MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

«CHET TILLAR» KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Ganixanova Madina Baxretdinovna
Katta o`qituvchi
Telefon: +998 97 748-28-30
+998 93 518-62-99

Elektron pochta: 

Kafedra tarixi

“Chet tillar” kafedrasi 1931 yilda tashkil etilgan bo‘lib , uning tarkibida dotsent N.Qodirov, dotsent I.Yuldashev va  boshqalar faoliyat olib borishgan.. Kafedraning birinchi mudiri etib I. Yuldashev tayinlangan.1934-1935 yillarda N.Safarov; 1935-1962 yillarda esa M.I. Saganovskiy boshqargan. 1962-1975 yillarga kelib A.I. SHeulova boshqaruvni davom ettirgan. SHu 1962-1975 yillarga qadar rus, o‘zbek va chet tillari  kafedrasi bitta kafedra sifatida faoliyat yuritgan.1975 yildga kelib dotsent N.S.YUsupov boshqara boshlagan, kafedra shtat birligi 1977 yiliga kelib  5 kishiga ko‘paygan. Shu munosabat bilan kafedra ikkiga ajratilgan: “Chet tillar” kafedrasi (nemis, fransuz) tillari va “Ingliz tili” kafedralari tashkil etilgan. A.S. Yusupov “Chet tillari” kafedrasiga, X.X.Xaydarov esa “Ingliz tili” kafedrasiga raxbarlik qilganlar. 1978 yildan 1988 yilga qadar kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.F.Babadjanova ishlagan.  1988 yildan kafedra mudiri sifatida filologiya fanlari nomzodi, professor V.D. Musaeva muvaffaqiyatli ish olib borgan va 1991-1993 yillarga kelib, “CHet tillar” kafedrasi prof. o‘qituvchisi M.B.Niyazova raxbarligiga o‘tdi.1993 yilda universitet rektorining buyrug‘iga asosan “Chet tillar” kafedrasi negizida ikkita kafedra: “Ingliz tili” (kafedri mudiri prof. V.D. Musaeva) va “Chet tillar” kafedrasi (kaf. mudiri dots. X.S.Maqsudova) tashkil etildi.2003 yilda universitet  rektorning buyrug‘iga asosan “CHet tillar” kafedrasi qayta tashkil etildi va kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi X.I. Alimova tayinlandi.2008 yilda Aviatsiya institutining Toshkent Davlat Texnika Universitetiga qo‘shilishi munosabati bilan “2-Chet tillar” kafedrasi tashkil etildi va unga mudir sifatida pedagogika fanlari nomzodi, dots. SH.K. Alixanova tayinlandi.2011-yil sentyabrdan universitet rektorining buyrug‘iga asosan kafedralar birlashtirilib  “Chet tillar” kafedrasi deb yuritildi va kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi X.I. Alimova tayinlandi. 2013-2014 yillar davomida kafedrani f.f.n., dots. N.K.Sobirova boshqardi.2014-yilning sentabr oyida TDTU “CHet tillar” kafedrasi negizida ikki kafedra: “Amaliy ingliz tili” va “Xorijiy tillar” kafedralari tashkil etildi. “Amaliy ingliz tili” kafedrasining mudiri etib katta o‘qituvchi M.B. Ganixanova tayinlandi.2016-yilning avgust oyida  “Amaliy ingliz tili”  va  “Xorijiy tillar” kafedralari birlashib, “Chet tillar” kafedrasi tashkil etildi. “Chet tillar” kafedrasining mudiri etib katta o‘qituvchi M.B. Ganixanova tayinlandi. Xozirgi kunda kafedraning tarkibi  35 nafar professor-o‘qituvchidan iborat. Kafedra a’zolaridan 10 nafari katta o‘qituvchi, 25 nafari o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ishlar:

“Chet tillar” kafedrasida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbik etish bo‘yicha keng ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedra o`qituvchilari dars jarayonida kuyidagi turli interfaol usullarni ko‘llab kelishmokda: Brainstorm, Mind map, Think spell, Learning together, Bumerang, Critical thinking,Jigsaw, Project method, Presentation va boshkalar. Axborot va pedagogik texnologiyalarning ko‘llanishi dars jarayoniga 70-80 % talabalarni jalb qilish imkonini beradi.
Kafedrada doimiy asosda metodik seminarlar o‘tkazilib, ularda dars jarayonlarida ko‘llanilayotgan zamonaviy usullar va lingvistikaning dolzarb masalalari muxokama etib kelinmokda. Kafedrada talabalarni ilmiy tadkikot ishlariga jalb etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2018 o‘kuv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari va magistratura mutaxassisligi talabalarining magistrlik dissertatsiyalarining ingliz tilidagi ximoyalari qisman amalga oshirilmoqda. Universitetda chop etilayotgan respublika miqyosidagi jurnallar bilan kafedraning xamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga o‘qituvchilar ilmiy maqolalarni ushbu jurnallarda chop etib bermoqdalar.
Bundan tashqari Kafedra professor-o‘qituvchilari Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqdalar.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.