MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

«O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI

 

Kafedra mudiri:
Shokirov Po‘lat Karimovich.

Telefon: (8371)246-43-22;
E-mail: sh.polatov@tdtu.uz

Kafedra tarixi:

1929-yil 19-iyulda oliy talim tizimida «Jismoniy tarbiya» uquv rejasini kiritish tugrisida xukumat qarori chiqarilishi munosabati bilan uquv dasturlariga uquv fan sifatida kiritildi. Fizkultura fanini uqitish jarayoni 1929 yildan yaьni O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tishkil etilganidan boshlangan edi. 1929 yillari fizkulturadan G.A. Kotsareva, M.I. Zmievskiy, E.A. Putsillolar dars berganlar. Keyinchalik Jismoniy tarbiyani uqitishga etibor kuchaytirildi va butun mamlakatda jismoniy tarbiyani o‘qitishning yagona dasturi yaratildi. Ana shu munosabat bilan 1937 yilda jismoniy tarbiya kafedrasi tashkil topdi. Kafedraning birinchi mudiri M.YA. Konyuxov tayinlandi. 1940-1948 yillar P.F. Zaxarov, 1948-1960 yillarda V.X. SHnurov, 1960-1966 yillarda A.V. Borisov, 1967-1971 yillarda U.M. Koriyokubov, 1971-1981 yillarda E.I. Sokolovskaya, 1981-1989 yillarda R.N. Prozorenko, keyingi yillarda boks bo‘yicha sobiq jaxon chempioni bo‘lgan R. Riskiev, CH. Olimxojaeva, V.V. SHnurov, P.Y. SHaripovlar boshqardilar.1996-2006yillar V.N. Sidorov, 2006-2013 yillar I.G. Toshmatov, 2013-2017 yillar B.R. Djalilov. 2017 yildan boshlab P.K. SHokirov kafedraga mudirlik qilmoqda. 1971 yili Jismoniy tarbiya va sport ishlarini sifatini yaxshilash maksadida kafedra 3ta mustaqil kafedralarga ajratildi. Birinchi jismoniy tarbiya kafedrasini mudiri R.N. Prozorenko, ikkinchi jismoniy tarbiya kafedrasini mudiri E.I. Sokolovskaya  va uchinchi jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri YU.B. Koltunovlar faoliyat olib borganlar. SHu yillarda TashPI sport ko‘rik tanlovlar va musobaqalar natijalari bo‘yicha bir necha yillar Jismoniy tarbiya institutidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab kelgan va kelmoqda. O‘sha yillarda uchala kafedrada 28ta katta o‘qituvchi va 49ta o‘qituvchilar ishlaganlar. Ular orasida xizmat ko‘rsatgan xodimlar sport ustalari, meditsina fanlar nomzodi, dotsent E.E. Palagashvili, K.N. SHabaev, R.G. Pavlova, A.YU. Maxmudov, I. Ismoilov, V. Kolesnichenko, V.I. Kudryakov, etakchi o‘qituchilar V.S. Kureykina, T.F. SHalaginova, N.N. SHabaeva, A.M. Akbarov V.SHtirn. va boshqalar ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirib kelganlar. Kafedra butun tarixi davomida  Jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini yildan yilga  rivojlantirib, tobora ko‘proq talabalar  sport tugaraklariga qatnasha boshladilar. Agar 1930-1940 yillar 5-6 sport seksiyalari ishlagan bo‘lsa xozirgi kunda sportni xamma yo‘nalishlari bo‘yicha seksiyalari faoliyat yuritmoqda. Imkoni boricha talabalarni asosiy qismini yani ko‘pchiligini to‘garaklarda qatnashishlarini taminlashga erishmoqda. Sportni rivojlantirishga bo‘lgan etibor mamlakatimizni mustaqilligidan keyin yanada kuchaytirildi. Yurtimizni istiqlolining birinchi kunlaridan boshlab talaba yoshlarimiz qalbida sportga mexr va xavas uyg‘otish, bu soxadagi barcha yutuqlarning poydevori bo‘lmish bolalar sportini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Oliy o‘quv yurtlari qoshida eng zamonaviy ta’lablarga javob beradigan sport majmualari va inshoatlari barpo etish masalasiga katta e’tibor berilib kelinmoqda. Jumladan-2006 yili TashDTU da bunyod etilgan muxtasham sport inshoati ya’ni suzish xavzasini qurilishi ta’labalarimizni suv sportiga bolgan munosabatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Uch bosqichdan iborat respublikamizda tashkil etilgan “Umid nixollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muxim axamiyatga ega bo‘lmoqda. Universitetimiz ta’labalari tashkil etilayotgan sport musobaqalarida sportni ko‘p turlari bo‘yicha faxirli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. O‘zbekiston va jaxon birinchiliklarida Universitet komandalari qatnashib, imtiyozli o‘rinlarni egallashga muaffaq yuolganlar. Ayniqsa, regbi va basketbol turlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlar salmoqlidir. Masalan regbi bo‘yicha universitet komandasi bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Basketbol komandasi O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda xam faxirli o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelmoqda. Basketbol bo‘yicha erkaklar va ayollar komandalari oliy liga O‘zbekiston chempionatida ikkinchi o‘rinni, 2001-yilda erkaklar, 2002-yilda esa ayollar basketbol komandalari O‘zbekiston kubogini qulga kiritganlar. 2002 yili janubiy Koreya bulib utgan 14-Osiyo uyinlarida Toshkent davlat texnika universitetining basketbol komandasi aьzolari Kiselyova YU.va Kushueva N.beshinchi o`rinni egallaganlar.2002-yil Buxoroda o`tkazilgan Universiadada 78 kishi qatnashib 15ta oltin,2ta kumush,17ta bronza medallari soxibi buldilar.1991-2004 yillar davomida kafedra jamosi ikkita xalkaro toifadagi sport ustasi va 24 tasport ustasi tayyorlab chiqardilar. 2010 yili xayriya fondi “Xayot uchun”nomi bilan o`tkazilgan kross musobokasida yaxshi natijalar kursatgan bulsa shu yili ToshDTU ning basketbol komandasi  birinchi o`rinni,valeybol komandasi uchinchi o`rinni egalladi.2012 yili Buxoroda bulib utgan universiadada basketbol va valeybol   komandamiz faxrli birinchi o`rinni egallaganlar.SHuyili turtinchi Osiyo musobokasida katnashibuchinchi o`rinni egalladilar.2013 yili Kirgiziston  Respublikasi ochik musobokalarida valeybol komandamiz uchinchi o`rinni egalladilar.Kafedrada talabalarni jismonan soglom,bakuvvat,aklan tetik barkamol shaxs sifatida tarbiyalash bilan birga ilmiy uslubiy ukuv kullanmalar yaratish ustida xam samarali mexnat kilib kelmokda.

Kafedraning xalqaro aloqalari:

  1. O‘zbekiston Milliy Universitet;
  2. Belorussiya Milliy Universitet;
  3. Toshkent To‘qimachilik va Engil sanoat texnologiyasi instituti;
  4. Toshkent Avtomobil yo‘llar instituti;
  5. Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya instituti;
  6. Toshkent kimyo-texnologiya istituti.
  7. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya  universiteti
  8. Toshkent Davlat Pedagogika instituti
  9. Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari O‘zR FA tarmoq institutlari, akademik litseylar va kollejlar bilan aloqalar va xamkorlik shartnomalari mavjud.

Bakalavriat yo‘nalishi:

5141900 – Jismoniy tarbiya va sport

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  1. Shokirov Po‘lat Karimovich – jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri
  2. Toshtaev Sharof Jumaboevich-katta o‘qituvchi
  3. Xayrislomova Gulsina Mardagalyamovna-katta o‘qituvchi
  4. Mirsharipova Zilola Mirziyatovna-katta o‘qituvchi
  5. Komilova Jamilaxon Erkinovna-katta o‘qituvchi
  6. Xudoyberganov Zokirjon Karimovich-assistent
  7. Abdurazakov Saydullo fayzullaevich -assistent
  8. Zavyazochnikova Margarita Gennadevna-assistent
  9. Raxmonov Nodirbek Raxmon o‘g‘li-assistent

Kafedra olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Xar yili ilmiy ishlar bosmadan chiqariladi, bulardan “Plavanie v Vuze” 05/2014 yil Djalilov B.R. va “Razvitie s i silovix sposobnostey organizma” Aktyuganova N.M, va P.K.SHokirov,2014 yil Respublika Oliy o‘quv yurtlararo ilmiy ishlar to‘plami “Texnika va jismoniy-iqtisodiy fanlar sohalarining muhim masalalari. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Jismoniy tarbiya va sport» fani bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar, tayyorlanib chop etilgan.  Kafedrada yangi zamonaviy usullar orqali darslar o‘tkaziladi, ilmiy yutuqlarni amaliy tajriba mashg‘ulotlarida va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. Keyingi yillar davomida kafderaning professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha o‘quv qo‘llanmalari, amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 20 tadan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytida ko‘plab manbaalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarining elektron versiyalari kiritildi.

Darslik:


O‘quv qo‘llanma

Monografiya

Kafedra mudiri M.G.Toshmatov tomonidan tayyorlangan “Jismoniy tarbiya orqali sportga yo‘naltirish yo‘llari” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti Respublika “Talaba” sport uyushmasi 2012 yilda bosmadan chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Uslubiy qo‘llanmalar:

Har yili kafedraning ilmiy maqolalari ishlab chiqariladi.

  •    2016-2017 yilda jami 67 ta maqolalar chiqarilgan.
  •     2017-2018 yilda jami 60 ta dan oshiq  maqolalar chop etilgan.
  •     2018-2019 yilda jami (xozirgacha) 20ta   maqolalar chop etilgan

SHu bilan birga Valeologiya fani bo‘yicha “Razvitie sil i silovix  sposobnostey  organizma” leksiyasi bosmadan chiqarilgan. SHuningdek, “Osnov zdorovogo obraza jizni studentov” mavzusi bo‘yicha metodik qo‘llanma ilab chiqarilgan hamda talabalarning bo‘sh vaqtida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha mashqlar kompleksi ishlab chiqarildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Vazirligi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti “Basketbol” 2010 yil  va “Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida texnika xavfsizligi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” va yana “ostanovlenie sportivnoy rabota-sposobnosti posle fizicheskix nagruzok” 2002 yil.  Bundan tashqari yil davomida talabalarimiz ishtirokida ko‘plab sport tadbirlari tashkil qilinib,shaxar va respublika bosqich musoboqalarida ishtirok etilib,yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

Respublika miqyosidagi sovrindor va mukofotlarga ega bo‘lgan talabalar “TDTU”futbol jamoasi

Toshkent Davlat Texnika universiteti futbol komandasi 2017 yil May oyida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika bosqichi“Kamolot” kubog`i musobaqasida nufuzli 3-o‘rinni egalladilar.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.