MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Abdullaev Maxmudjon Muxamedovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: +998 90 187-01-73
E-mail: 

Kafedra  tarixi:

1986 yili O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib Toshkent politexnika instituti qoshida “Robototexnik va informatsion tizimlar” kafedrasi tashkil topgan.        Kafedraning asoschisi va birinchi kafedra mudiri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor Po‘lat Fattaxovich Xasanov nafaqat respublikamizda balki xalqaro miqyosda tan olingan robototexnika sohasidagi yirik olim bo‘lib, O‘zbekistonda robototexnika soxasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining asoschisidir. 1991 yildan boshlab “Robototexnik sistemalar va komplekslar” mutaxassisligi bo‘yicha kafedrada tahsil olgan muhandislar respublikamiz va boshqa davlatlar ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarida o‘z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.  Professor P.F. Xasanovdan so‘ng G.X. Raxmanova (1995-1997 yy.) va X.N. Nazarov (2001-2005 yy.) kafedraga rahbarlik qilganlar.

Kafedrada 1991 – 2012 yillarda “Robototexnik sistemalar va komplekslar” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yuzlab injener va bakalavrlar hamda “Robototexnik sistemalar va komplekslarni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlandi. Ularning asosiy qismi respublikamizning etakchi sanoat korxonalarini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.  O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2016 yil 2 maydagi “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2524- qaroriga asosan 2016 yil iyunь oyida ToshDTU tarkibida “Mexatronika va robototexnika” kafedrasi yangitdan tashkil qilindi. ToshDTU tarkibida yangitdan tashkil etilgan “Mexatronika va robototexnika” kafedrasini 2016 yildan hozirgi davrgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent Maxmudjon Muxamedovich Abdullaev boshqarib kelmoqda.   Ushbu kafedra negizida  2016-2017 o‘quv yilidan boshlab “Mexatronika va robototexnika” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va mos magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilindi. Hozirgi kunda “Mexatronika va robototexnika” ta’lim yo‘nalishi bakalavriatida 129 ta talaba va magistratura mutaxassisligida 15 ta talaba taxsil olmoqda.Respublika oliy va ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan takomillashtirish jarayonlarida kafedra faol ishtirok etmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari tarkibi 13 kishidan iborat – 2 ta texnika fanlari doktori, professor, 4 ta fan nomzodi, dotsentlar, 2  ta katta o‘qituvchi va 5 ta assistent faoliyat olib bormoqda.Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5312600-Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5A312601-Mexatronika va robototexnika magistratura mutaxassisligi uchun Malaka talablari va O‘quv rejalari ishlab chiqilgan. SHu bilan birga barcha mutaxassislik fanlari bo‘yicha fan dasturlari va ishchi o‘quv dasturlar ham ishlab chiqilgan.“Mexatronika va robototexnika” kafedrasi respublikamiz uchun yuqori malakali, kompetent ilmiy va rahbar kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Kafedra va “Uzeltexsanoat” AK, Artel belgisi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, “Uzelektroapparat elektroщit” AJ, “GM Powertrain O‘zbekistan” AJ va boshqa ishlab chiqarish korxonalari orasida ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va robotlashtirish muammolarini hal qilish, kafedra filialini tashkil etish, ishlab chiqarishdagi etakchi mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini tashkil etish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.2019-2020 o‘quv yilidan boshlab “Uzeltexsanoat” AK tomonidan tajriba sifatida “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3- va 4-bosqichning eng iqtidorli 2 ta talabasi uchun nomdor stipendiyalar ta’sis etilgan. Artel kompaniyasi qoshidagi “Research and Development” tajriba-konstruktorlik  markazi qoshida ochilgan kafedra filialida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab ishlab chiqarishning etuk mutaxassilari tomonidan mos fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.Kafedra bilan yirik ilmiy markazlar – N. Bauman nomidagi MDTU va MDTU STANKIN (Moskva, Rossiya), TATU huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan aloqalar o‘rnatilgan.Kafedra professor-o‘qituvchilari va katta ilmiy xodimlari  turli xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida ma’ruzalari, innovatsion yarmarkalarda ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kontingent: 129 ta bakalavriatura va 15 ta magistratura talabalari

Talabalarning umumiy soni:144

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5312600 – Mexatronika va robototexnika

Kafedraning magistratura mutaxassiligi:

  • 5A312601 – Mexatronika va robototexnika

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tarkibi:

  1. Abdullaev Maxmudjon Muxamedovich – kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent
  2. Nazarov Xayriddin Nuritdinovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent
  3. Alimova Nodira Batirdjanovna – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  4. Sevinova Dildora Usmanovna – assistent
  5. Zayniddinov Boburjon Gofirovich – katta o‘qituvchi
  6. Yusupov Bekmurod Bayotovich – assistent
  7. Abdiyev Rasul Elnazar o‘g‘li – assistent
  8. Raxmatova Samiya Samatovna – kabinet mudiri

O‘rindoshlar:

  1. Kabulov Anvar Vasilovich – texnika fanlari doktori, professor
  2. Tadjiev Xabibulla Xikmatovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent
  3. Raxmanova Elmira Elmurod qizi – assistent
  4. Madaipov Abdulxay Abduraim o‘g‘li – assitent

Kafedra olib  borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

  • Boshqarish tizimlari hamda mexatron va robototexnik tizimlarning ijro modullarining modellarini yaratish va tadqiq etish, ularni tuzilma va parametrik sintezlash usullarini optimallashtirish, boshqaruv algoritmlari, dasturiy va apparat vositalarini ishlab chiqish.
  • Sun’iy intellekt elementlariga ega bo‘lgan mexatron va robototexnik tizimlarni mikrokontrollerli boshqarish qurilmalarini ishlab chiqish va loyihalash.
  • Energiya va resurslar tejamkorligi texnologiyalari asosida mexatron va robototexnik tizimlar uchun ijro modullari va ularni boshqarish tizimlarini yaratish.
  • Manipulyasion robotlar va mexatron modullarni intellektual sinergetik boshqarish tizimlarini tahlil va sintez qilish.

Kafedrada quyidagi mavzuda istiqbolli innovatsion ishlar olib borilmoqda: “Energiya va resurslar tejamkorligi texnologiyalaridan foydalanish asosida mexatron va robototexnik tizimlar uchun ijro modullari va ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqarish va tadqiq etish”.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Barcha fanlar bo‘yicha nazoratlar o‘tkazish uchun test topshiriqlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, ma’ruza matnlari va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan.
  • O‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda.
  • Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Klaster uslubi” kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llamoqdalar.
  • Kafedra moddiy-texnik bazasini yangilash, ilmiy tadqiqot natijalarini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga joriy etish kafedra jamoasi tomonidan hal qilinayotgan dolzarb masalalar hisoblanadi. Kafedra a’zolari iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilmoqdalar.  Iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari  respublika va OTMlar miqyosida tashkillashtirilayotgan ilmiy anjumanlar to‘plamlarida nashr etilmoqda.
  • Kafedrada bir qator monografiyalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan va ularning elektr nushalari Ziyonet saytiga joylashtirilgan.

Monografiyalar:

  1. . Alimova N.B. Modelirovaniye funksionalnix uzlov radiotexnicheskix ustroystv. Monografiya. T.: «O’zkitobsavdonashriyoti», 2020. -112 s.
  2. Kabulov A.V. , E.Urunbayev, I.I.Qalandarov , A.O.Ashurov Metodы sinteza optimalnix korrektorov evristicheskix algoritmov na osnove funksiy k-znachnoy logiki. Monografiya. T.: «Navruz», 2020. -276 s.
  3. 3. Nazarov X.N. Intellektualniye mnogokoordinatniye mexatronniye moduli robototexnicheskix sistem. Monografiya. T.: «Mashxur-Press», 2020. -143 s.

Darsliklar:

  1. .Aripov Kh.K., Аbdullayev А.М., Bustonov Kh.Kh., Тоshmatov Sh.Т. “Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish” darslik. Тoshkent. Т.: Аloqachi, 2017. -396 b.
  2. 2.Aripov Kh.K., Аbdullayev А.М., Maxsudov J.T., Tulyaganov A.A., Тоshmatov Sh.Т. “Elektronika va sxemotexnika” darslik. Тoshkent. Т.: Аloqachi, 2017. -376 b.
  3. 3.Nazarov X.N. Robotlar va robototexnik tizimlar darslik. Тoshkent. Т.: Shafoat Nur Fayz, 2020. -224 b..

Ma’ruza mantlari:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassiligida o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha tayyorlangan ma’ruza matnlarining elektron  variantlari Ziyonet portaliga kiritilgan va qog‘oz variantlari ham mavjud

O‘quv va laboratoriya xonalari haqida qisqacha ma’lumot:

Kafedrada “Mexatronika” va “Robototexnika” o‘quv laboratoriyalari va kompyuter sinfi mavjud. Kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan “Robototexnika” to‘garagida darsdan bo‘sh vaqtda nafaqat kafedra talabalari, balki universitetning  ko‘plab boshqa kafedra talabalari ham “Mexatronika va robototexnika” kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilari va magistrantlari rahbarligida shug‘ullanmoqdalar.

Kafedra manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani Universitet ko‘chasi 2

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.