RAQAMLI ELEKTRONIKA VA MIKROELEKTRONIKA KAFEDRASI
Kafedra mudiri
Iliev Xalmurat Midjitovich
Fizika-matematika fanlari doktori, professor
Telefon: +998 93 532-46-45
E-mail:
Kafedra tarixi:
Toshkent davlat texnika universiteti «Raqamli elektronika va mikroelektronika» kafedrasi 1992 yilda «Fizikaviy elektronika» kafedrasi asosida tashkil qilingan. «Fizikaviy elektronika» kafedrasi 1963 yil akademik U.A. Aripovning sayyi harakatlari bilan Toshkent politexnika institutining “Injener fizik” fakultetining tarkibida tashkil qilingan. 1977 yildan 1985 yilgacha O’zR FA akademigi professor Nazar Yuldashevich To’raev shu kafedraga rahbarlik qildi..1985 yildan 2012 yilgacha Nyu-York FA faxriy akademigi, fan va texnologiyalar bo’yicha A.R.Beruniy nomidagi O’zbekiston respublikasi Davlat mukofoti sovrindori fizika – matematika fanlari doktori, professor Baxodirxonov Muxammad Kabir Saidxanovich rahbarlik qildi. 2013 yildan hozirgi vaqtgacha «Raqamli elektronika va mikroelektronika» kafedrasiga f.-m.f.d., professor X.M. Iliev rahbarlik qilib kelmoqda.«Raqamli elektronika va mikroelektronika» kafedrasi Respublika Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarda faol qatnashmoqda. «Raqamli elektronika va mikroelektronika» kafedrasida 28 ta fan nomzodlari va 5 ta fan doktorlari tayyorlandi. Undan tashqari “Elektronika mikroelektronika” kafedrasida tahsil olgan talabalar, hozirgi paytda etakchi mutaxassislar va ilmiy xodimlar respublika xalq xo’jaligining har xil tarmoqlarida korxona rahbarlari sifatida ishlamoqdalar. Kafedrada 17 ta professor- o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda- 4 ta fan doktori, professor, 5 ta fan nomzodi, dostent, 3 ta katta o’qituvchi va 5 ta assistentlar.Kafedrada elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda elektronika va elektron texnikasi (fizikaviy elektronika, sanoat elektronikasi) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Kafedra o’qituvchilari tomonidan bakalavrlar uchun 5310800- Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) yo’nalishi bo’yicha hamda 5A310801- Elektronika va elektron texnikasi (fizikaviy elektronika, sanoat elektronikasi) mutaxassisligi bo’yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, o’qituvchilar tomonidan barcha maxsus fanlar bo’yicha fan dasturlari ishlab chiqilgan.«Raqamli elektronika va mikroelektronika» kafedrasi Respublikamiz uchun yuqori malakali, ilmiy va rahbar kadrlarni tayyorlashda salmoqli hissa qo’shdi. O’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan yaqin aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida kafedrada doimiy ishlab turadigan texnologik liniya tashkil qilingan Bu liniya zamonaviy asboblar va qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, unda respublika xalq xo’jaligi uchun zarur yarim o’tkazgich asboblar va ekologik toza energiya manbalari-buyurtmachilar ehtiyojini qanoatlantiruvchi quyosh batareyalari tayyorlanmoqda.«Raqamli elektronika va mikroelektronika» kafedrasida akademik M.K.Baxodirxonov tomonidan yaratilgan ilmiy maktabda keng ko’lamda ilmiy ishlar olib borilmoqda, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari shaharlarida joylashgan yirik ilmiy markazlar bilan aloqalar o’rnatilgan (Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Olma-ota, Novosibirsk, Boku, Vilnyus, Seul, Tel-Aviv, Nyu-York, O’rumchi va boshq.). Bunda tajribalar almashish, bajarilgan ishlar natijalarini muhokama qilish uchun seminarlar tashkil qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Fizika –Quyosh ishlab chiqarish birlashmasi, Materialshunoslik instituti, Ion-plazma lazer texnologiyalari instituti, «FOTON», Ochiq Akstionerlik-Jamiyati bilan, shuningdek, oliy ta’lim tizimida O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand davlat universiteti , Nukus davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisod instituti va ko’plab boshqa oliy o’quv yurtlari bilan ilmiy va o’quv- metodik aloqalar o’rnatilgan. Xitoy (Fizika-kimyo texnologiyasi instituti), Pokiston, Germaniya, Rossiya (RFA FTI, REI ), Qozoqiston va Avstriya (Yuqori texnologiyalar instituti) mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatilgan.. Raqamli elektronika va mukroelektronika kafedrasida zamonaviy texnologik va o’lchov qurilmalari bilan jihozlangan texnologik uchastka yaratilgan bo’lib, electron sanoatining barcha texnologik operatsiyalarini o’tkazishga, ya’ni u legirlashdan boshlab toki mikroelektron asboblarni yaratishgacha va ular asosida zamonaviy texnologiyalarni sinab ko’rishga imkon beradi. Materiallarning elektrofizik, galvanomagnit, fotoelektrik va optik xossalarini, shuningdek tayyorlangan asboblarning dinamik va statik parametrlarini tadqiq qilish bo’yicha zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan laboratoriya mavjud. Kristallarni qirqish, jilvirlash va ularga sayqal berish, kimyoviy ishlov berish liniyasi uchun quyidagi qurilmalar: «Lada-250», SDO-125/3diffuziya pechi VUP-5, UVR, UVN-75 vakuumli qurilmalar va Oratoriya-9.Bundan tashqari IQ ellipsiometr, IQ-mikroskop va materialning element tarkibini aniqlash uchun “VIMS” qurilmasi mavjud.Kafedraning ilmiy potensiali yetarli darajada yuqori, kafedrada 5 ta fan doktori, 7 ta fan nomzodi, 1 ta doktorant, 3 ta boshlang’ich doktorant, 2 ta mustaqil tadqiqotchi, shuningdek iqtidorli talaba yoshlar-magistrlar va bakalavrlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Raqamli elektronika va mukroelektronika kafedrasida quyidagi ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilmoqda:
- Alternativ energiya manbalarini ishlab chiqish va o’rganish.
- Nanostrukturali kremniy asosida yanada samarador quyosh elementlarini ishlab chiqish va ular asosida har xil quvvatli quyosh batareyalarini yaratish.
- Fizikaviy kattaliklarning ko’p funksionalli datchiklarini ishlab chiqish.
- O’quv asboblari va stendlarini ishlab chiqish va tayyorlash.
- Animatsiyali va multimediyali o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish va yaratish
Raqamli elektronika va mikroelektronika kafedrasida istiqbolli fundamental tadqiqotlar o’tkazilmoqda:
- Kirishma atomlari klasterlariga ega kremniyni olish texnologiyasini ishlab chiqish, ularning elektr, fotoelektr, magnit xossalarini tadqiq qilish va uning asosida har xil electron asboblarni yaratish.
- Yarimo’tkazgichlarda kirishma atomlarining o’zini tashkil qilish mexanizmlarini tadqiq qilish va ularning parametrlarini boshqarish.
- Magnit klasterli kremninyning ferromagnit xolatini shakillanishining fizikaviy asoslarini tadqiq etish.
Professor -o’qituvchilar va katta ilmiy izlanuvchi xodimlar xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida dokladlari, har yili o’tkaziladigan innovatsion yarmorkalarda ilmiy ishlanmalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan bir qator monografiyalar, darsliklar, 15 dan ortiq o’quv qo’llanmalari va 30 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar nashr qilingan.
Kontingent: 400
Talabalarning umumiy soni: 400
Bakalavryat yo’nalishi:
- 5310800 – Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida)
- 5313500 –Yorug’lik texnikasi
Magistratura mutaxassisligi:
- 5A310801 – Elektronika va electron texnikasia (fizikaviy elektronika va sanoat elektronikasi )
- 5A310805 – Yarimo’tkazgichli fotoenergetika
Kafedra bakalvryatini o’qish yo’nalishi. :
- 5310800 Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida)
- 5313500 Yorug’lik texnikasi
Kafedra magistratura mutaxxasisligi:
- 5A310801 – Elektronika va electron texnikasia (fizikaviy elektronika va sanoat elektronikasi )
- 5A310805 – Yarimo’tkazgichli fotoenergetika
Kafedraning professor o’qituvchilar tarkibi:
- Iliev Xolmurat Midjitovich fizika- matematika fanlari doktori, professor. , Baxodirhonov Muhammad Kabir Saidxonovich, O’zRFA akademigi , Baxadыrxanov Muxammed Kabir Saidxanovich, akademik fizika- matematika fanlari doktori, professor
- Zikrillayev Nurulla Fatxullayevich., fizika-matematika fanlari doktori, professor.
- Mavlonov G’iyos Haydarovich, Mavlonov Giyos Xayd fizika- matematika fanlari doktori, professor.
- Ayupov Qutup Sautovich fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent.
- Qurbonova O’g’iloy Xasanovna, fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent .
- Raxmonov Baxrom Raxmonovich , fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent.
- Tachilin Stanislav Anatoleyevich , texnika fanlari nomzodi,dotsent
- Isamov Sobirjon, Boltaevic, fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent.
- Isaev Fazliddin Fayzullaevich, katta o’qituvchi
- Valiev Sirojiddin Abdurasulovich, katta o’qituvchi.
- Koveshnikov Sergey Vladimorovich. katta o’qituvchi
- Umarxodjayeva Zabarjad Nasriddinovna, assistent
- Isakov Bobur Olimjonovich, assit
- G’aniev Abduvohid assit
- O’ralbaev Xurshid. assit
- Sattorov Abdujalol, assitsent.
Kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedrada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy- tadqiqot ishlari bajarilmoqda:
- Kirishma atomlari klasterlariga ega kremniyni olish texnologiyasini ishlab chiqish, ularning elektr, fotoelektr, magnit xossalarini tadqiq qilish va ular asosida har xil elektron asboblarni yaratish.
- Yarimo’tkazgichlarda kirishma atomlarini o’zini tashkil qilish mexanizmini tadqiq etish va ularning parametrlarini boshqari.
- Magnit klasterli kremniyning ferromagnit holatining shakllanishini fizikaviy asoslarini tadqiq qilish.
- Nanovarizon strukturali kremniy asosida keng spektral sezgirlikka (0,1 – 3 mkm) ega bo’lgan tubdan yangi fotoelementlarni ishlab chiqish va tayyorlash.
Kafedrada istiqbolli innovastion ishlar olib borilmoqda:
- Qishloq xo’jaligi maxsulotlarining haroratini masofadan nazorat qilish uchun ko’p kanalli qurilmani ishlab chiqish.
- O’quv asboblari va stendlarini ishlab chiqish va tayyorlash.
- Animastiyali va multimediyali o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish va yaratish.
Kafedrada bajarilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:
O’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, o’quv – uslubiy ko’rsatmalar, barcha fanlar bo’yicha nazoratni o’tkazish uchun test topshiriqlarini tayyorlash va nashr qilish.O’quv jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalar joriy qilinmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv jarayonida quyidagi zamonaviy pedagogik vositalar , ya’ni «aqli hujum», «klaster metodi», «davra suhbati » kabi va boshqalar qo’llanilmoqda.Kafedraning material-texnik bazasini yangilash, ma’ruza va seminar mashғulotlarida ilmiy yutuqlarni joriy qilish kafedra a’zolari tomonidan echiladigan dolzarb masalalar bo’lib hisoblanadi. Kafedra a’zolari iqtidorli talabalarning maqolalariga ilmiy rahbar bo’lib kelmoqdalar. Iqtidorli talabalar tomonidan yakunlangan ilmiy tadqiqotlar natijasi respublika va o’quv yurtlariaro ko’lamdagi ilmiy to’plamlarda va ilmiy anjumanlar materiallarida chop qilinmoqda.Keyingi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi tomonidan bir qator monografiyalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va seminar mashғulotlarini o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalar hamda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilingan. Ziyonet saytiga kafedra a’zolari tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan maqolalar hamda o’quv- uslubiy qo’llanmalarning elektron versiyalari kiritilgan.
Monografiyalar:
- Baxadirxanov M.K., Zikrillaev N.F. «Fizicheskie yavleniya v kremnii v krayne neravnovesnom sostoyanii» (2008)
- Baxadirxanov M.K., Iliev X.M., Tachilin S.A., Ayupov K.S., Sattorov O.E., Mavlonov G.X. «Kremniy s magnitnыmi nanoklasterami» (2014)
- Ayupov K.S., Baxadыrxanov M.K., Iliev X.M., Mavlonov G.X., Tachilin S.A. Upravlenie magnitnыmi svoystvami kremniya s nanoklasterami primesnыx atomov (2017)
Darsliklar:
- Baxadirxanov M.K., Ortikov I.B. «Malыy enstiklopedicheskiy spravochnik po poluprovodnikovыm materialam» (2006)
- Baxadirxanov M.K., Tachilin S.A., Kobыlin G.O.Fizika i texnologiya solnechnыx elementov (2 toma) (2007)
- Iliev X.M., Koveshnikov S.V., Usenko N.Yu. «Alternativnыe istochniki energiii» (2007)
- Baxadirxanov M.K., Iliev X.M., Zikrillaev N.F. «Elektronika fanidagi asosiy tushunchalarning izohi» (2008)
- Baxadirxanov M.K., Tachilin S.A. «Metodы issledovaniya solnechnыx elementov» (2009)
- Baxodirxonov M.K., Qurbonova O‘. H. «Nanoelektronikaning asosiy fizik tushunchalari» (2010)
- Abdurahmanov B.A., Olimov M.X. «Katta quvvatli yarimo‘tkazgichli asboblar» (2011)
- Raxmonov B.R., Tachilin S.A., Usmanov F.A. «Funkstionalnaya elektronika» (2012)
- Baxadыrxanov M.K., Tachilin S.A., Gazizov T.O. «Texnologiya proizvodstva texnicheskogo kremniya» (2012).
- Baxadыrxanov M.K., Tachilin S.A., Ismailov R.R. «Texnologiya proizvodstva polikristallicheskogo kremniya» (2012).
- Baxadirxanov M.K., Tachilin S.A., Zinin P.O. «Texnologiya proizvodstva monokristallicheskogo kremniya» (2012).
- Baxadirxanov M.K., Xodjaev B.A. «Fizicheskie osnovi mikro- i nanoelektroniki» (2014)
- Zikrillaev N.F., Kurbanova U.X., Saitov E.B., Tuxtasinov M.M. «Issledovanie sovremennogo sostoyaniya solnechnoy energetiki i nauchno-texnicheskie osnovы ee razvitiya v Uzbekistane» (2014)
- Baxodirxonov M.K., Iliev X.M., Sattorov O.E., Xolmatov A.A.«Yarimo‘tkazgichlar fizikasiga doir masalalar to‘plami» (2014)
- Baxodirxonov M.K., Iliev X.M., Xolmatov A.A. «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi asoslari » (2014)
- M.K. Baxadirxanov, S.A. Tachilin, Ilxom Nosir Oydin «Fotoenergetika i innovastionnыe napravleniya ispolzovaniya solnechnoy energii» (2018).
Ma’ruza matnlari:
- Maxsus fanlarning barcha kurslari bo’yicha tayyorlangan ma’ruza matnlarining elektron va qoғoz variantlari mavjud.. Elektron versiyalar Ziyonet portaliga kiritilgan.
O’quv va laboratoriya xonalari haqida qisqacha ma’lumotlar:
Ilmiy va o’quv laboratoriyalari , kompyuter sinfi mavjud.Kafedrada kutubxona va ilmiy hamda o’quv ishlanmalarini ko’rgazma xonasi bor.
Kafedra manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 2-uy.