MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

ELEKTR MEXANIKASI VA ELEKTR TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Tulyaganov Murot Muslimovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon:+998 97 7030580
E-mail: 

Kafedra tarixi:

2019 yilda Toshkent Davlat texnika universitetining Energetika fakulьteti qoshidagi «Elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasiga (avvalgi nomi «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasiga) 86 yil to‘ldi. Ushbu davr ichida kafedra O‘zbekiston respublikasi, MDX va boshqa davlatlari xalq xo‘jaliklarining turli tarmoqlari uchun nihoyatda zarur bo‘lgan minglab muhandis-elektromexanik kadrlarni tayyorlab berdi. Kafedra tayyorlagan mutaxassislarni bugungi kunda respublikaning eng yirik ishlab chiqarish korxonalari bo‘lmish – OAJ «O‘zbek metallurgiya kombinati», OAJ «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati», OAJ «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» va boshqa mulkchilik turlari har xil bo‘lgan yuzlab korxonalarida respublika uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Bundan tashqari kafedra tayyorlagan mutaxassislar loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarida munosib xizmat q ilmoqdalar. Ularning orasida o‘z sohasining yirik mutaxassislari, sanoat korxonalarining rahbarlari va yirik olimlar bor. 86 yil mobaynida kafedraning rivojlanishida, o‘quv jarayonini tashkil qilishda va takomillashtirishda, kafedraning o‘quv-ilmiy bazasini mustahkamlashda va malakali mutaxassislarni tayyorlashda kafedrada uzoq yillar mehnat qilgan muhtaram ustozlar: professorlar T.P. Gubenko, M.Z. Homudxonov, V.L. Anximyuk, H.G‘. Karimov, N.H. Bozorov; dotsentlar R.L. Kraevskaya, O.P. Ilьin, E.N. Bedrin, K.V. Sokolovskiy, V.P. SHevyakov, T.J. Ortiqov, A.E. Serov, A.A. Imas, X.S. Minikeev, S.S.  Saidahmedov, A.T. Imomnazarov, M.M. To‘laganov, A.O‘. Mirisaev, N.S. Savriddinov, SH.B. Umarov; katta o‘qituvchilar: Z.N. SHermuxamedova, M.M. Mirsaidov, M.M. Mirhaydarov, A.O. Po‘latov, V.V.ssыpkina, Kupriyanova A.S.; assistentlar: D.A. Ishanova, G.A. Agzamova, I.A.Abdullabekov, X.T. Kamilov, Isamuxamedov D.N., Dusmatov R.K; muhandis-texnik xodimlardan Fayzullaev B.X va boshqalarning hissalari kattadir.«Elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar» kafedrasi avval 1933 yili O‘rta osiyo politexnika institutining energetika fakulьteti qoshida «Elektryuritma, umumsanoat qurilmalari va texnologik majmualarni avtomatlashtirish» nomi bilan faoliyatini boshlagan edi.1978 yilga kelib kafedra «Elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish (EYU va SQA)» nomi bilan atala boshladi. 2005 yilda esa «EYU va SQA» kafedrasi negizida bugungi kunda ToshDTUning etakchi kafedralaridan biri bo‘lmish «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasi tashkil etilgan.Bu kafedrada bakalavriaturaning «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yunalishi va magistraturaning «Elektr texnik majmualar va tizimlar» mutaxassisliglari bo‘yicha ta’lim berish va kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladi.

Kafedrada 22 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan tarkib mexnat qiladi, shundan 2-ta professor, 2-ta texnika fanlari doktorlari, 3-ta fanlar nomzodi, dotsentlar, 9-ta katta o‘qituvchilar, 8-ta assistent va 3-ta O‘zbekenergo Ilmiy – texnika markazi va sanoat korxonalaridan etakchi mutaxassislar.

Talabalar amaliyoti «Uzbekenergo» AK, «NGMK» AJ,  «Andijankabelь», «AGMK» AJ, «Rotor», APO «Uzmetkombinat»  AIB singari va boshqa O‘zbekiston Respublikasining etakchi korxonalarida o‘tkaziladi. Kafedra va ilmiy tashkilotlarning etakchi olimlariga biriktirilgan iqtidorli talabalarni tayyorlashga katta e’tibor beriladi.Kafedra zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar xamda tegishli laboratoriya bazasi bilan ta’minlangan. Kurs loyixalari va talabalarning bitiruv ishlari mavzulari sanoat korxonalari va akademik institutlarining muammolari bilan uzviy bog‘liq. Kafedra Evropa (Germaniya, Gretsiya va boshq.), Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa chet davlatlarining universitetlari bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.Kafedra malakali kadrlarni tayyorlash xamda ilmiy va o‘quv-metodik ishlarda O‘zbekiston viloyatlarining OTMlariga munosib qo‘mak ko‘rsatadi. Kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari (prof. O.O. Hoshimov rahbarligida) «Oliy ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi Milliy dastur» asosida energetika sohasidagi oliy ta’lim tizimidagi «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar» bakalavriat yo‘nalishi va «Elektr yuritma va sanoat qurilmalari va texnologik majmularini avtomatlashtirish», «Elektrotexnik majmualar va tizimlar», «Energiya tejamkorlik va energetik audit» va «Energiya tejamkorlik (sohalar bщyicha)» magistratura mutaxassisliklarining o‘qish rejalarini, mutaxassislik fanlaridan o‘quv dasturlarini tuzishda,  me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda va amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etdilar. Kafedrada «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar» bakalavriat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha «Elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish»,  «Elektrotermik qurilmalarni avtomatik boshqarish», «Kabel va elektrizolyasiyasi texnikasi» va «Elektromexanika» oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Darslar o‘zbek va rus tilida o‘tkaziladi.

Kontingent:

Talabalarning umumiy soni: 444

Bakalavriat:  422

Magistratura:  22

Bakalavriat yo‘nalishi:

  • 5310700 «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)»

Magistratura mutaxassisligi:

  • 5A310704 «Elektr texnik majmualar va tizimlar»
  • 5A310202 «Energiya tejamkorlik» (sanoatda)

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  1. A.A.Xashimov professor, texnika fanlari doktori,
  2. X.B. Sapaev professor, texnika fanlari doktori,
  3. Xamudxanov M.M .fan nomzodi, dotsent
  4. Tulyaganov M.M. fan nomzodi, dotsent
  5. Umarov Sh.B. fanlari nomzodi, dotsent
  6. Xoliqov S.S. dotsent
  7. Sipkina V.V. katta o‘qituvchi
  8. Kupriyanova A.S. katta o‘qituvchi
  9. Abdullabekov I.A. katta o‘qituvchi
  10. Ishanova D.A. katta o‘qituvchi
  11. Mirxaydarov M.M. katta o‘qituvchi
  12. Mirsaidov M.M katta o‘qituvchi
  13. Isamuxamedov D.N. katta o‘qituvchi
  14. Dusmatov R.K. katta o‘qituvchi
  15. Boqijonov U. assistent
  16. Akbarov F.A assistent
  17. Umarov M.M assistent
  18. Ishanxodjaeva N.U assistent
  19. Raxmatov D.D assistent
  20. To‘rabekov O. assistent
  21. Mo‘minov H.A assistent
  22. Atadjiyev Sh. assistent

O‘zbekenergo Ilmiy – texnika markazi va sanoat korxonalaridan etakchi mutaxassislar:

  1. SHavazov A.A.

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

Kafedrada «Elektr texnik majmualar va tizimlar» mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlari olib boriladi . Kafedra olimlari (prof. A. A. Xashimov, dotsentlar Xamudxanov M.M, Tulyaganov M.M., Umarov SH.B., katta o‘qituvchilar Abdullabekov I.A,,ssыpkina V.V. va boshkalar) energiya va resurs tejamkorligi, elektr jixozlarlarning ishonchliligi va chidamliligi muammolarini aniklashga yo‘naltirilgan elektr yuritmalarni avtomatlashtirish, elektr mashinalar xamda elektr izolyasiyasi va kabel texnikasi masalalarini echish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar.

Kafedra olimlari (prof. O.O. Hoshimov rahbarligida) olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishi energiya tejamkor o‘zgaruvchan tok elektryuritmalarini yaratish va sanoat qurilmalarida qo‘llash natijasida energiya samaradorlikka erishishdan iborat. Olingan ilmiy natijalar OAJ «O‘zbek metallurgiya kombinati», Toshkent viloyati Nasoslarni boshqarish boshqarmasi va boshqa korxonalarda joriy etilib, katta iqtisodiy samara bermoqda. SHuningdek, nazariy va metodik ilmiy natijalar Rossiya Federatsiyasi «Elektryuritma» ilmiy-sanoat birlashmasi va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Kafedra olimlari (professorlar M.Z. Homudxonov va O.O. Hoshimov) olgan va asarlarida e’lon qilingan natijalar xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislarining ilmiy asarlarida ham qayd qilingan.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan olingan patentlar:

  • O‘zR Patenti № 4609. Asinxronnыy elektroprivod; Xashimov A.A., Imamnazarov A.T., Sabirov SH.M.
  • RF Patenti № 2069032. Asinxronnыy elektroprivod s ekstremalьnыm upravleniem.; Xashimov A.A., Imamnazarov A.T.
  • O‘zR Patenti № I AP 20120321.  Elektroprivod s chastotnыm upravleniem ; Xashimov A.A., Imamnazarov A.T.
  • Patent № I AP 2001100427. Upravlenie induksionnoy pechi Xoshimov A.O., Pulatov A.O.
  • «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasining a’zolari (prof. Xashimov A.A., katta o‘qituvchilarssыpkina V.V, Kupriyanova A. S.) o‘zlari ishlab chiqqan energiya tejamkor texnologiyalarni 2017y. 11 mayda Toshkent shaxri «EXPO centre»da o‘tkazilgan Innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasida taqdim etishdi.

O‘quv-uslubiy ishlari:

Kafedraning bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining o‘quv rejalarida ko‘zlangan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik materiallari (ma’ruza matnlari va amaliy, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish bo‘yicha metodik materiallar)  professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlagan va tizimli ravishda takomillashtiriladi. Bundan tashqari kafedraning professor-o‘qituvchilari Respublikaning kasb-xunar kollejlari uchun mo‘ljallangan  13 kitob nashr etganlar.

Monografiyalar:

  • Xamudxanov M.M.; Metodы issledovaniya i rascheta energo-resursosberegayuщix rejimov rabotы vodopod’emnыx nasosnыx stansiy; 2013;
  • Xashimov A.A., Imamnazarov A.T., Pulatov A.A. Teplovыe rejimы induksionnыx tigelьnыx pechey. Tashkent: Fan va texnologiyalar, 2013. 116 c.
  • Xashimov A.A. Abidov K.G.; Energoeffektivnыy sposobы samozapuska EP nasosnыx stansii; 2012.
  • Xashimov A.A., Aripov N.M. CHastotno – reguliruemыy asinxronnыy elektroprivod shelkomotaniya. Tashkent: TGTU, 2000. 92 s.
  • Xashimov A.A. Elektromexanicheskie i teplovыe protsessы chastotno – upravlyaemogo asinxronnogo elektroprivoda. Tashkent: Fan, 1997. 104 s.
  • Xashimov A.T. Spetsialьnыe rejimы rabotы chastotno-reguliruemыx asinxronnыx elektroprivodov. Moskva: Energoatomizdat, 1994;
  • Xashimov A.A., Petrushin A.D. «Optimalьnыe rejimы rabotы chastotno-reguliruemыx asinxronnыx elektroprivodov s uchetom teplovыx protsessov», Tashkent: Fan, 1990;
  • Xashimov A.A. «Rejimы rabotы chastotno-reguliruemыx asinxronnыx elektroprivodov», Tashkent: Fan, 1987;
  • Xashimov A.A. «Teplovыe protsessы asinxronnыx dvigateley v sistemax reguliruemogo elektroprivoda», Tashkent: TashPI, 1986.

Darsliklar:

  • A.T. Imomnazarov «Elementы elektromexanicheskix sistem», Toshkent, «Ta’lim», 2009;
  • A.T. Imomnazarov «Elektrooborudovanie promыshlennыx predpriyatiy», Tashkent, «SHARQ» NMAK, 2005;
  • O.O. Xoshimov, A.T. Imomnazarov «Elementы elektromexanicheskix ustroystv i kompleksov», Toshkent,ssentr «O‘AJBNT», 2004;
  • O.O. Xoshimov, A.T. Imomnazarov «Energosberejenie v elektromexanicheskix sistemax», Tashkent,ssentr «O‘AJBNT» 2004.
  • O.O. Xoshimov, Umarov SH.B.  «Andozaviy sanoat mexanizmlarini avtomatlashgan elektr yuritmalari », Tashkent,ssentr «O‘AJBNT» 2016 y.
  • A.T. Imomnazarov  «Elektr texnologiya asoslari », Tashkent,ssentr «O‘AJBNT» 2015y.

Metodik qo‘llanmalar:

  • SH.B. Umarov, M.M. Xamudxanov Sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish uchun energiya samarali texnik vositalari” fanidan laboratoriya ishlari bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar” Toshkent, 2019.
  • M.M. Tulyaganov Metodicheskoe posobie po kursu «Kompьyuternыe issifrovыe texnologii», Tashkent, TaщGTU, 2013;
  • T.D. Artikov, A.U. Mirisaev, B.M. Mamadjanov  Metodicheskoe posobie k vыpolneniyu kursovogo proekta po kursu «Upravlenie elektromexanicheskix sistem i kompleksov», Tashkent, TaщGTU, 2013;
  • A.T. Imomnazarov «Vvedenie v spetsialьnostь», Uchebnoe posobie dlya napravleniya bakalavriata «Elektrotexnika, elektromexanika i elektrotexnologii» Tashkent, «Ta’lim», 2009;
  • T. Imamnazarov, «Obslujivanie i remont elektricheskix ustanovok promыshlennыx predpriyatiy», Tashkent, «Turon iqboli», 2006.
  • T.Imamnazarov, «Elektricheskie ustanovki v promыshlennыx predpriyatiyax i jilыx domax, Toshkent: «Ilm ziyosi», 2006.
  • T.D. Artikov «Elektromexanicheskie sistemы promыshlennыx ustanovok» Tashkent, «Nuron Iqbol», 2005 y.
  • A.A. Hoshimov, A.T. Imomnazarov, Osnovы elektroprivoda,. 1 – chastь, Tashkent: TashGTU, 2004,
  • Artыkov T.D., Xashimov A.A., Adыlov N.A., Tulyaganov M.M. «Metodicheskoe posobie k kursovomu proektirovaniyu po kursu «Teoriya elektroprivoda», Tashkent: TashPI, 1991;
  • Xashimov A.A., Adыlov N.A., Zairov I.U. «Robototexnika – novoe nauchno-texnicheskoe napravlenie», Tashkent: TashPI, 1990;
  • T. Imamnazarov, «Elektrooboruvanie neftegazovoy promыshlennosti», Tashkent, «Cho`lpon», 2007.
  • Xoshimov A. A., Mirsaidov M. M., «Elektricheskix montaj promыshlennыx ustanovok», 2007.

Ma’ruza matnlari:

Kafedrada yo‘nalishi va mutaxassisligining o‘quv rejalarida ko‘zlangan barcha fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlarning elektron va qog‘ozdagi nusxalari  mavjud.

Moddiy texnikaviy baza:

Kafedrada 6-ta o‘quv va 2-ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari mavjud. Auditoriya va laboratoriyalar o‘quv rejalariga muvofiq jixozlangan

Kafedraning o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, shu jumladan Evropa Xamjamiyatining TEMPUS TACIS dasturi doirasida tashkil etilan laboratoriya, zamonaviy elektr jixozlar, qurilmalari va uskunalari bilan jixozlangan.

Adres: 100095, Toshkent sh., Universitet kuch., 2-uy;

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.