“O’zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi”

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Markaz direktori
Xaltursunov Erkin Berkinbayevich
Texnika fanlari nomzodi
Tel.: +99871-203-77-00,
E-mail: ujicy.gov@tdtu.uz

Fan va ishlab chiqarish korxonalar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilish bo’yicha direktor muovini
Qadirova Zuxra Chingizovna
Kimyo fanlari nomzodi,Doctor of Engineering,Tokyo Institute Technology Yaponiya
Tel.: +99871 203-77-00
Email:ujicy.gov@tdtu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 sentyabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2602-sonli Qaroriga asosan Markaz maqsadi Respublikamizning yosh olimlari va talabalari jahon amaliyoti va xalqaro andozalarga muvofiq ilmiy tadqiqotlar olib borishning zamonaviy, ilg‘or usul va texnologiyalarini egallashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlari uchun Yaponiya ilmiy va ta’lim muassasalarining olimlari hamda etakchi mutaxassislari ishtirokida yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashdan iborat.

Markazda quyidagi ilmiy izlanish laboratoriyalar faoliyat olib borilmoqda:

«Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasi» laboratoriyasi;- «Kimyo va neftkimyo» laboratoriyasi; «Konchilik ishi va mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash» laboratoriyasi;-«Energetika» laboratoriyasi;

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Yosh mutaxassislar va talabalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ularning ilmiy va texnikaviy g‘oyalarini sanoat namunalari, uskunalar, texnologik jarayonlar va echimlarda mujassamlashtirish;Energiyani yuqori darajada tejash va import o‘rnini bosish vazifasini hal etish xususiyatiga ega bo‘lgan, atrof muhitga minimal ta’sir o‘tkazadigan zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratish;Yosh olimlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishlari uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, ular tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot ishlarining yuqori darajada sifatli bo‘lishini ta’minlash;Mahalliy va xorijiy tashkilotlardan, ilmiy va ta’lim muassasalaridan kelib tushadigan buyurtmalar asosida Markaz faoliyatining tegishli ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma eksperimental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

Konkurs asosida tanlab olingan Respublikamiz yosh olimlari va talabalariga Yaponiya ilmiy va ta’lim muassasalarining olimlari hamda etakchi mutaxassislaritomonidan ma’ruza o‘qishlari, seminar va amaliy darslar olib borishlari orqali mashinasozlik va materialshunoslik, elektronika va nanotexnologiya, energetika va muqobil energiya manbalari, tog‘-kon metallurgiya ishi va tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi, xamda qishloq va suv xo‘jaligi, atrof muhit muhofazasi, iqtisodiy-ekologiya sohalarida tadbiqiy ilmiy izlanishlar olib borish va yuqori texnologiyali innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish;Davlat byudjetining joriy ta’minot uchun ajratiladigan mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida o‘tkaziladigan tadqiqotlardan tushadigan mablag‘lar, shuningdek xalqaro moliya va boshqa tashkilotlarning, chet el hukumat tashkilotlarining grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarasosida yosh olimlarni va talabalarni jalb qilgan holda amaliy va fundamental izlanishlar olib borish hamda ishlanmalar ishlab chiqish ishlarini bajarish;

O‘zbekiston va xorij bozorlarida ichki rivojlangan texnologiyalarini joriy etish uchun sharoit yaratish, shuningdek Respublika korxonalarini raqobatbardoshligini yaxshilashga qaratilgan xorij texnologiyalari almashinuvini qo‘llab-quvvatlash;Yangi texnologiyalarni joriy etishga, ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishga, laboratoriya xizmatlari va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro almashinuvni engillashtirishga qaratilgan va yangi texnologiyalarni tadbiq etishga asoslangan ishlab-chiqarish korxonalarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash;Fan va texnikaning ilg‘or yo‘nalishlari bo‘yicha Yaponiya ilmiy va ta’lim muassasalarining olimlari hamda etakchi mutaxassislaritomonidan O‘zbekiston ilmiy va ta’lim muassasalarining olimlari, yosh mutaxassislari,o‘qituvchilari hamda talabalari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan ochiq ma’ruza va seminarlar tashkil etish;O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari, shuningdek yuqori texnologiyalar bilan ishlovchi korxonalar mutaxassislarining malaka oshirishi va qayta tayyorlanishiga ko‘mak berish.Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi jarayonida respublikamizning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:Mashinasozlik va materialshunoslik, elektronika va nanotexnologiya, energetika va muqobil energiya manbalari, tog‘-kon metallurgiya ishi va tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi, qishloq va suv xo‘jaligi, atrof muhit muhofazasi, iqtisodiy-ekologiyasohalari bo‘yicha tanlab olingan talabalar va yosh olimlar, xorijiy olimlar bilan xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;Markazning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan oliy ma’lumotli kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishini ta’minlash;Markazning asosiy ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy izlanishlar olib borish, innovatsion ishlanmalar ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;Homiylardan kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan o‘zining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va uni rivojlantirish, jumladan, Markazning faoliyati doirasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqsadli yo‘naltirish;Markaz pul mablag‘lari hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;Nashriyotchilik (monografiya, darslik, o‘quv va o‘quv metodik qo‘llanmalar nashr qilish), reklama nashriyotchiligi, shuningdek, internet tizimida Markazning vebsaytini ochish va ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borish faoliyatini olib borish;
Markazda ta’lim olgan o‘quvchi va tinglovchilarga belgilangan namunadagi guvohnoma (sertifikat) berish;Markaz tomonidan o‘zining ilmiy pedagogik va innovatsion faoliyati natijasida erishgan intellektual mulk ob’ektlariga egalik qilish va undan qonun doirasida foydalanish;Ijtimoiy rivojlantirish, moddiy rag‘batlantirish, zahira va boshqa jamg‘armalarni shakllantirish;Markaz mablag‘i hisobidan belgilangan tartibda xodimlarning oylik mehnat haqlariga ustamalar belgilash va ularni ijtimoiy rag‘batlantirish;Markaz faoliyatining yo‘nalishlariga doir masalalarini hal qilish maqsadida vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalaridan mutaxassislar va texnikvositalarni jalb qilish;Markazga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan tartibda tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalaridan ma’lumot va hujjatlar olish;Ta’limning ilg‘or standartlarini va Markazning faoliyatiga mos keluvchi qoida va me’yorlarini joriy qilish va ularga amalqilish;Markaz vazifalarini bajarish yuzasidan xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va laboratoriyalari bilan hamkorlik o‘rnatish.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.