MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

ELEKTR MASHINALARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Toirov Olimjon Zuvurovich
Texnika fanlari doktori, dotsent

Telefon: +998 71 246-53-26
Qo’l telefoni: +998 93 591-16-11

E-mail: olimjontoirov@gmail.com
Qabul kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, juma – 1400-1600

Kafedra tarixi.
«Elektr mashinalari» kafedrasi 1933 yilda tashkil etilgan. Kafedra O’rta Osiyo industrial institutining “Umumiy elektrotexnika” kafedrasining bo’linishidan hosil bo’lgan. Kafedraning birinchi mudiri professor  G.F. Grushkin bo’lgan. Kafedraning birinchi o’qituvchilari: dotsentlar I.N. Oranskiy va K.I. Evtuxov.”Elektr mashinalari” kafedrasiga turli davrlarda quyidagi olimlar mudirlik qilishgan: professor G.F. Grushkin (1933-1942 y.), professor Piotrovsky L.M. (1942-1944 y.), dotsent Merkin G.B. (1944-1945 y.), dotsent P.K. Karcev (1945-1946 y.), professor Postnikov I.M. (1946-1950 y.), dotsent Ostapchuk B.V. (1950-1967 y.), professor M.G. Axmatov (1967-1979 y.), dotsent H.M. Asimov (1980-1983, 1985 va 1991 y.), dotsent Odilov G. (1983-1985, 1991-1993,1999-2000 y.), professor Bozorov N.X. (1993-1999 y.), dotsent Pirmatov N.B. (2001-2005 y.), professor A.A. Hoshimov (2005-2010 y.), dotsent Mirisaev A.O’ (2011- 2012 y.), dotsent Axmedov O.Sh. (2012 y.), professor Pirmatov N.B. (2013-2018y), Toshev Sh.E. 2018 yildan boshlab mudirlik qilib kelmoqda.

Hozirda kafedra 5310700-Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexno-logiyalar yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 2000/2001 o’quv yilidan boshlab 5A310701- Elektromexanika, 5A310702-Elektr izolyatsiya va kabel texnikasi va 5A310403-Pilotaj-navigatsiya tizimlari va aviatsiya tizimlaridan texnik foydalanish magistratura mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlamoqda.         Bu yo’nalish va mutaxassisliklarning bitiruvchilari butun respublikadagi elektr stantsiyalari va energotuzatish, remont korxonalarida, elektr mashinalarini loyihalash, ishlatish hamda loyihalash-konstruktiv va ilmiy-tadqiqot institutlarida, shuningdek, elektr mashinasozligi va elektr apparatosozligi korxonalarida faoliyat ko’rsatadilar.Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari, hamda O‘zR FA institutlarining bir qator yetakchi olim va mutaxassislari ham o‘rundoshlik asosida kafedra qoshida professor-o‘qituvchilik faoliyatini olib borishmoqda. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Xoliqov A.A. – t.f.d., professor, Toshkent temir yol muxandislar instituti “Radio aloqa” kafedrasi mudiri.
  2. Abduraxmonov U. – t.f.d., professor, O‘zbekiston Milliy universiteti “Fizika” kafedrasi professori.
  3. Ishnazarov O. – t.f.d., professor, “O’zbekenergo” AJ “Ilmiy – texnika” markazi direktor o’rinbosari.

Kafedraning xalqaro aloqalari:

  • Moskva energetika instituti;
  • Germaniya Gannover universiteti;
  • Berlin texnika universiteti;
  • Toshkent temir-yo‘l muxandislar instituti;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti;
  • Farg‘ona politexnika instituti;
  • Qarshi muxandislik – iqtisodiyot instituti;
  • Navoiy konchilik instituti;
  • Andijon mashinasozlik instituti;
  • Jizzax politexnika instituti;
  • Nukus davlat universiteti;
  • Buxoro muxandislik instituti.

Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari, O‘zR FA tarmoq institutlari, akademik litseylar va kollejlar bilan aloqalar, hamda hamkorlik shartnomalari mavjud.

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5310700-Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalari (elektr mashinasozligida)

Kafedrani magistratura mutaxasisligi:

  • 5A310701- Elektromexanika
  • 5A310702-Elektr izolyatsiya va kabel texnikasi
  • 5A310403-Pilotaj-navigatsiya tizimlari va aviatsiya tizimlaridan texnik foydalanish

Kafedraning professor-o‘qituvchilari:

  1. Toirov Olimjon Zuvurovich, kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent;
  2. Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor;
  3. Alimxodjayev Kаmoliddin Tillaxodjayevich, texnika fanlari doktori, professor;
  4. Bistrov D.V. , texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  5. Mustafakulova Gulzoda Nakabilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  6. Ivanova Vera Pavlovna, PhD, dotsent;
  7. Raksitullaeva Dilfuza Ismoilovna, katta o’qituvchi;
  8. Giyasov Sanjar Mirhamitovich, katta o’qituvchi;
  9. Taniev Mirzohid Xurramovich katta o’qituvchi;
  10. Yakubova Dilfuza Kuanishovna assistent;
  11. Egamov Akmal Mamarasulovich assistent;
  12. Duvlanov Jaloliddin Nigmatulla o’g’li, assistent;
  13. Zubaydullaev Murod Botirovich assistent;
  14. Isakov Farhod, assistent;
  15. Urokov Sardor Erkin o`g`li, assistent.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va kafedrada  quyidagi ITI yo‘nalishi mavjud.

O’zgaruvchan tok elektr mashinalarining statik va dinamik rejimlarini tadqiqoti (Ilmiy rahbar, t.f.d., prof. Pirmatov N.B.)

Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining umumiy tavsifi.

«Elektr mashinalari» kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ustuvor yo`nalishlari:

  1. O’zgaruvchan tok elektr mashinalarining statik va dinamik rejimlarini tahlil qilish. Mas’ul ijrochi: t.f.d., prof. Pirmatov N.B.Ijrochilar: t.f.n. dots. Mustafoqulova G.N., k.o’q. Isamatova D.N., ass.Tuychibayev O.A., ass. Egamov A.M., ass. Taniyev M.X.,  ass. Giyasov S.M., ass. Duvlonov J.N., ass. Yusupov R.A., ass. Isakov F.
  1. Asinxron mashinalarning titrashini tahlil qilish. Mas’ul ijrochi: t.f.d. prof. Alimxodjayev K.T.Ijrochilar: k.o’q. Raksitullaeva D.I., ass. Yakubova D.K., ass.Zubaydullaev M.B.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot  ishlarida 15 ta xodim qatnashadi. Ulardan 2 nafar t.f.d., professor., 1 nafar t.f.n., dotsent; 3 ta katta o‘qituvchilar va 9 ta assistent.

Kafedrada mavjud xo’jalik shartnomasi:

X/SH-12/16 «O’zbek tilida elektr mashinalari, ularni boshqarish va ishga tushirish qurilmalari, ta’mirlash va muqobil energiya manbalari o’quv adabiyotlarini ishlab chiqarish» « Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Alimxodjayev K.T.Kafedra Respublikadagi yetakchi energetika va sanoat korxonalari bilan o‘zaro ilmiy va o‘quv ishlari bo‘yicha yaqin aloqaga ega. Bular qatorida: «Energosozlash», «DavEnergonazorat», «Toshkent Elektr Tarmoqlari», Toshkent va Yangi-Angren IES lari, O‘rta Chirchiq va Toshkent GES kaskadlari, «O‘zbekneftegaz» korxonalari, Navoiy va Olmaliq MK lari, «Bekobod metallurgiya zavodi», «O‘zbekkabel», «Toshelektroshit» qo’shma korxonasi, “O’zelektroset” UK, “Turonelektromontaj” AJ va boshqalar.

«Elektr mashinalari» kafedrasini professor-o‘qituvchilarning ish jarayoni

  1. Kafedradagi lavozimlar 17 ta kishiga taqsimlangan holda tasdiqlangan. Shulardan 2-ta texnika fanlar doktori, 1-ta texnika fanlar nomzodi, 3-ta katta o‘qituvchi va 11-ta assistent dars beradi. Bundan tashqari qo‘shimcha vazifada ishlash uchun ishlab chiqarish korxonalarining yetuk va unvonli xodimlari taklif qilingan;
  2. Kafedrada ochiq darslarni tashkil etish reja asosida amalga oshiriladi va natijalar kafedra majlisida muhokama qilinadi;
  3. Talabalarning davomati va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorati murabbiylar yig‘ilishida (murabbiylar yig‘ilishi bayonnomalari) va kafedra majlisida (bayonnomalar) muhokama qilinadi, hamda natijalarga asosan tegishli choralar ko‘riladi;
  4. O‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha ko‘rsatilgan mustaqil ish soatlari asosida har bir fan uchun mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar tuzilgan, uning nazorati mustaqil ish kalendar rejasi asosida amalga oshiriladi;
  5. Magistr dissertatsiyalarining mavzulari kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha, bitiruv malakaviy ishlar mavzulari esa, ishlab chiqarish korxonalarining masalalarri, hamda ulardagi muammolarini echish bo‘yicha amalga oshiriladi;
  6. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun DAK raislari sifatida «O‘zbekenergo» AJ korxonalarining boshliqlari, hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy darajali olimlari taklif qilingan;

7. Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar «O‘zbekenergo» AJ korxonalari va boshqa davlat sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma yoki xatlari asosida ishga taqsimlanadi.

«Elektr mashinalari» kafedrasini professor-o‘qituvchilarining o‘quv-qo‘llanmalari:

Kafedrada o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash reja asosida amalga oshiriladi va uning bajarilishi quyidagi ko‘rinishda:

  •  M.G. Ahmatov, D.S. Salimov, N.B. Pirmatov O’zgarmas tok mashinalarining tavsiflari. O’zgarmas tok motorlari. Tafsiliy tahlil» (1-qism. O’zgarmas tok generatorlari. 2-qism. O’zgarmas tok motorlari, 1995 y.;
  •  N.H. Bozorov, N.B. Pirmatov “Sinxron mashinalari” (1995);
  •  G. Odilov, N.B.Pirmatov va boshqalar. “Energetikaga oid atamalar va ularning izohlari” (1998);
  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov “Elektr mashinalari» (2005);
  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov «Mutaxassislikka kirish» (2005);
  •  N.B. Pirmatov «Transformatorlarni ishlab chiqarish texnologiyasi» (2006);
  •  N.B.Pirmatov, N.A. Adilov «Aviatsiya elektr mashinalari» (2006);
  •  N.B.Pirmatov «Transformatorlarni ta’mirlash» (2007);
  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov “Transformatorlar va avtotransformatorlar” (2009);
  •  N.B.Pirmatov« Elektr mashinalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi» (2010);
  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov ” Elektr mashinalari» (2011);
  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov, G.N.Mustafoqulova ” Analitik elektomexanika kursi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun didaktik material” (2013);
  •  N.B.Pirmatov, G.N.Mustafoqulova, G.M.Mahmadiev “Asinxron motorlarni loyihalash” (2013);
  •  U.T.Berdiev,  N.B.Pirmatov «Elektromexanika» (2014);
  •  N.B. Pirmatov, O.E. Zaynieva «Elektromexanika asoslari» (2015)

«Elektr mashinalari» kafedrasining ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlari:

  • Kafedra ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar rejalari har bir guruh murabbiylari tomonidan tuzilib, axborot-murabbiy soatlarida bajarilib boriladi.
  • Rejaga asosan mustaqillik bayrami va bilimlar kuni, Unversitetdagi tartib qoida va intizom, axborot-murabbiy soatlarida muhokama qilinadi.
  • Talabalar turar joylarida yashash va darslarga tayyorlanish uchun barcha sharoitlar mavjud, shu jumladan sport zali, kutubxona, dars tayyorlash xonasi, dam olish xonasi, kompyuter xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, maishiy-xizmat xonalari va ma’naviyat xonalari ishlab turibdi.
  •  Darsga muntazam qatmashmayotgan va kech kelayotgan talabalar avvalo guruh majlislarida muhokama etiladi, so‘ngra natijaga qarab kafedra majlisida ko‘rib chiqiladi.

Monografiyalar:

Kafedrada monografiyalarni tayyorlash reja asosida amalga oshiriladi va uning bajarilishi quyidagi ko‘rinishda:

  •  Ахматов М.Г., Пирматов Н.Б. “Анормальные режимы работы синхронных машин двухосного возбуждения”, монография, Ташкент, 2003 г;
  •  Пирматов Н.Б., Салимов Д.С. “Эксперементальные способы определения параметров синхронных машин”, монография, Ташкент, 2013 г.

Darsliklar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan darsliklar holati quyidagicha:

  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov “Elektr mashinalari» (2005);
  •  D.S.Salimov, N.B.Pirmatov ” Elektr mashinalari» (2011);
  •  U.T.Berdiev,  N.B.Pirmatov «Elektromexanika» (2014).

«Elektr mashinalari» kafedrasining moddiy texnik bazasi

Kafedrada 4 ta laboratoriya xonasi va 1 ta ilmiy tadqiqot xonasi mavjud. Laboratoriya xonalarida barcha fanlar bo‘yicha o‘quv rejada rejalashtirilgan laboratoriyalarni to‘liq bajarish imkoniyati mavjud.

Kafedra manzili: Toshkent sh. Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2 uy.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.