ELEKTR ENERGETIKASI FAKULTETI
Dekan | TOSHOV JAVOXIR BURIYEVICH, DSc, professor Telefon +99871 246-03-04, E-mail: toshov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha |
![]() |
Ma’naviy-ma’rifiyishlar bo’yicha dekan o’rinbosari | BEGMULLAEV OTABEK IRISALIEVICH Telefon +99871 246-03-04, E-mail: o.begmullayev@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | PULATOV ABROR OBIDOVICH PhD, доцент Telefon +99871 246-03-04, E-mail: a.pulatov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | DUNGBOYEV SHUHRAT ISMATOVICH Telefon +99871 246-03-04, E-mail: sh.dungboyev@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 13-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | SAITOV ELYOR BAXRIDDINOVICH Telefon +99871 246-03-04, E-mail: e.saitov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 13-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
FAKULTET TARIXI
Energetika fakulteti 1920 – yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil topgan bo`lib, 1923 – yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko’rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.Energetika fakultetining kengayishi va rivojlanishida dekanlar: prof.G.F.Grushkin, A.V.Sorokin, dotsentlar N.I. Toperverx, P.V.Karpenko, M.L.Aronov, X.M.Asimov, professorlar: B.U.Umarov, A.S.Karimov, T.M.Kodirov, K.R.Allaev, O.O.Xoshimov, B.X. Yunusov, A.A. Alimov, T.Sh. Gayibov va boshqalar katta xizmat ko`rsatishgan. 2015 yildan J.B. Toshov fakultet dekani sifatida boshqarib kelmoqda.Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, muxbir-a’zo G.R.Raximov, professorlar: K.R.Allaev, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullaev, dotsent B.X.Yunusov va boshqalarning xissasi katta.80-yillaga kelib mamlakatimiz xalq xujaligi uchun energetik-muhandis mutaxassislarga bo’lgan extiyoj oshishi munosabati bilan 1983-yilda Energetika fakulteti asosida: Elektroenergetika va Sanoat energetikasi fakul’tetlari tashkil etildi. 1993 – yilda esa shu fakultetlar negizida Energetika markazi tashkil etilib, markaz prorektori etib prof. K.R.Allaev tayinlandi.
2005 yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmoyishga asosan qayta tashkil etildi. Hozirda fakultet tarkibi, 6 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 14 ta mutahasislik bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.Institut qoshida DAK “O’zbekenergo” va boshqa yirik korxona tashkilotlar raxbarlari va injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.Energetika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura hamda bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.Fakultetimiz yotoqxonasida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turarjoyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko’rsatadi. U yerda doimo yangi gazeta-jurnallar mavjud. Ma’naviyat xonasida tez-tez turli davra suxbatlari, tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suxbatkfhi o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari yotoqxonada yashayotgan talabalar bilan xyqyq targ’ibot organlari xodimlari va Universitetning raxbariyati bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan akademik X.F.Fozilov energetika soxasining rivojlantirishga qo‘shgan buyuk ilmiy ishlari uchun 1986 yilda SSSR Davlat mukofotiga va 1993 yili O‘zbekiston Respublika akademiyasining Al-Xorazmiy medaliga sazovor bo‘lgan.Energetika fakultetida taxsil olib, shu soxada faoliyat ko‘rsatgan bir gurux olimlar: akademik M.Z.Xamudxonov, professor O.O.Xoshimov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjaev va dotsentlar M.A.Xusanov, K.Muminovlar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 1970 yilda fan va texnika soxasidagi Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan.
Professor A.S.Karimov 1989 yilda “Nazariy elektrotexnika” fanini rivojantirishda va ilmiy kadrlarni tayyorlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berilgan. Professor T.M.Qodirov 2002 yilda yosh kadrlarni tayyorlashda erishgan yutuqlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Professor X.G.Karimov “Oliy ta’lim a’lochisi” va boshqa prof-o‘qituvchilarimiz ilm-fan soxasida va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda erishgan yutuqlar uchun medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.Fakultetimizni bitirgan, yuzlab yuqori malakali mutaxasislar, Respublikamiz yirik korxona va tashkilotlariga raxbarlik qilib kelishmoqda. Jumladan: E.R.Shoismatov DAK “O‘zbekenergo” boshqaruv raisi, DAK “O‘zbekenergo” Boshqaruv Raisi urinbosarlaridan: Teshabaev B.M., Siradjev A.Z., Abdullaev X.N., Raimov P.O., bo‘lim boshliqlari: Usmonova M.A., Nurillaev L. I., Xamidov SH.V., Nurmatov B.C., ToshDTU rektori prof. Q.R.Allaev, Energomarkaz direktori akad. T.X. Nosirov, “Toshshaxarelektrtarmoq” korxonasi direktori M.Ikromov va boshqalar.
BAKALAVR TA’LIM YO'NALIShLARI (KUNDUZGI)
5310100 – Energetika (tarmoqlar bo’yicha) |
5310200 – Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha) |
5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha) |
5312100 – Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi |
5312400 – Muqobil energiya manbalari (turlari bo’yicha) |
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
5A310101-Gidroelektrostansiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari |
5A310104-Sanoat issiqlik energetikasi |
5A310105-Issiqlik texnikasi (issiqlik texnikasining nazariy asoslari) |
5A310201-Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo’yicha) |
5A310202-Energiya tejamkorligi (issiqlik energetikasida) |
5A310203-Elektr stantsiyalari |
5A310204-Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) |
5A310701-Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo’yicha) |
5A310702-Elektr izolyatsiyasi va kabelli texnika |
5A310704-Elektr texnik majmualar va tizimlar (sanoat) |
5A310403-Pilotaj-navigatsiya majmualarining aviatsiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish |
5A312101-Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi |
5A312401-Muqobil energiya manbaalari (turlari bo’yicha ) |
BAKALAVR TA’LIM YO'NALIShLARI (SIRTQI)
5310100 – Energetika (tarmoqlar bo’yicha) |
5310200 – Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha) |