MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

GIDRAVLIKA VA GIDROENERGETIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Muhammadiyev Murodulla Muhammadiyevich
Professor, texnika fanlari doktori
Telefon: +998 99 811-39-66
Qabul kunlari:
Dushanba 900-1100
chorshanba 900-1100
 seshanba 400-1600
juma  1400-1600
E-mail: 

Kafedra tarixi:

Kafedra 1929 yili O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti ochilgan paytda birinchilardan bo‘lib, “Gidravlika dvigatellari” kafedrasi professori M.YA. Gromov rahbarligida tashkil topgan. Keyinchalik kafedra “Gidroenergetika qurilmalari va gidromashinalari” deb nomlandi.

1934-1942 yillarda va 1945-1969 yillarda kafedrani professor I.YA. Kaminskiy, 1943-1945 yillarda esa II jahon urushi vaqtida Toshkentga evakuatsiya qilingan Leningrad politexnika institutining “Suv energiyasidan foydalanish” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. A.A. Morozovlar boshqarganlar. 1969-1984 yillarda kafedrada t.f.n., dots. V.I. Semenido va 1984-1996 yillarda esa t.f.n. dots. M.A. Xusanov  rahbarlik qilgan. 1996 yildan boshlab to shu kungacha kafedrani t.f.d., professor M.M. Muhammadiev boshqarib kelmoqda.

1946 yilda “Gidroenergetika qurilmalari” mutaxassisligi yana qayta ochildi va 1951 yildan kafedrada mutaxassislik bo‘yicha muhandislar tayyorlana boshladi. Kafedrada 8 ta ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. SHulardan 3 tasi t.f.d., professorlar va 4 ta t.f.n., dotsentlardir. Kafedrada quyidagi hodimlar ko‘p yillar mobaynida faoliyat ko‘rsatdilar: dots. B.S. Bachelis, dots. O.N. Lyamin, dots. N.N. Omelin, dots. S.V. Novokshonov, dots. N.P. SHevchenko, t.f.d., professor V.A. Orlov, dots. A.A. Volodin, kat. o‘q. E.E. Adamets va boshqalar.Kafedra qoshida kompleks laboratoriya mavjud bo‘lib unda – GESlar, nasos stansiyalar, gidravlika va gidromashinalar kurslari bo‘yicha yiliga 1500dan ziyod talabalarga mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mazkur laboratoriyalarda o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borsa bo‘ladi.Kafedra MDHning yirik loyihalash va ilmiy-tekshirish institutlari, tashkilotlari bilan aloqalarini davom ettirib kelmoqda. O‘quv jarayonida ishlab chiqarishdan va O‘zRFA institutlaridan yirik olimlar jalb etilgan. 1997-2007 yillari «Toshkent GESlar kaskadi»ning bosh muhandisi K.J. Avazov, 2000 yildan O‘zRFA Suv muammolari institutining direktori t.f.d., professor E.J. Maxmudov, Fizika-texnika institutining laboratoriya mudiri, t.f.d., professor R.R. Avezov, “Akademasbob” institutining laboratoriya mudiri, t.f.d., prof. SH.I. Klыchev, «O‘zbekenergo» DAK MDT bosh muhandisi X.R. Kurbanov va t.f.n. K.D. Potaenko (2006 yilgacha) va boshqalar.“Gidroenergetika qurilmalari” mutaxassisligi ochilgandan buyon ToshPI tomonidan 2000 dan ortiq Gidroenergetik muhandislarini etkazib berdi, ular  hozirgi  vaqtda Markaziy Osiyoda va MDH mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.Kafedra MDH mamlakatlarining etakchi  oliygohlari bilan ilmiy-pedagogik  aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Bularga quydagi kafedralarni misol qilsa bo‘ladi: Ulug‘ Pyotr nomidagi SPbPU – kafedra mudiri, prof. V.V. Elistratov, MEI (TU) – kafedra mudiri, prof. M.YU. Tyagunov va boshqalar.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5310100 – Energetika (Gidroenergetika sohasi) ta’lim yo’nalishi  – fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo’lib, u gidroenergetikadan foydalanish, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o’z ichiga oladi.

Magistra­tura mutaxasisligi:

5A310101 – Gidroelektrostansiyalar va qayta tiklanuvchan energiya manbalari magistratura mutaxassisligi – oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish; O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari; gidroelektrostansiyalari  va  qayta  tiklanuvchi  manbalar  (gidroakkumulyasion, gilravlik, quyosh, shamol va boshqa) energoqurilmalarining parametrlarini texnik-iqtisodiy asoslash va loyihalash, modellashtirish; gidroelektrostansiya inshootlari hisoblash, tekshirish va sinash; gidroenergetik ob’ektlarni ishlatish; gidroenergetik qurilmalar diagnostikasi va  ishonchliligini ta’minlash hamda mutahassislikka mos ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot muassasalari; sohaga taalluqli ishlab chiqarish tizimlarida hamda sanoat va boshqa tashkilotlar.

Kafedra tarkibi:

  1. Muhammadiyev Muradulla Muhammadiyevich – texnika fanlari doktori, professor;
  2. Nizamov Odiljon Xaydarovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  3.  Nasrulin Aydar Bulatovich – geografiya fanlari nomzodi, dotsent;
  4. Mukolyants Arsen Artyomovich – dotsent;
  5. Ergasheva Dilbar Kuchkarovna – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  6. Hamdamov Bekmamat – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  7. Paluanov Daniyar Tanirbergenovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  8. Djurayev Kurbon Salihdjanovich – dotsent;
  9. Mamatkulov Dilmurod Abduganiyevich – katta o´qituvchi;
  10. Jurayev Sanjar Rashidovich – katta o´qituvchi;
  11. Gadayev Sodiq Kucharovich – katta o´qituvchi;
  12. Shadibekova Fotima Tulkunovna – assistent
  13. Saidov Farid Samadovich – assistent;
  14.  Karimova Nigora Ergashevna – assistent

Hozirgi vaqtda kafedrada doimiy faoliyat ko’rsatib kelayotgan proffessor-o’qituvchlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy mussasalarning qator olim va mutaxassislari ham o’rundoshlik asosida professor-o’qituvchilik faoliyatini olib borishmoqda. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Klichev Shavkat Isakovich – texnika fanlari doktori., professor;
  2. Glovatskiy Oleg Yakovlevich – texnika fanlari doktori, professor;
  3. Kan Eduard Klimentovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  4. Rustamov Sherzod Rustamovich – PhD., dotsent;
  5. Kenjayev Baxtiyor Orzikulovich – katta o´qituvchi

Ilmiy-tadqiqot ishlar:

Ilmiy-tadqiqot ishlari kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilarining rahbarliklarida olib borilib, uni bajarishga barcha professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, muhandislar va iqtidorli talabalar jalb etilgan.2017 yilida 1ta OT-F3-15 “Gidroakkumulyasion elektrostansiyalarni qo‘llagan holda qaytalanuvchan suv energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy yondashuv va nazariy holatlarni rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyiha va 1ta A-4-24 “Kichik quvvatli gidroakkumulyasion elektr stansiyalarni qo‘llash orqali qayta tiklanuvchi gidravlik energiyadan foydalanishning samarador texnologiyalarini rivojlantirish va ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi bajarilgan.2018 yilda 1ta OT-F3-15 “Gidroakkumulyasion elektrostansiyalarni qo‘llagan holda qaytalanuvchan suv energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy yondashuv va nazariy holatlarni rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihaning davomini bajarish ishlari boshlangan.So‘nggi yillarda kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida 50 ga yaqin ilmiy maqola va ma’ruzalar Respublika va Xalqaro nashrlarda chop etildi.Kafedra a’zolari tomonidan so‘nggi yillarda 11 ta mualliflik guvohnomalari va patentlar olindi. Jumladan:

  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Urishev B.U., Xamdamov U.B. va boshqalar. GAES rejim parametrlarini aniqlash dasturi. №DGU 05155, 23.03.2018.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Urishev B.U. va boshqalar. Kichik quvvatli GAES energo-gidravlik parametrlarini aniqlash dasturi. №DGU 05156, 23.03.2018.
  • Muxammadiev M.M., Djuraev K.S., Juraev S.R., Kulanov J.B., Mamatkulov D.A. Gidroakkumulyasion elektr stantsiya energo-iqtisodiy parametrlarini aniqlash bo’yicha dastur. № DGU 07363, 19.12.2019.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Jurayev S.R. Nasos stantsiya ekspluatasion ko’rsatkichlarini aniqlash dasturi. № DGU 05547, 07.08.2018.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Jurayev S.R. Nasos stantsiya texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash dasturi. № DGU 05377, 06.06.2018.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Gadayev S.K., Xamdamov B., Meyliyev O.R. Energetika va suv xo’jaligi tizimi suv chiqarish va suv olish inshootlarida gidroelektr stantsiyalardan foydalanishni texnik-iqtisodiy asoslash dasturi. №DGU 07364, 19.12.2019
  • Paluanov D.T. Past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminining turg´unligini hisoblash dasturi. 21.01.2021. DGU – 10040
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Gidroelektrostansiyali suv chiqarish inshooti. 18.03.2017. IAP 05378.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S. Unumdorligini oshirish qurilmasi bo‘lgan nasos qurilmasi. 07.04.2017. FAP 01200.
  • Muxammadiyev M.M., Urishev B.U., Jurayev S.R. Suv qabul qilish inshooti. FAP 20130035, 27.03.2013.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Jurayev S.R., Urishev B.U. Gidroakkumulyatsion elektr stansiyasi texnik – iqtisodiy ko´rsatgichlarini aniqlash dasturi. №DGU 02721, 19.03.2013.
  • Muxammadiyev M.M., Urishev B.U., Djurayev K.S., Mamadiyorov E.K., Jurayev S.R., Maxmudov J. Gidrotexnik inshoot zatvori. IAP№20130263, 5.09.2013.
  • Muxammadiyev M.M., Djurayev K.S., Jurayev S.R. Gidroenergetik qurilma asosiy parametrlarini aniqlash dasturi. DGU№02722, 19.03.2013.
  • Mamatkulov D.A., Azimov R.K., Tashmatov X.K. Suyuqlik yoki gazlarning kontaktsiz ko´chma issiqlik sarf o´zgartgichi. 20.05.2013, № IAP 04719.

2020-2021 o‘quv yili oxirigacha kafedra dotsenti D.T. Paluanov fan doktori (DSc) dissertatsiyasini, hamda dotsent K.S. Djuraev va katta o´qituvchi S.R. Jurayevlar falsafa fanlari doktorligi (PhD) dissertatsiya ishlarini himoya qilishlari ko‘zda tutilgan hamda kafedra katta o‘qituvchisi D.A. Mamatqulov falsafa fanlari doktorligi (PhD) dissertatsiyasi ishlarini himoya qilishlari rejalashtirilgan.

O’quv-uslubiy ishlari:

Kafedrada o´qitiluvchi fanlardan o´quv qo´llanma va darsliklar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. So´nggi yillarda kafedraning professor-o´qituvchilari tomonidan bir qator monografiya, darslik va o´quv qo´llanmalar yaratilgan bo´lib, ularning asosiylari quyidagilardir:

Darslik

  • Muxammadiyev M.M, Mamatkulov D.A. Gidroenergetik qurilmalar. – T.:2015.
  • Mukolyans. Gidravlika. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashiryoti, 2016.
  • Nizamov O.X., Maxkamov C.X.  “Gidromashinalar  va    gidroelektrostansiyalar”. К.1; : 2019y.
  • Muxammadiyev M.M, B. Hamdamov va Mamatkulov D.A. Gidroenergetika izlanishlari, geodeziya. T.: 2020
  • Ergasheva D.K., Mukolyans А.А., Nabiyev N.D. “Osnovniye protsessi i apparati ximicheskoy texnologi: gidromexanicheskoy protsessi i apparati”. T.: 2020
  • М.M. Muxammadiev . Gidroenergetika (yo´nalishga kirish).  : 2020

Monografiya

  • М.M. Muxammadiev, B. Urishev. Nasos stantsiyalaridan foydalanishda energiya samarador exnologiyalar. Tashkent, ToshDTU, 2012.
  • Muxammadiev M.M, Urishev B, Mamadiyorov E.K, Djuraev Q.S. Qayta tiklanuvchan energiya manbaalari bazasida kichik quvvatli energetik qurilmalar. – T.: 2015.
  • Ismanjanov A.I., Kl´chev SH.I., Bokoev K.A. Quyosh issiqlik energetik qurilmalarning ikkilamchi konsentratori. Bishkek-2015.
  • Mukolyans A.A va boshqalar. Asinxron dvigatelini asosiy parametrlarini aniqlash usullari. 2017.
  • Muxammadiyev М.M., Urishev B. Gidroakkumulyatson elektr stantsiyalar. – T.: “Fan va texnologiya”, 2018
  • Muxammadiyev М.M., Urishev B. O´zbekiston Respublikasi energiya tizimidagi qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish va jamlash. Тoshkent, “Global – Poligraf – Dizayn”, 2020, 269 b.
  • Paluanov D.T.. “Past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminining xavfsizligi” «Fan va texnologiya», Т.: 2020, 192 b.

O‘quv qo‘llanmalar

  • Muxammadiev M.M. va boshqalar. Gidravlika asoslari va yuvuvchi suyuqliklar. – T.: 2013.
  • MuxammadievM., Nosirov F.J., Nizamov O.X., Xidirov A.A. Ekspluatatsiya gidroenergeticheskix ustanovok (metodicheskie ukazaniya). – T.: TashGTU, 2013.
  • Muxammadiev M.M., Nosirov F.J., Paluanov D.T., Djuraev K.S., Juraev S.R. Gidroenergetik qurilmalarni ishlatish (uslubiy qo‘llanma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Muxammadiev M.M., Nosirov F.J., Paluanov D.T. Gidrotexnika inshootlari (uslubiy qo‘llanma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Muxammadiev M.M., Nosirov F.J., Xolmatov V.A., Paluanov D.T. Gidrotexnicheskie soorujeniya (uchebno-metodicheskoe posobie). – T.: TashGTU, 2013.
  • Shokirov A.A., Mukolyans A.A., Karimov A.A., Paluanov D.T. Gidravlika (metodik ko‘rsatma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Shokirov A.A., Karimov A.A., Mukolyans A.A., Paluanov D.T. Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar (uslubiy qo‘llanma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Mukolyans A.A., Karimov A.A., Shakirov A.A. Yonilg´ining yonishi va qurilmasining nazariy asoslari. (o´quv – uslubiy qo´llanma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Karimov A.A., Shokirov A.A., Mukolyans A.A. Gidravlika asoslari, nasoslar va kompressorlar. – T.: 2013.
  • Karimov A.A., Shakirov A.A., Mukolyans A.A. Gidrogazodinamika, nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar (o´quv – uslubiy  qo´llanma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Mukolyans A.A va boshq. Umumiy va noorganik kimyo bo´yicha asosiy formulalar to´plami (o´quv – uslubiy qo´llanma). – T.: ToshDTU, 2013.
  • Muxammadiev M.M, Nosirov F.J, Urishev B, Djuraev Q.S. Gidroenergetik qurilmalarni  – T.:2015.
  • Nizаmоv О.X. Gidrоelеktrоstаnsiyalаr. O‘quv qo‘llanma. T.: «Vnesh Invest Prom» nаshriyoti, 2014.
  • Nizamov X, Nosirov F.J, Fayziyev X, Alimova L.O. Gidroelektrostansiyalar va nasos  stansiyalarining  gidromexanik  jihozlari. 1-qismi. – T.:2015.
  • Nizamov X, Nosirov F.J, Fayziev X, Alimova L.O. Gidroelektrostansiyalar va nasos  stansiyalarining  gidromexanik  jihozlari. 2-qismi. – T.:2015.
  • Mukolyans A. Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar bo´yicha masalalar to´plami. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashiryoti, 2016.
  • Paluanov D.T.. Gidravlika (elektron o´quv qo´llanma) – T.: 2020

Bundan tashqari kafedrada olib boriluvchi barcha fanlardan tajriba va amaliy ishlari hamda kurs ishlari va loyihalari uchun zaruriy uslubiy ko´rsatmalar tayyorlangan.

Kafedradagi laboratoriya xonalari:

114a- xona: “Gidravlika” laboratoriya xonasi. “Gidravlikа”, “Gidrotexnika inshootlari”, “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari”, ”Gidrogazodinamika” fanlaridan tajriba ishlari bajariladi.

114b- xona:“Gidravlik mashinalar” laboratoriya xonasi. “Gidravlik mashinalar”, “Gidroenergetik qurilmalarni sihlatish”, “GES va gidroturbinalar”, “Nasos va nsos stansiyalari” fanlaridan tajriba ishlari bajariladi.

Fakultet nasos stansiya binosi: Gidravlika va qayta tiklanuvchi manbalar energetic qurilmalari o’quv – ilmiy laboratoriyasi

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.