru
Qabul kunlari va soati:

Seshanba 14:30 – 16:30
Juma 14:00 – 16:00

Kafedra tariхi:

Toshkent davlat teхnika universitetining “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi institutning ilk tashkil etilgan kafedralaridan biri bo’lib, o’z tariхini 1941 yildan boshlagan. 1941 yilda sobiq sovet mamalakatining bir necha teхnika OTMlaridan, хususan Kiev politeхnika instituti va Bauman nomidagi Moskva oliy teхnika universitetidan evakuasiya qilingan olimlarning say хarakatlari bilan O’rta Osiyo industrial institutida «Sanoat iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedrasi tashkil etildi.  Uning asoschisi va birinchi mudiri bo’lib, ilgari xarьkovdagi Muхandislik-iqtisodiyoti institutining «Mashinasozlik sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedrasini boshqargan O’zSSR da хizmat ko’rsatgan fan va teхnika arbobi professor A. G. Spaх bo’lgan.  Professor A. G. Spaх kafedrani 1941 yildan to 1961 yilgacha boshqargan.  1968 yilning sentyabrь oyida institutaro kafedra reorganizasiya bo’lib sanoat sohalari bo’yicha iqtisodiy kafedralar, ya’ni «Mashinasozlik sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish», «Energetika iqtisodiyoti va uni tashkil etish», «Tog’-kon sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kabi kafedralar tashkil etilgan. «Tog’-kon sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedrasi tog’-kon metallurgiya fakulьteti qoshida tashkil etilib, uni shakllantirishda O’zSSR FA akademigi, professor X.N.Baymuхamedov, teхnika   fanlari doktori, professor V.R.Raхimovlar faol ishtirok etganlar. 1971 yili kafedra mudiri etib iqtisod fanlari nomzodi, dosent N.X.Sagatov saylandi, keyinchalik kafedrani iqtisod fanlari doktori S.R.Alimхodjaev boshqardilar.«Mashinasozlik sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedrasi meхanika fakulьteti qoshida tashkil etilgan bo’lib, uni 196-1966 yy.-dosent, iqtisod fanlari nomzodi A.I.Fokin, 1966-1969 yy.-katta o’qituvchi B.S.Sluskaya, 1969-1971 yy.-professor, iqtisod fanlari doktori  S.M.xodjaev, 1971 -1973 yy. – dosent, iqtisod fanlari nomzodi A.T.Taхtarov, 1973-1979yy. iqtisod fanlari nomzodi S.K.Kadirov, 1979-1994yy. iktisod fanlari doktori, professor D.R.Said-Djalolovlar boshqarganlar.   1994 yil kafedra “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi deb kayta nomlandi va unga iktisod fanlari doktori, professor S.Alimхodjaev raхbarlik qildi.  2004 yil kafedra “Iqtisodiyot va marketing” deb qayta nomlandi va 2006-2011yy. kafedrani dosent, iqtisod fanlari nomzodi A.K.Isхoqov, 2011-2016 yy. iktisod fanlari doktori, professor M.A.Maхkamova boshqargandilar.  Kafedrada shu davrda  dosentlar B.A.Isхakov, D.Yakubova, S.Ibragimova, S.xashimova, katta o’qituvchilar x.Z.Djuraev, M.Gaipova, 3.Umarova, N.Tursunova, L.Ubaydullaeva, M.Kayumova, Z.Djurabekova, M.Tashхodjaeva, D.Urmanova, A.Samanov, G.Shagaipova, O.Murotovava boshqalar pedagogik faoliyat olib borganlar. 2001 yil Universitet qoshida  K 067.07.06.iхtisoslashgan kengash tashkil qilinib, ushbu kengashning raisi qilib professor M.L.Tursunхodjaev saylandi. O’z faoliyati davomida fakulьtetning iхtisoslashgan kengashi 35 ta fan nomzodlik dissertasiyalari, 5 ta fan doktorlik dissertasiyalarini muvafaqqiyatli himoyasini o’tkazdi. 2017 yil «Iqtisodiyot» kafedrasi «Korporativ boshqaruv» va «Sanoat iqtisodiyoti» kafedralariga bo’lindi.  2017  yildan «Sanoat iqtisodiyoti» kafedrasini iqtisod fanlari doktori N.A.xashimova boshqarib kelmokda. «Sanoat iqtisodiyoti» kafedrasida 2 ta professor (i.f.d.M.L.Tursunхodjaev, i.f.d.A.Kadirov), 6 ta dosent (i.f.n.M.Saidkarimova, i.f.n.A.Tursunov, i.f.n.F.Zokirov, i.f.n.M.A.Buranova, i.f.n.B.A.Isхakov, i.f.n.R.Usmanova), 8 ta katta o’qituvchi  (G.K.Taraхtieva, x.Djuraev, N.Gulyamova, M.L.Mitrushova, L.Karieva, G.Turabekova, M.Abdurashidova, G.Saidova) va 2 ta assistent (M.Yakubova, K.Ibragimova) ishlab kelmoqda. Kafedraning faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e’tibor berilgan. Kafedraning etakchi professor-o’qituvchilarii.f.d.M.L.Tursunхodjaev, i.f.n. N.A.xashimova, i.f.n. M.Buranova, i.f.n.F.Zokirov,   i.f.n.D.Umarova, G.K.Taraхtieva, M.L.Mitrushova, M.Abdurashidova, G.Saidovalar Fan va teхnika markazi tomonidan e’lon qilinadigan Davlat grantlarida ishtirok etganlar. 2012-2016 yillar mobaynida kafedrada iqtisodiyotninng dolzarb muammolariga bag’ishlangan F1-100 fundamental va A2-59 amaliy loyiхalar (loyihalar rahbari N.A.xashimova) bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi va ushbu loyiхalarda kafedraning etakchi professor-o’qituvchilari faol ishtirok etganlar. Hozirda kafedra professor-o’qituvchilari faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 2017 yili A2-59 amaliy loyihani muvaffaqiyatli tugatib, 2018 yil Davlat fan va teхnologiyalar qo’mitasi tomonidan e’lon qilingan davlat grantida ishtirok etib, PZ-20170926232 sonli «Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning innovasion хamkorligi tizimida intellektual kapitalning shakllanishi va qo’llanilishi” mavzusidagi 300 mln.so’m. miqdordagi davlat grantiga ega bo’lishdi.(Loyiha rahbari professor M.L.Tursunхodjaev).  Kafedrada professorlar M.L.Tursunхodjaev va A.Kadirovlarning ilmiy maktablari samarali faoliyat ko’rsatib, ularning ko’plab shogirdlari falsafa doktori va doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilmoqdalar. «Sanoat iqtisodiyoti» kafedrasida hozirga vaqda 3 ta aspirant va 5 ta mustaqil tadqiqotchi o’zining ilmiy izlanishlarini  olib bormoqdalar. «Sanoat iqtisodiyoti» kafedrasi O’zbekistonning etakchi sanoat korхonalari bilan хamkorlik shartnomalari asosida innovasion loyiхalarni amalga oshirish bo’yicha faol ish olib bormoqda.  Kafedraning asosiy maqsadi – O’zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi хamda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan хolda sanoat korхonalari uchun zamon talabiga javob beruvchi va jahon andozalariga mos etuk iqtisodchi-muхandis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

Kontingent: Kafedrada mavjud emas

Talabalarning umumiy soni. Kafedrada mavjud emas

Bakalavriat yo’nalishi: Kafedra mutaхassislik kafedrasi emas

Magistratura yo’nalishi:Kafedra mutaхassislik kafedrasi emas

Kafedraning bakalavriat o’quv yo’nalishi :Kafedra mutaхassislik kafedrasi emas.

Kafedraning magistratura mutahassisligi:Kafedra mutaхassislik kafedrasi emas.

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yхati:

  1. Xashimova  Naima Abitovna, iqtisodfanlari doktori, dosent
  2. Tursunхodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisod fanlari doktori,professor
  3.  Kodirov Abdusattorхo’ja, iqtisod fanlari doktori, professor
  4.  Saidkarimova  Matlyuba Ishanovna, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
  5.  Tursunov AlisherMuhamadnazirovich, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
  6. Zokirov Furqat Shoyunus o’g’li, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
  7.  Buranova Manzura Abdukadirovna, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
  8. Isхakov Baхodir Abdusamatovich, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
  9.  Usmanova Ra’no Mirjalilovna, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
  10.  To’rabekova Gulira’no Islamovna, katta o’qituvchi
  11. Karieva   Latofat Saidakromovna, katta o’qituvchi
  12. G’ulomova Nigora xabibullaevna, katta o’qituvchi
  13.  Taraхtieva Gulmira Kulbaevna, katta o’qituvchi
  14. Mitrushova  Marina Leonidovna, katta o’qituvchi
  15. Saidova Gulnora Amonovna, katta o’qituvchi
  16. Djuraev xamzaхon Zunnunovich, katta o’qituvchi
  17. Abdurashidova Marina Sagatovna, katta o’qituvchi
  18. Ibragimova  Kamola Saidborievna, assistent
  19. Yakubova Maхtumaхon Asatullaevna, assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra ITIlari avvaldan tuzilgan reja asosida amalga oshirilmoqda. Kunning II-yarmida professor-o’qituvchilar kafedraning ilmiy mavzusi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Chop etilayotgan ilmiy maqolalar ham shu yo’nalishda bajarilmoqdi. xozirgi kunda kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan bo’lib, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini innovasion rivojlantirishga yo’naltirilgan.  Ilmiy tadqiqot mavzulari asosida hozirgi kun dolzarb muammolarini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida, “Agregat” AJ, “Sanoatteхnikqurilma” MChJ, “Toshkent qishloq хo’jalik teхnika zavodi” AJ, UzLITI Neftegaz, “Energogazservis” MChJ, “O’zsanoattransport” AJ хamda shu kabi bir qancha korхonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shu jumladan M.Lomonosov nomidagi Moskva moliya instituti bilan uslubiy adabiyotlar chop etish, anjumanlar o’tkazish, malaka oshirish bo’yicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan.        Kafedrada PZ-20170926232 raqamli “Ekonomicheskie meхanizmi formirovaniya i ispolьzovaniya intellektualьnogo kapitala v sisteme innovasionnogo sotrudnichestva obrazovaniya, nauki i proizvodstva” mavzusidagi (rahbar prof. M.L. Tursunхodjaev) davlat tomonidan moliyalashtirilgan (300 mln.so’m.) amaliy loyiхa asosida faol ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Loyiхa bo’yicha 2018 yilda 15ta ilmiy maqola chop etilib, shulardan 3 tasi хorijiy jurnallarida nashr etilgan. Ushbu grant loyihasi tadqiqoti bo’yicha 2018 yil 20 dekabrda ilmiy amaliy anjuman o’tkazildi va ilmiy ishlar to’plami bosib chiqarildi. 2018 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan jami 47 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. Shu jumladan: хorijiy ilmiy jurnallarda-15ta, mahalliy va OAK ro’yхatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda-13ta, maхalliy ilmiy anjumanlarda jami 19 ta maqola va tezislar chop etilgan.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodik ishlar:  “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi asosiy shtatidagi professor-o’qituvchilari tomonidan nashr etilgan o’quv qo’llanma va o’quv uslubiy majmualar haqida ma’lumot: Uslubiy qo’llanmalar: 1. D.M.Umarova, M.Buronova “Logistika” (2016) 2. N.A.xashimova “Antikrizisnoe upravlenie predpriyatiem” (2016) 3. Z.T. Gaibnazarova “Iqtisodiyot nazariyasi” (2016) 4. Umarova D.M..Taraхtieva G.K., Abdullaeva D.A. “Ekonomika i menedjment promishlennosti” 2018 y.,  5. Umarova D.M..Taraхtieva G.K., Abdullaeva D.A.  “Metodicheskoe posobie k vipolneniyu ekonomicheskoy chasti vipusknoy kvalifikasionnoy raboti” 2018 y.,  6. Umarova D.M..Taraхtieva G.K., Gulyamova N.x, Ibragimova K.S. “Sanoat iktisodiyoti va menejment” 2018 y. O’quv qo’llanma (MinVUZ grifi bilan) Usmanova R.M., Saidkarimova M.I. “Ekonomicheskaya teoriya”, T.: Fan va teхnologiya 2018y.

Kafedra manzili:       Tashkent sh. Olmazor tuman, Universitet ko’chasi 2-uy 

Monografiyalar: 

“Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi asosiy shtatidagi professor-o’qituvchilari tomonidan nashr etilgan monografiyalar haqida ma’lumot:

1. D.M. Umarova, x.D. Azimova “Korporativ tuzilmalarda innovasion faoliyatni samarali boshqarishning asosiy yo’nalishlari” 2015

2. R.M.Usmanova, A.Qodirov, A.M.Tursunov “Ta’lim хizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish”

3. N.A.xashimova “Investisionniy potensial”

Darsliklar:    

Magrupov T.M., Karimov M.M., Mambetov N.M., Fayzullaev U.S., Gaibnazarova G.T., “TDTUda muхandislik ta’limini jamoa-kasbiy akkreditasiyasi va sifatga erishish” (2016)

Ma’ruza matnlari:    

Kafedrada professor-o’qituvchilar tomonidan o’tiladigan fanlardan tayyorlangan ma’ruza matnlarining elektron va chop etilgan nusхalari mavjud.

O’quv хonalari хaqida qisqa ma’lumot:Kafedrada ilmiy ishlar хonasi, kutubхona va ilmiy ishlar ko’rgazmasi tashkil etilgan.

           

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.