MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

ELEKTR TEXNIKASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Karimov Raxmatillo Choriyevich
dotsent, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: (ish) +99871-246-03-04;   (mobil) +99899-811-51-38
E-mail: raxmatillo82@mail.ru
Qabul kunlari:
Dushanba     – 1400-1600
Seshanba     – 1300-1500
Chorshanba – 1400-1600
Juma – 1400-1600

Kafedra tarixi:

1934 yilda asos solingan “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasi Toshkent davlat texnika universitetining eng oldin tashkil topgan kafedralaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston fanlar akademiyasini muxbir a’zosi, professor G‘.R.Raximov (1905-1972-yillarda) uning tashkilotchisi va birinchi rahbari bo‘lib, kafedra tashkil etilgan kundan 1972-yilgacha mudirlik faoliyatini olib borgan. Prof. G‘.Raximov vafotidan keyin kafedraga uning nomi berilgan, undan keyin 1972-1994 yillarda prof. Z.I.Ismoilov, 1994-1998 yillarda dots. Z.G‘.Nazirova, 1998-2007 yillarda prof. Y.R.Rashidov, 2007-2008 yillarda kafedraga dots. K.G.Abidov rahbarlik qilgan. 1962-yili atoqli olimlar G‘.R.Raximov, U.A.Arifov, S.V.Starodubiyev, M.Z.Xomudxonov, V.Q.Qobulov boshchiligida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasi bazasida Injener-fizika fakulteti tashkil topdi. 1962-yili “Sanoat elektronikasi”, 1968-yili “Informatsion-o‘lchov texnikasi”, 1986-yili esa “Radiotexnika va radiosistemalar” kafedralari “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasidan ajralib chiqdi. Kafedrada P.F.Xasanov, A.S.Karimov, Z.I.Ismoilov, T.M.Qodirov, Y.R.Rashidov, M.Ibodullayevlar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi va 40 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasi 1960, 1963, 1967, 1971, 1975, 1982, 1995-yillarda o‘tkazilgan “Nochiziqiy zanjirlar va sistemalar nazariyasi va hisoblash usullari” oliygohlararo xalqaro konferensiyalarini tashkilotchisi bo‘lgan. Bu anjumanlar Respublikada fan va texnikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

«Elektrotexnika va kasb ta’limi (energetika)» kafedrasi 2008 yilda “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” va “Energetika sohalari kasb ta’limi” kafedralari asosida tashkil etilgan. Kafedrada 5111000 – «Kasb ta’limi»: elektr energetikasi ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlangan.

«Nazariy va umumiy elektrotexnika» kafedrasi 1942 yilda Sobiq ittifoq fanlar akademiyasi muxbir a’zosi hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi – prof. M.A.Shatelen boshchiligida ochilgan. Shuningdek, kafedraga 1946 yildan 1957 yilgacha dotsent E.D.Treyvish mudirlik qilgan.

1957 yilda kafedra O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, Respublika fanlar akademiyasi muxbir a’zosi – prof. G’ofir Raximovich Raximov boshchilik qilayotgan «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» kafedrasi tarkibiga kiritilgan. Shunda, kafedraga 1961-1968 yillarda dots. A.D.Xmelevskiy, 1968-2002 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi – prof. A.S.Karimov, 2002-2008 yillarda dots. B.A.Abdullayev, 2010-2011 yillarda dots. A.A.Alimov, 2011-2013 yillarda dots. B.A.Abdullayev, 2013-2015 yillarda dots. Sh.E.Begmatovlar mudirlik qilgan.

«Elektr texnikasi» kafedrasi 2016-2017 o‘quv yilidan ikkita «Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar» va «Elektrotexnika va kasb ta’limi (energetika)» kafedralari asosida tashkil etilgan bo’lib, kafedraga 2016-2017 yillarda dots. Q.G’.Abidov, 2017-2018 yillarda dots. B.A.Abdullayev va 2018-2022 yillarda prof. K.G.Abidov mudirlik qilgan. 2022 yildan hozirgi vaqtgacha kafedrani dots. Karimov Raxmatillo Choriyevich boshqarmoqda.

Kafedraning xalqaro aloqalari:

  • Moskva davlat universiteti (Rossiya)
  • SNITI (Rossiya)
  • Moskva po‘lat va qotishmalar instituti (Rossiya)
  • Sankt Peterburg politexnika instituti (Rossiya)
  • ITI “Radiotexnika i elektronika” (Rossiya)
  • Myunster universiteti (Germaniya)
  • Xelsinki universiteti (Finlyandiya)
  • Kvandju fan va texnologiya instituti (Koreya)

Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari, O‘zR FA tarmoq institutlari, akademik liseylar va kollejlar bilan aloqalar va hamkorlik shartnomalari mavjud.

Kontingent:

Hozirda kafedra umum texnik kafedra bo‘lib shu bilan birga kasbiy pedagogika bo‘yicha  mutaxassis tayyorlamaydi.

Talabalarning umumiy soni:

2016-2017 o‘quv yilida ToshDTU bo‘yicha 500 nafardan orti talabalar uchun «Elektrotexnikani nazariy asoslari», «Elektrotexnika va elektronika», «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar»  «Elektrodinamika va radio to‘lqinlar tarqalishio‘qitiladi

Bakalavriat yo‘nalishi:

Magistratura yo‘nalishi:

yo‘q

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Karimov Raxmatillo Choriyevich                    kafedra mudiri, dotsent
  2. Abidov Qudrat G‘ayratovich                            professor,  t.f.d.
  3. Ibodullayev Muxtor Ibodullayevich                professor,  t.f.d.
  4. Abdullayev Baxtiyar Abdullayevich                professor, t.f.n.
  5. Nimatov Samad Jaysanovich                             professor,  f-m.f.d.
  6. Burxonxo‘jayev Abitxo‘ja Murotovich           dotsent,  t.f.n.
  7. Begmatov Shovkat Ernstovich                          dotsent, t.f.n.
  8. Alimov Anvar Akbarovich                                dotsent, t.f.n.
  9. Abduraimov Erkin Xamidovich                        dotsent,  t.f.n.
  10. Nuraliyev Almuxon Kalpakbayevich               dotsent, t.f.n.
  11. Idrisxodjayeva Moxira Ulmasovna                   katta   o‘qituvchi
  12. Xolbutayeva Xoljon Eshniyazovna                  katta   o‘qituvchi
  13. Raxmatullayev Anvar Ismatovich                     katta   o‘qituvchi
  14. Xalmonov Dilshod Xushvaqtovich                   katta   o‘qituvchi
  15. Zaripov Odiljon Olimjonovich                           katta   o‘qituvchi
  16. Maxmadiyev G‘iyosiddin Melimurodovich    katta   o‘qituvchi
  17. Sharipov Asadulla Xamidovi                             katta   o‘qituvchi
  18. Nurmatov Baxtiyor Abduvosikovich               katta   o‘qituvchi
  19. Toirova Nigora Jaxongirovna                            assistent
  20. Do‘stmuxamedova Saidaxon Alisherovna      assistent
  21. Xamudxanova Nargiza Baxodirovna               assistent
  22. Peysenov Moldagali Balgabayevich                assistent
  23. Amirov Temurmalik Anvar o‘g‘li                     assistent

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar:

Kafedra professor – o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini  quyidagi yo‘nalishlarda olib bormoqda:

-Sug‘orish inshootlariga tegishli nasos stansiyalari  elektroenergiyasini maqsadli iste’mol qilish va energosamaradorligini oshirishga olib keluvchi yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish;

-Elektr energetik tizimidagi energiya tejamkor nochiziqli qurilmalar va elementlarning umumlashgan modellarini ishlab chiqish va tahlil qilish;

– Elektromagnitli titratgichlarni tahlil qilish va amalda qo‘llash;

– Nochiziqli elektr zanjirlar (real obyektlarga nisbatan tuzilgan zanjirlar) elementlarining umumlashtirilgan va ko‘p fazali elektr ferromagnitli zanjirlarning matematik modellarini ishlab chiqish.

Kafedrada OT-F2-47 “Elektr zanjirlari va tizimlaridagi nochiziqli elementlarning umumlashtirilgan dinamik modellari va ularni o‘zgartkich texnikasining energiya tejamkor qurilmalari nazariyasida qo‘llanilishi” nomli fundamental loyiha ustida ish olib borilmoqda

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Nazariy elektrotexnika», «Elektrotexnikaning nazariy asoslar», «Elektrotexnika va elektronika», «Elektrinjiniring» fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar,  hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko‘rsatmalar, JN, ON va YaN bosqichlarini o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib chop etilgan.

O‘qitish jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy yetilmoqda, EHM lardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster) zamonaviy pedagogik omillari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda.

Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg‘ulotlarida va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb yetilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fani bo‘yicha Respublika Fan Olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “ZiyoNET ” saytiga ko‘plab manbalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.

KAFEDRANING O‘QUV, ILMIY, USLUBIY TA’MINOTI:

DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR

Uslubiy      ko‘rsatmalar

PATENTLAR

Monografiyalar:

  1. Абидов К.Г., Хашимов А.А. Энергоэффективные способы самозапуска электроприводов насосных станций. –Ташкент.: «Фан ва техналогия», 2012. -176 с.
  2. Абдуллаев Б. «Обобщенные модели пассивных нелинейных элементов электрических цепей и систем». Тошкент-2015, ТГТУ.

3.Abdullayev B., Xolbo‘tayeva X.E.,Idrisxodjayeva M.U. Elektr zanjirlari va tizimlaridagi nochiziqli passiv elementlarining umumlashtirilgan modellari. Monografiya. –Toshkent, TDTU nashriyoti – 2020. 10,75 b.t.

4.Товбаев А.Н.,Ибадуллаев М. Субгарманические колебания в    многофазных электроферромагнитных цепях и системах.Монография. «Азиз китобхон» нашриёти. 2020 й.158 б.

Darsliklar:

1.Alimxodjayev K.T., Abdullayev B.A., Abidov K.G.,Ibodullayev M.I. Elektr texnikaning nazariy asoslari.   1-qism. Darslik.  “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, -Toshkent. 2015. 320 bet.

2.Karimov A.S.,  Ibadullayev M.I., Abdullayev B. Elektrotexnikaning nazariy asoslari.   1-kism.    Darslik. “Fan va texnologiyalar” nashiryoti,Toshkent. 2017, -324 b.

3.Alimxodjayev K.T.,  Abdullayev B.,  Abidov K.G.  Nazariy elektrotexnika.  2-kism. Darslik.  “Fan va texnologiyalar” nashiryoti, Toshkent. 2018, -288 b.

4. Karimov A.S., Ibadullayev M.,  Abidov K.G.Nazariy elektrotexnika. Darslik, III-qism.-T.: 2019, – 223 bet.

Uslubiylar qo‘llanmalar:

  • Abidov K.G., Jo‘raev R, Ernst I.V., Raxmatullaev A.I. Qodirova D.R. «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanining «uch fazali zanjirlar» bo‘limi bo‘yicha hisob-grafik ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma. Toshkent Davlat Texnika universiteti, -Toshkent, 2013 y. 32 bet.
  • Abidov K.G., Jo‘raev R, Ernst I.V., Raxmatullaev A.I. «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanining «Nochiziqli zanjirlar» bo‘limi bo‘yicha  laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma. Toshkent Davlat Texnika universiteti,     -Toshkent, 2014 y. 34 bet.
  • Abidov K.G., Kadыrova D.R. , Tashmuxamedova D.A. Teoreticheskie osnovы elektrotexniki. Metodicheskoe posobie. CHast 1. Tashkent: TashGTU, 2016. -51 s.
  • Abidov K.G., Nimatov S.J., Ernst I.V., Komilov T.S. Elektrodinamika va radioto‘lqinlar tarqalishi fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. Toshkent. ToshDTU,2016.-100 b.
  •  Abidov K.G., Nimatov S.J., Ernst I.V., Komilov T.S. Metodicheskie ukazaniya po vыpolneniyu laboratornыx rabot po predmetu «Elektrodinamika i rasprostronenie radiovln». Tashkent. TashGTU, 2016. -68 s.

O‘quv  qo‘llanmalar:

  1. Ibadullayev M.I., Abidov Q.G‘., Maxmadiyev G.M., Zaripov O.O. Nazariy elektrotexnika.(O‘quv qo‘ullanma). 2020 y.

2 Ibadullayev M., Tovbayev A., Yesenbekov A. Nazariy elektrotexnika 1-  qism. (Masala va mashqlar to‘plami) o‘quv qo‘ullanma. «O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot-matbaa birlashmasi.- Toshkent.2020.328 bet.

Uslubiylar qo‘llanmalar:

1. Abidov K.G., Jo‘rayev R, Ernst I.V.,  Raxmatullayev A.I. Qodirova D.R. «Elektrotexnikaning nazariy asoslari»   fanining «uch fazali zanjirlar» bo‘limi bo‘yicha hisob-grafik ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma. Toshkent davlat texnika universiteti, -Toshkent, 2013 y. 32 bet.

2. Abidov K.G., Jo‘rayev R, Ernst I.V.,  Raxmatullayev A.I. «Elektrotexnikaning nazariy asoslari»   fanining «Nochiziqli zanjirlar» bo‘limi bo‘yicha  laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma. Toshkent davlat texnika universiteti.  -Toshkent, 2014 y. 34 bet.

3. Абидов К.Г., Кадырова Д.Р. , Ташмухамедова Д.А. Теоретические основы электротехники. Методическое пособие. Част 1. Ташкент: ТашГТУ, 2016. -51 с.

4. Abidov K.G., Nimatov S.J., Ernst I.V., Komilov T.S. Elektrodinamika va radioto‘lqinlar tarqalishi fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. Toshkent. ToshDTU, 2016.-100 b.

5. Абидов К.Г., Ниматов С.Ж., Эрнст И.В., Комилов Т.С. Методические указания по выполнению лабораторных работ по предмету «Электродинамика и распростронение радиовлн». Ташкент. ТашГТУ, 2016. -68 с

Ma’ruza matnlari:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Nazariy elektrotexnika”, «Elektrodinamika va radioto‘lqinlar tarqalishi»,«Elektrotexnika va elektronika», «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar» fanidan ma’ruza matnlarining elektron va qog‘ozdagi variantlari mavjud. Elektron variant “ZiyoNET” tarmog‘iga ham joylashtirilgan.
O‘quv va laborato­riya xonalari to‘g‘ri­sida qisqacha ma’lu­mot:

Kafedrada 7 ta o‘quv laboratoriya xonasi va 2 ta ilmiy-tadqiqot xonasi mavjud. Laboratoriya jihozlari ishchi holatda. Yangi laboratoriya jihozlariga buyurtma berilgan.

Kafedra manzili: Toshkent sh. Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2 uy.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.