MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH KAFEDRASI

Matyakubova Paraxat Maylievnaning faoliyati

Kafedra mudiri Matyakubova Paraxat Maylievna t.f.d. prof Telefon: +998 71  246-62-11 E-mail: p.matyakubova@tdtu.uz 

Kafedra tarixi: Mustaqillikka erishgunimizga qadar Oʻzbekiston Respublikasida, xususan Oʻrta Osiyoda “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”  mutaxacsisliklari  boʻyicha injener-texnik kadrlar tayyorlanmas edi. Bu sohalar boʻyicha  muhandis-texnik kadrlar sobiq ittifoqning markaziy shaharlari boʻlmish Moskva, Leningrad, Kiyev, Novosibirsklarda joylashgan oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanar edi.  Oʻzbekistonda faqat Butunittifoq malaka oshirish institutining Sharq filiali mavjud boʻlib, institutda muxandis-texnik xodimlarning malakasi oshirilar edi. Bu esa Respublikamizda Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish  mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali milliy kadrlar  tayyorlashda  qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirar edi. Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgach, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga ham katta etibor qaratildi. Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va oʻlchashlar yagonaligini taminlash va mahsulotlarni sertifikatlashtirish boʻyicha milliy tizimlar yaratildi. Bu tizimlarni  yaratishda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori, Oliy majlis tomonidan qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlar muhim rol oʻynadi. Ushbu jarayonda mazkur sohalarda muhandis kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta etibor qaratildi. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi 1992 yil Toshkent davlat texnikasi universiteti rektorining 361-son buyrugʻi bilan Yenergetika markazida “Metrologiya va oʻlchash texnikasi” nomi bilan tashkil qilindi va 2005 yilning sentyabr oyidan “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi deb ataladi. Kafedra respublikada xizmat koʻrsatgan ixtirochi, texnika fanlari doktori, professor Ismatullayev Patxulla Raxmatovich tashabbusi bilan ochilgan boʻlib, uni tashkil qilishda va rivojlanishida texnika fanlari nomzodi, dosent Azamov Abdurahim Azamovich, texnika fanlari doktori, professor Azimov Raxmat Karimovichlar jonbozlik koʻrsatdilar. Hozirgi kunda kafedra “Muxandislik tizimlari” fakulteti tarkibida boʻlib, u yerda oʻquv, oʻquv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda. 1993 yilning 28 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tomonidan imzolangan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash toʻgʻrisida”gi qonunlarning kuchga kirishi kafedraning malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi masuliyatining yana ham oshishiga, professor-oʻqituvchi va xodimlarning esa ushbu masuliyatni toʻla his qilgan holda yangicha ish uslubiga oʻtishlariga sabab boʻldi. Kafedrani ochilishidan 1992 yildan to 2006 yilgacha dos. A.A.Azamov, 2006-2009 yillarda prof. P.R. Ismatullayev rahbarlik qildi. 1.02.2009 yildan 01.03.2010 gacha kafedra mudiri lavozimida dos. A.A.Azamov faoliyat koʻrsatdi hamda 01.04.2010 to 01.09.2011 gacha dos. A.O.Turgʻunboyev. 01.09.2011 yildan 01.09.2012 yilgacha kafedra mudiri lavozimida f.m.f.d., prof.Yegamberdiyev B.Ye. 01.09.2012 yildan 18.02.2013 yilgacha f.m.f.n., dosent Nasriddinov S.S. va 18.02.2013 yildan hozirgi kungacha t.f.d., prof. Matyakubova P.M. ishlab kelmoqda. 2011 yilgacha Kafedrada 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha)” va 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari boʻyicha)” talim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar va 5A521602 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlangan. Kafedra 2 ta professor, 4 ta dosent, 7 ta katta oʻqituvchi, 7 assistentdan iborat. 1992 yildan 2016 yilgacha boʻlgan davr ichida 1000 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanib, ular “Oʻzstandart” agentligi tizimida, uning hududiy boshqarmalarida, SMSITI da, hamda 15 ta korxona bilan koperativ xamkorlik sharnomasi tuzilib va  shartnoma asosida bitiruvchilarimiz shu  korxonalarda, oliy oʻquv yurtlarida, kasb – hunar kollejlarida va liseylarda muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqdalar. Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” joriy qilingunga kadar metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish boʻyicha muhandislar, 1997 yildan boshlab bakalavrlar, 2000 yildan esa magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Kafedrada dastlab 1906 – shifri bilan muxandislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 1996-1999 yillarda jami 44 nafar muxandislar tayyorlangan. 1997 yildan boshlab ikki bosqichda “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” sohalariga 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” shifri bilan bakalavrlar hamda 5A521602 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” shifri bilan magistrlar tayyorlanib kelinmoqda. 2006 yildan boshlab esa 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti” yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlana boshladi. 2011-2012 oʻquv yilidan boshlab takomillashtirilgan davlat standartlari asosida 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar hamda 5A310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” boʻyicha magistrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Shunday qilib 1996-1999 yillarda 44 nafar muxandislar, 1999-2018 yillar moboynida esa 1000 dan ortiq bakalavr va 200 tadan ortiq magistrlar tayyorlandi. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi tashkil etilgandan boshlab oʻz yoʻnalishlari boʻyicha tayanch (bazaviy) kafedra qilib Vazirlik tomonidan belgilab qoʻyilgan. Shuning uchun ham kafedramiz olimlari tomonidan bakalavrlar va magistrlar tayyorlash davlat talim standarti ham ishlab chiqilgan. Joriy oʻquv yilda kafedramiz tomonidan ishlab chiqilgan takomillashtirilgan davlat talim standartlari: 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” bakalavriat yoʻnalishi hamda            5A310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” magistratura mutaxasisligi uchun ishlab chiqildi va oʻquv jarayoniga joriy qilindi. Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzstandart” agentligi qoshida kafedramiz filiali tashkil qilingan va zamonaviy jihozlar bilan taminlangan. Shu bilan birga bakalavrlar va magistrlar tayyorlashda “Oʻzstandart” agentligining boʻlim va laboratoriyalari, hududiy boshqarma va markazlarida hamda “Oʻzstandart” agentligi qoshidagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tadqiqot boʻlimlari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgan. Shuningdek kafedramiz professor-oʻqituvchilari xalqaro konferensiyalarda uzluksiz qatnashib ilmiy-texnikaning yangi yutuqlari bilan tajriba almashish ishlari yoʻlga qoʻyilgan ToshDTU ilmiy boʻlimida har kvartalda chop qilinadigan “VЕSTNIK” va “Texnika yulduzlari” jurnallari hamda respublika va xalqaro anjumanlarda kafedra bakalavr va magistr talabalari oʻz ilmiy ishlarini muntazam ravishda elon qilib borishadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari oʻquv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ilmiy uslubiy ishlar olib borib darslik, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy koʻrsatmalar tayyorlashga katta etibor qaratib kelmoqda. Jumladan, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikat lashtirish”, “Sifat menejment tizimi va uni sertifikatlashtirish” darsliklari, “Texnik jihatdan tartibga solish qonuni va uning sifatni boshqarishdagi oʻrni”, “Metrologiya, standart lashtirish va sertifikatlashtirish”, “Osnovi sistemi menedjmenta kachestva”, “Metrologiya asoslari”, “Yelektro radiooʻlchashlar”, “Yelektroradio izmereniya”, “Osnovi fizicheskix izmereniy”, oʻquv qoʻllanmalari va 20 ga yaqin oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlanib nashr etilgan. Shuningdek kafedramiz professor-oʻqituvchilari oʻz faoliyatlarida kasb hunar kolejlari uchun ham dasturlar, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy koʻrsatmalar chop etish bilan ham shugʻullanib kelmoqdalar. “Yelektr oʻlchashlar va oʻlchash asboblari” “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish”, “Sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirish” oʻquv qoʻllanmalari tayyorlanib nashr etilgan. Kafedra ta’lim yo‘nalishi: Bakalavriat: 5310900 – Metrologiya, Standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha) Magistratura: 5A310902 – Metrologiya, Standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat) Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  • Matyakubova P.M. – t.f.d. professor
  • Ismatullayev P.R. –   t.f.d. professor
  • Azimov R.K. – t.f.d. professor
  • Egamberdiyev B.E. – f.m.f.d. professor
  • Raxmonov A.T. – t.f.d. professor
  • Qodirova SH.A. – t.f.n. dotsent
  • Turg‘unboyev A. – t.f.n. dotsent
  • Eshmurodov D.E. – t.f.n. dotsent
  • Masharipov Sh.M. – PhD. dotsent
  • Usmonova H.A. – PhD. dotsent
  • Ergashev F.A. – PhD. dotsent
  • Boboyev G‘.G‘ – PhD. dotsent
  • Jabborov H.Sh. – PhD. dotsent
  • Magrupova M.T. – dotsent
  • Miraliyeva A.K. – Katta o‘qituvchi
  • Rashidov A.A. – Katta o‘qituvchi
  • Nazarbayeva B.A. – Katta o‘qituvchi
  • Sultonova Y.A. – Katta o‘qituvchi
  • Kenjayeva Z.S. – Katta o‘qituvchi
  • Sheina N.Y. – Katta o‘qituvchi
  • Bekmurodov Ch.A. – Katta o‘qituvchi
  • Fattoyev F.F. – Katta o‘qituvchi
  • Raxmatullayev S.A. – Katta o‘qituvchi
  • Kuluyev R.R. – Katta o‘qituvchi
  • Avezova N.I. – Katta o‘qituvchi
  • Maxmudjonov M.M. – Assistent
  • Umarova N.S. – Assistent
  • Ernazarova Z.X. – Assistent
  • Mirpayziyeva G.M. – Assistent

Kafedraning o‘rindosh o‘qituvchilar

  • Xakimov O.Sh. – t.f.d. professor
  • Abduvaliyev A.A. – t.f.d. professor
  • Qodirov Sh.I. – t.f.n.dotsent
  • To‘rayev Sh.A. – t.f.n.dotsent
  • Abdullayev A.X. – t.f.n.dotsent

Kafedra olib borilayotgan ilmiy –tadqiqod ishlari: Kafedraning ITI mavzulari:

    • don va don mahsulotlari namligini silindirik sig‘imli o‘lchash asbobi (raxbar  – t.f.d. prof. Ismatullaev P.R, ijrochi- Jabborov H. SH.)
    • paxta namligini nazorat qilishda sig‘imli birlamchi o‘zgartkichlar asosidagi usullar va vositalar (raxbar –t.f.d. prof. Matyaqubova P.M., ijrochi-Masharipov Sh.M.);
    • Don va don maxsulotlari sifat ko’rsatgichlari va o’lchash vositalarini takomillashtirish (raxbar –t.f.d. prof. Matyaqubova P.M., ijrochi-Boboyev G’.G’);

Kafedrada shuningdek, quyidagi davlat granti loyixalari bo‘yicha ITI olib borilmoqda:

    • YoF-2-9 har хil mahsulotlar sifatini nazorat qilish uchun mikroprosessor jamlamali birlamchi o’lchov o’zgartkichlarini tuzish va loyihalashning nazariy asoslarini yaratish. Loyiha raxbari – Usmonova H.A.
    • “Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o’rni” nomli o’quv qo’llanmasini nashr etish va  umumteхnik reglamentni amaliyotga joriy etish innovatsion loyihasi amalga oshirildi va “Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o’rni” o’quv qo’llanmasi nashr qilindi. “O’quv jihozlari va anjomlari хavfsizligi to’g’risida”gi umumteхnik teхnik reglamenti amaliyotga joriy qilindi. Loyiha raхbari – Matyakubova P.M.
    • Razrabotka mikroprosessornogo pribora kontrolya temperaturi i vlajnosti razlichniх ob’ektaх na osnove kremneviх datchikov s nanostrukturami. Loyiha raхbari – Egamberdiev B.E

Monografiyalar:

  • Рахманов А.Т. Зондовие параметрические преобразователи информатсии: Монография, Изд. «Узбекистан».-2010.-160 с.
  • ЭгамбЭердиев Б.ЭЭ., Рашидов А.А.. НаноструктурниЭе полупроводниковиЭе тЭерморЭезисторниЭе датчики. Монография. -ТашкЭент. 2013 г. – 160 с.
  • Исматуллаев П.Р.,Усманова Х.А., Тургъунбаев А. Влагометрия хлопка и хлопкових материалов (монография).«Фан ва технология», Ташкент-2017, 288 с.
  • Матякубова П.М., Тураев Ш.А. Метрологическое обеспечение информатсионно-измерителних средств. Монография. Издателство “Фан ва технология” 2019.
  • Матякубова П.М., Арнолд.Ш., Островерхов Д., Тураев Ш.А., Авезова Х.И. Система менеджмента качества в учреждениях висшего образования. Монография. Издателство “Фан ва технология” 2019.
  • Матякубова П.М., Сатторов Д.Н., Исматуллаев П.Р., Тоʼраев Ш.А., Авезова Х.И. Развитие системи менеджмента качества в условиях сифровизатсии экономики. Монография. “Инноватсион ривожлантириш наширёт-матбаа уйи”. 2020й 92 стр. ИСБН 978-9943-6492-1-7.
  • Матякубова П.М., Кулиев Р.Р. Стандартизатсия норм точности. Монография. “Фан ва технологиялар наширёт-матбаа уйи”, 2020й.
  • Матякубова П.М., Каландаров П.И., Газиева Р.Т. Сушка и контрол влажности зерна и зернистих материалов. Монография. Монография рассмотрена и рекомендована к печати Научном Совете Ташкентского института инженеров ирригатсии и механизатсии селского хозяйства от 24 сентября 2020 года. Протокол №2. Протокол № 4 от 24 ноября 2020 года.
  • Матякубова П.М., Арнолд Ш., Островерхов Д., Абдужабборов Н.А., Авазов Г.И. Техническое регулирование, обеспечение качества и безопасности продуктсии. Монография. Т: “Фан ва технологиялар нашриёт-матбаа уйи” 2020. ИСБН 978-9943-6284-7-2.

Darsliklar:

  • Ismatullayev P.R. va boshqalar «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish». Darslik, Toshkent, Uzbekiston. 2001 y.
  • Ismatullayev P.R. va Qodirova Sh.A. Metrologiya asoslari. Toshkent 2013y.
  • Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Axmedov B.M., Xamraqulov G‘.X., To‘rayev Sh.A. Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish. Darslik. “Sano-Standart”, Toshkent. 2014. – 330 b. Ushbu darslik “2015-yilning eng yaxshi darsligi” ko‘rik tanlovida 2 o‘rin olgan.
  • Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Turayev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. “Lesson-Press”, Toshkent. 2015. -423 b.
  • Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Turayev Sh.A. Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish Tashkent 2017. -179 b.
  • Matyakubova P.M., Ismatullayev P.R., Gaziyev G.А., Turayev Sh.А. Stаndаrtlаshtirish аsoslаri. Darslik. “DM NASHR SERVIS” MChJ bosmaxonasi. 2019 y.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.А., Jabborov X.Sh. “Metrologiya asoslari” darslik. “Asian work houser” 2020 y.

O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar:

  • Qodirova Sh.A. «Elektroradio o‘lchashlar» Ma’ruzalar matni TDTU., 1999 y.
  • Перегудов Л.В., Саидов М.Х., Файзиев Р.Р., Исматуллаев Ф.Р., Абидов О.С. Управление качеством и конкурентоспособностю продуксии. Ташкент, 2001.
  • Ахмедов Б.М. Разработка документасии систем менеджмента качества по ИСО 9001:2000. Ўқув курси. -Т.: «Ўзстандарт» агентлиги Республика синов ва сертификатлаштириш маркази, 2004. – 74б.
  • Qodirova Sh.A., Azamov A.A. va boshqalar “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish faniga oid laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” Toshkent TDTU, 2007 y.
  • Ismatullayev P.R., Djumaboyev A.B. “Standartlashtirish” o‘quv qo‘llanma. ToshDTU, 2007. – 151 b.
  • Axmedov B.M., Ismatullayev P.R., Turayev Sh.A. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish asoslari: 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” va 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo‘yicha)” yo‘nalishlari bakalavriat talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. O‘zR OO‘MTV; TDTU. – Toshkent, 2007. -233 B.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A., G‘oziyev G‘.A. “Elektr­o‘lchash asboblarini ta`mirlash va rostlash”. 1-qismi. “Elektr­o‘lchashlar va o‘lchash asboblari”. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Sharq nashriyoti, Toshkent, 2007. 6,2 b.t.
  • Исматуллаев П.Р, Кадирова Ш.А., Газиев Г.А. Электро­радио измерения, Учебное пособие. ТГТУ, 2007. 13,75 п.л.
  • Ismatullayev P.R., Abdullayev A.X. va boshq. Fizikaviy-kimyoviy o‘lchashlar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2007. -180 b.
  • Ismatullayev P.R., Azamov A.A. va boshq. Issiqlik texnikasida o‘lchashlar. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2007. -90 b.
  • Исматуллаев П.Р., Ахмедов Б.М. и др. Основи системи менеджмента качества: Учебное пособие. Ташкент, 2009. – 208 с.
  • Ismatullayev P.R., Kodirova Sh.A. Metrologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti 2012. -304 bet.
  • Исматуллаев П.Р., П.М.Матякубова., Эгамбердиев Б.Э., Х.Махмудов, Г.Г.Бобоев. Поверка и калибровка средств измерений: Методическое пособие для практических занятий. Ташкент 2012, ТашГТУ.
  • Исматуллаев П.Р., П.М.Матякубова., Эгамбердиев Б.Э., Х.Махмудов, Г.Г.Бобоев. Поверка и калибровка средств измерений: Методическое пособие к виполнению лабораторних работ. Ташкент 2012, ТашГТУ.
  • Ismatullayev P.R., P.M.Matyakubova G‘.G‘.Boboyev. “O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar. Toshkent 2012, ToshDTU.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A. “Metrologiya asoslari”, o‘quv qo‘llanma, (kirillda) Tafakkur nashryoti, (lotinda) “Extremum-Press” nashryoti, 2012 y.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A., Umarova N.S. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma. TDTU 2013 y.
  • «Mahsulot sifati nazorati va sinov qurilmalari» fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.-Toshkent, ToshDTU, 2014 . 20 b.
  • Turayev Sh.A., Boboyev G‘.G‘., Bekmurodov Ch.A. “Mahsulot sifat nazorati va sinov qurilmalari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. -Toshkent: ToshDTU, 2014. 122 b.
  • Qodirova Sh.A., Umarova N.S., Axmedov M.Ya. Elektr o‘lchash usullari va asboblari fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma. Toshkent. TDTU. 2014. -96 b.
  • Ismatullayev P.R., Turaev Sh.A., Jabborov X.Sh. Sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirish. Kollej talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. “Ilm ziyo”, Toshkent. 2015.
  • Ismatullayev P.R., Turayev Sh.A., Jabborov X.Sh. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Kollej talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. “Ilm ziyo”, Toshkent. 2015.
  • Ismatullayev P.R., P.M.Matyakubova, Turayev Sh.A. Standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi oʼrni. Oʼquv qoʼllanma. –Toshkent: , 2017.
  • M.Matyakubova, Turg’unboev А., Usmonova X.А., Sheina N.E. Poverka i kalibrovka sredstv izmereniy. Oʼquv qoʼllanma. “Fan va texnologiyalar nashiryot-matbaa uyi”, 2020y.
  • Nazarbayeva B.А. “Oʼlchash asboblarini konstruktsiyalash” oʼquv qoʼllanma. Tafakkur. 2020. 390 bet.
  • Магрупова М.Т., Усманова Х.А. Качества продуксии и управления качества. Учебное пособи 2020.
  • Egamberdiyev B.E., Rashidov А.А., Raxmatullayev S.А., Fattoyev F.F. “Oʼlchash usullari va vositalari” (fizik-kimyoviy oʼlchashlar) fanidan amaliyot va laboratoriya mashgʼulotlarini oʼtkazish uchun oʼquv qoʼllanma. Oʼzbekiston Milliy universiteti “Universitet” nashiryoti. Toshkent 2020 y.
  • Raxmonov А.T., Miraliyeva А.K. “Metrologiya asoslari (Nazariy metrologiya)” oʼquv uslubiy qoʼllanma. 2020.

Kafedradagi laboratoriya xonalari Ajratilgan xonalar – 11 ta,  maydoni – 350 m2 , bevosita o‘quv laboratoriya xonalari –  4 ta, 210 m2

Kafedradagi laboratoriya xonalari Ajratilgan xonalar – 10 ta,  maydoni – 310 m2 , bevosita o’quv laboratoriya xonalari –  3 ta, 170 m2

KAFEDRALAR

Toshkent davlat texnika universiteti «Elektronika va Аvtomatika» fakulteti «Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» kafedrasi moddiy texnika bazasida mavjud zamonaviya laboratoriya jixozlari

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.