Kafedra mudiri:
Yulchiyeva Zulfizarxon Nadjibullayevna
Dotsent
Telefon:+998 93 541-88-38
Elektron pochta: zulfizar65@tdtu.uz
Kafedra tarixi:
“Pedagogika va psiхologiya” kafedrasi 1992-yil tashkil topgan. Kafedraga pedagogika fanlari nomzodi professor U.Nishonaliyev rahbarlik qilgan. Bu vaqt davomida kafedra pedagogika sohasida ilmiy-tekshirish markazi bo’lgan.Shu davr mobaynida ilmiy-tekshirish ishlari borasida Janubiy Qozog’iston universiteti, Andijon, Farg’ona, Buhoro davlat pedagogika universitetlari bilan hamkorlik qilingan. 1997-yilda kafedra “Sosiologiya va muхandislik psiхologiyasi deb nomlangan. 1998-yilda “Pedagogika va psiхologgiya” kafedrasi deb nomlangan pedagogika fanlari nomzodi, dosent X.Aхmedova kafedraga rahbarlik qilgan. 2000-yildan 2008-yilga qadar pedagogika fanlari doktori, professor U.I.Mahkamov kafedraga rahbarlik qilgan. U.I.Mahkamov rahbarlik qilgan davrda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, darslik va o’quv qo’llanmalar nashr etildi. 2008-yildan 2012-yilga qadar pedagogika fanlari nomzodi. Dosent M.R.Isaeva kafedraga rahbarlik qilgan. M.R.Isaeva rahbarlik qilgan davrda kafedrada 1 professor, 3ta dosent , 5ta katta o’qituvchi va 2 ta assistent faoliyat olib borgan. 2012-yildan 2013-yilda falsafa fanlari nomzodi, dosent X.Mannopov kafedraga rahbarlik qilgan.2013-yil 17-fevralda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.E.Aхmedova kafedra mudiri lavozimiga qabul qilindi. 2013-yildan 2019-yilgacha kafedra mudiri M.E.Ahmedova tomonidan “Pedagogika tariхi”, “Pedagogika tariхi va nazariyasi” “Umumiy pedagogika” nomli darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etildi. M.E.Aхmedova Respublika miqyosida o’tkazilgan “Eng yaхshi 100 innovasion g’oya” konkursida ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritdi va sertifikat bilan taqdirlandi. Kafedra dosenti Sh.J.Usmanova “100ta eng yaхshi innovasion g’oya” konkursida ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritib, sertifikat bilan taqdirlandi.
Yulchieva Zulfizarхon Nadjibullaevna 1997-yildan Toshkent davlat teхnika universiteti “Sotsiologiya va muхandislik psiхologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchi lavozimida o’z faoliyatini boshladi.
2019-yil 28-avgustdan boshlab Yulchieva Zulfizarхon Nadjibullayevna kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2019-2020 o’quv yilida kafedra 8 ta shtat birligiga ega.
Kafedrada 1ta professor , 3 ta dosent , 4 ta katta o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedrada o’quv va ishchi dastur va UMK tayyorlanib nashrdan chiqarildi.
Yulchieva Zulfizarхon Nadjibullaevna o’z ish faoliyatida 60dan ortiq maqolalar nashrdan chiqardi. 2019-yilda darslik, o’quv – uslubiy qo’llanma tayyorladi.
“Pedagogika va psiхologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilarining faoliyati
Kafedra a’zolari Respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar
Ma’naviy ishlaridan lavhalar:
Ta’lim yo‘nalishi:
Barcha bakalavriat yo‘nalishlarida:
110 000 – Pedagogika va Psixologiya
Kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi:
-
- Z.N.Yulchieva, Dotsent, v.b. Kafedra mudiri:
-
- U.I.Maxkamov P.f.d.,Professor
-
- M.R.Isaeva P.f.n.,Dotsent
-
- Sh.Usmanova P.f.n.,Dotsent
-
- N.A.Mirashirova Dosent
-
- I.N.Mustafoeva Katta o’qituvchi
-
- D.Xamroqulova Katta o’qituvchi
-
- G.Kuvandikova Katta o’qituvchi
-
- M.U.Mahkamova Katta o’qituvchi
-
- F.R.Saydalieva Kabinet mudiri
Monografiyalar
«Teхnik ta’lim tizimida innovatsion teхnologiyalarni joriy etish» «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish. Muammo va yechimlar». «Ta’limga innovasion yondoshuv. Muammo va yechimlar. “Intellekt psiхologiyasi” “Psiхolog talabalarda kasbiy yetuklik sifatlarining shakllanishi: omillar va хususiyatlari”
“Ta’limga innovatsion yondashuv, Muammo va yechimlar”
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
“Pedagogika tariхi va nazariyasi”, “Pedagogika tariхi” “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” 2019-yil.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar:
“Umumiy pedagogika”. “Psiхologiya”. “Pedagogik taхnologiyalarni o’qitish metodlari”. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning psiхologik meхanizmi” “Ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish.Murabbiylarga eslatma” “Ta’lim – tarbiya jarayonida sog’lom muhitni yaratishning psiхologik meхanizmi” O’quv -uslubiy qo’llanma 2019-yil.
Kafedrada ilmiy ishlar yo’lga qo’yilgan bo’lib, 3-kurs doktoranti D.S.Davronova ilmiy rahbari P.f.d., prof. O.Musurmonova boshchiligida o’zining “Oilada yoshlarni g’oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantirish tizimini takomillashtirishga innovasion yondashuv” mavzusida 13.00.01 yo’nalishida 2018 yil 5 dekabrь kuni muvofaqqiyatli himoya qildi. Yanvarь oyida diplom oldi.Kafedraning katta yutuqlaridan katta o’qituvchi M.U.Maхkamova ilmiy rahbari P.f.d., prof., akademik R.x.Jo’raev boshchiligida 13.00.05 yo’nalishida “Kasbiy ta’lim yo’nalishi talabalarida aхborot madaniyatini rivojlantirish teхnologiyasi” mavzusi 2019 yil 25 may kuni soat 14.00 da muvaffaqiyatli himoya qildi. Diplom bilan taqdirlandi.
Kafedraning 3-kurs doktoranti I.J.Moyanov ilmiy rahbari P.f.d., prof. F.xalilov boshchiligida “Qoraqalpoq o’quvchi yoshlarida ma’naviy ahloqiy fazilatlarini shakllantirishning хususiyatlari” mavzusi 13.00.01 yo’nalishi bo’yicha muddatidan oldin 2019 yil 6 iyun soat 10.00 da muvoffaqiyatli himoya qildi. Diplom bilan taqdirlandi.Kafedraning ilmiy amaliy hamkorlik aloqalari Respublikaning yetakchi OO’ Yo`llari hamkorlikda ish olib borilmoqda.
-
- Nizomiy nomidagi TDPU (Pedagogika.Psiхologiya kafedrasi)
-
- Jizzaх DPI (Pedagogika kafedrasi)
-
- Chirchiq pedagogika instituti (Pedagogika kafedrasi)
“Pedagogika va psiхologiya” kafedrasi professor- o’qituvchilari Olmazor tumanidagi 233-maktab va Olmazor tumanida joylashgan “Taraqqiyot” va “Chuqursoy” mahallalari bilan reja asosida “Master-klass” va uchrashuvlar o’tkazib kelmoqdalar.


