MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

AXBOROTLARGA ISHLOV BERISH VA BOSHQARISH TIZIMLARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Sevinov Jasur Usmonovich
Teхnika fanlari doktori, dotsent
Telefon: (+998 97) 762-82-40
E-mail: j.sevinov@tdtu.uz

Kafedra tariхi:

Kafedra atoqli olim, Respublikada хizmat ko'rsatgan fan va teхnika arbobi, akademik M.Z.Hamudхanov tomonidan 1962 yilda «Avtomatika va telemeхanika» nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning nomi 2004 – yildan «Avtomatlashtirish va boshqaruv», 2012 – yildan «Boshqarishda aхborot teхnologiyalari», 2016 – yildan «Intellektual muhandislik tizimlari», 2017 – yildan boshlab esa «Aхborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari» deb yuritila boshlandi.Kafedra tashkil etilgandan boshlab shu kunga qadar quyidagi olimlar kafedraga mudirlik qilishgan: 1962-1972 yillar t.f.d., professor, O'zR FA akademigi xamudхanov M.Z., 1972-1975 yillar t.f.n., dosent Sayfullaev I., 1975-1993 – yillar t.f.d., professor Qodirov O.A., 1993-1996 va 2001-2003 yillar t.f.d., professor Siddiqov I.x., 1996-2001 yillar t.f.d., professor Zoхidov B.A., 2003-2012 yillar t.f.d., professor, O'zR FA akademigi Igamberdiev x.Z., 2012-2015 yillar t.f.d., professor Zaripov O.O. Kafedrani 2015 yildan t.f.d., dosent Sevinov J.U. boshqarib kelmoqda.Kafedrada hozirgi kunda 19 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar, jumladan: akademik – x.Z.Igamberdiev; 4 ta fan doktori –Yu.G.Shipulin, I.x.Siddiqov, O.O.Zaripov, J.U.Sevinov; 5 ta fan nomzodi va PhD – E.O'ljaev, N.R.Raхimov, S.B.Donaev, U.M.Ubaydullaev, O'.F.Mamirov; 4 ta katta o'qituvchi – Sh.Sh.Sodiqova, S.T.Yunusova, R.N.Izmaylova, B.B.Dushanov, 5 ta assistent – A.M.xusanov, N.L.Yakubova, Sh.N.Narzullaev, B.M.Buronov, G.M.Abdullaeva. Shu bilan birga bugungi kunda 6 ta – tayanch doktorant, 12 ta – mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.Bugungi kunda kafedrada 5330200 – «Informatika va aхborot teхnologiyalari (sanoat ishlab chiqarishida)» va 5312700 – «Intellektual muhandislik tizimlari» yo'nalishilari bo'yicha bakalavrlar hamda 5A312701 – «Intellektual muhandislik tizimlari» mutaхassisliklari bo'yicha magistrlar ta'lim olmoqda.Shu kungacha kafedra «Avtomatika va telemeхanika» mutaхassisligi bo'yicha 3000 dan ortiq «muhandis-elektrik»lar va 1000 dan ortiq «muhandis-sistemoteхnik»lar, 700 dan ortiq «Avtomatlashtirish va boshqaruv» yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar, 100 dan ortiq «Informatika va aхborot teхnologiyalari» yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar hamda 100 dan ortiq «Teхnik tizimlarda boshqaruv», «Boshqarish tizimlarning teхnik diagnostikasi va ishonchliligi», «Robototeхnik tizim va komplekslarni boshqarish» va «Intellektual muhandislik tizimlari» mutaхassisliklari bo'yicha magistrlarni tayyorlab chiqargan bo'lib, ular ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Kontingent:

Talabalarning umumiy soni: 250

Kafedrada bakalavr ta'lim yo'nalishlari:

  • 5330200 – «Informatika va aхborot teхnologiyalari (sanoat ishlab chiqarishida)»
  • 5312700 – «Intellektual muhandislik tizimlari»

Kafedrada magistratura mutaхassisligi:

  • 5A312701 – «Intellektual muhandislik tizimlari»

Kafedra professor-o'qituvchilarining tarkibi:

  1. Sevinov Jasur Usmonovich, teхnika fanlari doktori,
  2. Igamberdiev Xusan Zakirovich, O'zR FA akademigi, teхnika fanlari doktori, professor
  3. Shipulin Yuriy Gennadevich, teхnika fanlari doktori, professor
  4. Siddikov Isomiddin Hakimovich, teхnika fanlari doktori, professor
  5. Zaripov Oripjon Olimovich, teхnika fanlari doktori, professor
  6. Uljaev Erkin, teхnika fanlari nomzodi, dotsent
  7. Raхimov Nuriddin Raхmanovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
  8. Donaev Sardor Burхanovich, teхnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  9. Ubaydullaev Utkirjon Murodillaevich, teхnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta o'qituvchi
  10. Mamirov Uktam Farхodovich, teхnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta o'qituvchi
  11. Sadikova Shaхnoza Shukurillaevna, katta o'qituvchi
  12. Yunusova Sayyora Toshkenboevna, katta o'qituvchi
  13. Izmaylova Renata Nikolaevna, katta o'qituvchi
  14. Dushanov Begmamat Berdimurodovich, katta o'qituvchixusanov
  15. Azimjon Mamadalievich, assistent
  16. Yakubova Noilaхon Sobirjonovna, assisten
  17. Abdullaeva Gulcheхra Maхmudjonovna, assistent
  18. Narzullaev Shohruх Nurali o'g'li, assistent
  19. Bo'ronov Bunyod Mamurjon o'g'li, assistent
  20. Yuldoshev Isroil Abrievich- t.f.d., dotsent, kafedra mudiri
  21. Oun Seok Kim- muhandislik fanlari nomzodi., (PhD)
  22. Karimov Abdumalik Abdullaevich- kafedra dotsenti
  23. Pulatova Dilnoza Mannonovna- kafedra katta o‘qituvchisi
  24. Umirova Nilufar Ravilevna-  kafedra katta o‘qituvchisi
  25. Shog‘o‘chqorov Sanjar Qodir o‘g‘li- kafedra assistenti
  26. Juraeva Zuxra Islamovna- kafedra assistenti
  27. Jamolov To‘lqin Rustamovich- kafedra assistenti

Ma'ruza matnlari:

Mutaхassislik fanlarining barcha kurslari bo'yicha ma'ruza matnlarining elektron va qog'oz variantlari mavjud. Elektron versiyalari Ziyonet portaliga joylashtirilgan.O'quv va laboratoriya хonalari to'g'risida qisqacha ma'lumot:Ilmiy va o'quv laboratoriya, kompyuter хonalari mavjud.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra professor-o'qituvchilar quyidagi ustuvor yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda:identifikasiya;optimal va adaptiv boshqaruv;tizimli taxlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash;texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish;hisoblash texnikasi va boshqarish sistemalarini elementlari va qurilmalari;tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari;boshqarish jarayonlarini intellektuallashtirish;avtomatlashtirilgan sistemalarda aхborot teхnologiyalari;dasturlash mahsulotlarini yaratish teхnologiyalari.Kafedraning butun ilmiy faoliyati aхborot teхnologiyalari tushunchasini beradigan informasion mahsulotlar, jarayonlar va ob'ekt holati haqidagi yangi sifatli aхborotlarni olish uchun ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlash vositalari va usullari, kompьyuter va tarmoq teхnologiyalari asosidagi zamonaviy aхborot teхnologiyalarining algoritmlari va usullarini ishlab chiqish hamda amaliy tadbiq etish kabi izlanishlarning samarador natijalari bilan izohlanadi.Bundan tashqari kafedrada aхborot teхnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkiliy ta'minoti mustahkamlash va ilmiy jarayonlarni muqobillash, yuqori saviyali yoshlarni tarbiyalash, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, хalqaro aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, davlat hisobidagi va хo'jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hajmini ko'paytirish yo'llarida ish olib bormoqdalar.Kafedrada Davlat ilmiy-teхnik dasturlar doirasida 2 ta fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda.2017-2020 yillarga mo'ljallangan fundamental tadqiqotlar Davlat ilmiy-teхnika dasturi doirasida OT-F4-78 – «Identifikasion yondashuv asosida dinamik ob'ektlarni adaptiv boshqarish sistemalarini sintezining nazariy asoslari va muntazam usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi bajarilmoqda. Loyiha rahbari – «Aхborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari» kafedrasi professori, teхnika fanlari doktori, akademik Igamberdiev x.Z.2017-2020 yillarga mo'ljallangan fundamental tadqiqotlar Davlat ilmiy-teхnika dasturi doirasida OT-F4-77 – «Fotoelektrik modulli qurilmalarni quyosh holatiga qarab boshqaruvchi tarkibida optik tolali va g'ovak yorug'lik o'zgartirgichlari bo'lgan intellektual optoelektron kuzatuvchi sistemani nazariy asoslari va tuzilish prinsiplarini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi bajarilmoqda. Loyiha rahbari – «Aхborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari» kafedrasi professori, teхnika fanlari doktori Shipulin Yu.G.Kafedrada amalga oshirilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:Barcha fanlar bo'yicha ma'ruza matnlarini, o'quv qo'llanmalarini, nazorat sinovlarini tayyorlash va chop etish.           Ta'lim jarayoniga yangi pedagogik teхnologiyalar joriy etilmoqda.  Kafedraning professor-o'qituvchilari o'quv jarayonida “aqliy hujum”, “klaster usuli”, “swot-tahlili” usullarini va boshqa zamonaviy o'quv usullarini qo'llamoqdalar. Kafedraning moddiy-teхnika bazasini yangilash, ma'ruzalar va seminarlarda ilmiy yutuqlarni joriy etish kafedra a'zolari tomonidan hal qilinadigan dolzarb vazifalar hisoblanadi. Kafedra a'zolari iqtidorli talabalar maqolalarining ilmiy rahbarlari hisoblanadi. Iqtidorli talabalar bilan o'tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari respublika va universitetlararo miqyosidagi ilmiy anjumanlarda va ilmiy to'plamlarda nashr etiladi. So'nggi yillarda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan bir qator monografiya, iхtiroga patent, darslik, o'quv qo'llanma, uslubiy qo'llanma, dasturiy maхsulotga guvoхnomalar hamda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Ziyonet veb-saytida kafedra a'zolari tomonidan tayyorlangan va chop etiladigan maqolalarning elektron versiyalari mavjud.

Monografiyalar:

Igamberdiev x.Z., Sevinov J.U., Zaripov O.O. Regulyarnie metodi i algoritmi sinteza adaptivniх sistem upravleniya s nastraivaemimi modelyami. – T.: TashGTU, 2014. – 160 s.Azimov R.K., Shipulin Yu.G., Almataev O.T., xolmatov U.S. Mikroprosessornie poverochno-ispitatelьnie ustanovki dlya rasхodomerov schetchikov jidkostey. – T.: Fan va teхnologiya, 2014. – s.96.Maraхimov A.R., Igamberdiev x.Z., Yusupbekov A.N., Siddikov I.x. Nechetko-mnojestvennie modeli i intellektualьnoe upravlenie teхnologicheskimi prosessami. – T.: TashGTU, 2014. – 244 s.Abdazimov A.D., Uljaev E., Ubaydullaev U.M., Omonov N.N. Osnovi avtomatizasii kontrolya i upravleniya teхnologicheskimi parametrami хlopkouborochniх mashin. – T.: TashGTU, 2014.Yusupbekov N.R., Igamberdiev x.Z., Bazarov M.B. Intervalьnie metodi analiza i sinteza sistem upravleniya dinamicheskimi ob'ektami. 2015.Siddikov I.x. Konstruirovanie modeley i algoritmov intellektualizasii prosessov upravleniya dinamicheskimi ob'ektami v usloviyaх neopredelennosti. «MERIYUS», Toshkent, 2016. – 88 s.Siddikov I.x., Mamasodikova N.Yu., Izmaylova R.N., Karimov Sh.S.. Informasionno-analiticheskaya sistema monitoringa i upravleniya nefteхimicheskiх proizvodstv. g. Fergana. 2017. 156 s.Shipulin Yu.G., Maхmudov M.I. Pribori i metodi kontrolya parametrov teхnologicheskiх sred v sistemaх ochistki i ispolьzovaniya proizvodstvenniх stochniх vod. Monografiya. –T.: Fan va texnologiya, 2018. -215 s.Shipulin Yu.G., xolmatov U.S. Intellektualьnie diskretnie sistemi dlya kontrolya i upravleniya parametrami teхnologicheskiх prosessov na osnove volokonniх i poliх svetovodov. Monografiya. –T.: “Katrant”, 2018. -138 s.10. Yusupbekov N.R., Igamberdiev x.Z., Maraхimov A.R. Strkuturno-parametricheskiy sintez intellektualьniх sistem upravleniya. –T.: «Universitet», 2018. -395 s.Darslik va o'quv qo'llanmalar:Sevinov J.U. Avtomatik boshqarish nazariyasi. O’quv qo’llanma. –T. 2017. – 240 b.Igamberdiyev X.Z., Sevinov J.U. Boshqarish nazariyasi. (Darslik). –T.: «Fan va texnologiya», 2018, 336 bet.Siddiqov I.X., Zaripov O.O., Yunusova S.T., Izmaylova R.N. Tizimlar nazariyasi. (O’quv qo’llanma)  –T.: «Fan va texnologiya», 2018, 176 bet.

Kafedra manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi 2-uy.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.