Axborot resurs markazi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Markaz boshlig’i
Otaxanova Lola Maxmudovna
Qabul vaqti: 8.00  dan 18.00  gacha.
Telefon: +998 71 246-03-41

  TDTU ARM

TDTU Bosh kutubxonasi (BK) 1929-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda kutubxona O’zbekiston Respublikasidagi yirik kutubxonalardan biri hisoblanadi. Kutubxona 2007-yildan boshlab, yangi maqom – ARM nomi bilan atalmoqda. ARM kitobxonlarda an’anaviy usulda xizmat ko’rsatish barobarida, yangi usuldagi axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalanishni yo’lga qo’yib kelmoqda. Universitetda Axborot-kutubxona xizmati, Bosh ARM va fakultetlardagi tarmoq  ARM vositasida amalga oshirib kelinmoqda. ARM asosiy nashr zahirasi million nusxadan ko’p birlikni tashkil qiladi. ARM o’z ichida davlat tilidagi, rus tilidagi va jahon tillaridagi darslik, ilmiy va badiiy adabiyotlarning turlarini qamrab olgan. Ayniqsa, MDH davlatlari va Respublika davriy matbuoti nashrlarining nusxalariga talab kata. Shuningdek, ARM zahirasining kattagina qismini ToshPI va TDTU himoya qilingan avtoreferatlar va dissertatsiyalar hamda universitet olimlarining ilmiy ishlari qo’lyozmalari va to’plamlari tashkil etadi. ARM zahirasidan bibligrafiyaga oid ma’lumotlarning noyob nusxalari ham o’rin olgan. ARM zahirasining kattagina qismini egallagan elektron kitoblar, elektron qiroatxona serveridagi ma’ruzalar matnlari elektron tashuvchilar guruhini tashkil qiladi. ARM barcha xizmat ko’rsatish shahobchalaridan TDTU bakalavrlari, magistrlari, professor-o’qituvchilari, shuningdek, turdosh oliy o’quv yurtlarning mutaxassislari hamda ilmiy tashkilotlarning vakillari samarali foydalanadilar. Bugungi kunda ARM o’zining keng qamrovli, boy resursi hisobiga nafaqat Toshkent shahri hududidagi, balki barcha Respublikadagi turli toifa foydalanuvchilariga ham namunali xizmat ko’rsatib kelmoqda. ARM faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. ARM mahalliy tarmog’i orqali INTERNETga chiqish yo’lga qo’yilgan. Universitet hududida KORPORATIV tarmoqqa kiruvchi tizimlarda istemolchilarni o’z ish o’rinlariga qolib, bevosita Elektron katalog xizmatlaridan foydalanishlari yo’lga qo’yilgan. Bu tizim ARM “IRBIS” dasturi va “ARMAT – U” milliy dasturi bilan ARM – KATOLOGIZATOR, JAMLASH, KITOBXON va tarmoq ADMINISTRATORI ko’rinishga ega. Barcha tarmoq ARM markazlashgan yagona EK orqali INTERNETga ulangan bo’lib u tezkor usulda adabiyotlarni qidirishga imkon yaratuvchi Kompyuter bilan jihozlangan. Hozirgi kunda axborot resurslari orasida EK xizmatiga talab ortib bormoqda. Demak, ARM xodimlari zimmasida EK o’zlashtirish bilan birga, Ma’lumotlar Bazasini – MB yaratish ham kiradi. Jumladan, ular quyidagi vazifalarni bajarishda mas’uldirlar:

  • O’zbekiston Respublikasi Hukumatining QARORLARI va FARMONLARI
  • Dissertasiyalar va avtoreferatlarning – MB
  • O’zbekiston va chet el oliy ta’limining – MB
  • Magistrlik dissertasiyalarining – MB
  • O’zbekiston iqtisodining – MB
  • TDTU o’qituvchilari bajargan ilmiy ishlarining –MB
  • TDTU mavjud davriy nashrlarning –MB

Shuningdek, INTERNET yordamida mavzuli faktografik ma’lumotnomalar ham tayyorlanadi. ARM o’z faoliyatida axborot yetkazishni turli shakllaridan foydalanadi. Jumladan, har oyda muntazam ravishda tashkil qilinadigan “Yangi adabiyotlarning ochiq ko’rigi kunlari hamda mavzuli ko’rgazmalarga qo’yilgan ekspozitsiyalar yordamida adabiyotlarni targ’ib qilishni yangicha tavsiya usullari v. b.

Oliy ta’lim muassasasi Bosh ARM tuzilishi

Zahirani jamlash va hisobga olish bo’limi
Bo’lim ARM zahirasini shakllantirish, foydalanuvchilarning axborotlar yuzasidan talablarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keng qamrovli kitoblar dunyosidan eng zarurlarini ajratib, ularni muomalaga kiritish uchun harakat qiladi. ARM umumiy zahirasi bosma nashrlar, noan’anaviy axborot resursini tashuvchilari hisobiga muntazam ravishda to’ldirib boriladi. Bo’limning ishi “IRBIS” dasturiga asosan, ARM-KOMPLEKTATOR xizmatiga ko’ra olib boriladi. ARM davriy nashrlarni o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda Ma’lumotlar Bazasi ARM kelayotgan gazeta va jurnallarning manbalari bilan yaratiladi.

Axborot Resurslariga ilmiy ishlov berish bo’limi
Mazkur bo’limni ish faoliyati asosan, markazlashtirilgan usulda yuritiladi. U ARMga kelayotgan axborot resurslariga ilmiy va texnikaviy ishlov berish, ularni yagona kataloglar tizimiga kiritish bilan shug’ullanadi.

Ilmiy adabiyotlar abonementi bo’limi
Bu ilmiy abonement bo’limida darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ma’lumotnomalar, ilmiy adabiyotlardan iborat ko’p tarmoqli zahira jamlangan. Badiiy adabiyotlar zahirasi vatan va chet el badiiy nashrlari, madaniyat va san’atga oid kitoblarni salmoqli nusxalarini o’z ichiga  olgan.

O’quv adabiyotlari bo’limi
Bo’limda, asosan, o’quv jarayonlarida tavsiya etilayotgan darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, amaliyot ishlari va ma’ruzalar matnlari jamlangan.

Axborot-bibliografiya bo’limi
Bo’limni asosiy vazifalariga:
-Universitet bakalavrlari, magistrlari, professor-o’qituvchilarni axborotlarga bo’lgan talablarni o’rganish kiradi. Foydalanuvchilarni talablarini qondirish maqsadida, zahira imkoniyatlari hisobga olinadi. Shuningdek, axborot-qidiruv tizimida qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra yechim beriladi.
-Eng asosiysi, bakalavrlar, magistrlar va kafedralarning axborot-bibliografiya bo’yicha ko’nikmalarini to’g’ri shakllantirish talab qilinadi.
-Bo’limni xizmat doirasiga quyidagi vazifalarni bajarib borish kiradi:

  • Internet xizmatidan foydalanib, ma’lumotlarni (faktografik, mavzuli, manzilli) majmuini yaratish;
  • mavzuli axborotlarni tayyorlash;
  • referat, kurs ishi, diplom ishi, magistrlik dissertasiyalari bo’yicha yordam ko’rsatish;
  • EK axborot qidirishda, elektron ma’lumotlar bazasini yaratishda va Internetga kirishda foydalanuvchilarni maqsad sari to’g’ri yo’naltirish;
  • ARM foydalanuvchilari e’tiboriga dunyo kutubxonachilik server manzillarining ro’yxatini taqdim etish.

Biblografiyaga oid ma’lumotlarni turlari xilma-xildir. U o’z ichiga o’quv jarayonida kerakli hisoblangan axborotlarning tavsiya ro’yxatlarini, bibliografik ko’rsatkichlarni, yozma ma’lumotlarni va sharhlar turkumini oladi. Bo’lim faoliyatida an’anaviy va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida sifatli axborot xizmatini ko’rsatib, xizmat ko’rsatkichlarini ko’tarish muhim ish hisoblanadi. Shu asosda, bo’lim axborot xizmati turlarini ko’payishiga erishmoqda.

ARM qiroatxonalari
ARM iste’molchilarni o’quv va ilmiy faoliyatlarini to’laqonli yuritib, imkoniyatlarini samarali foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hozirda talabalar uchun maxsus qiroatxonalar tashkil etilgan.  ARM tarkibida ixtisoslashtirilgan qiroatxonalar tashkil qilingan.

Davriy nashrlar qiroatxonasi
Qiroatxona zahirasining asosini Respublika va MDH davlatlarining gazeta va jurnallari tashkil qiladi. Bu davriy nashrlarning nusxalari asosida, eng dolzarb mavzular bo’yicha maxsus jildlar yaratiladi.

EK qiroatxonasi
Bo’limda barcha foydalanuvchilarga turli axborot tashuvchilar vositasida Internat xizmatidan ochiq, bepul foydalanish yo’lga qo’yilgan.
Qiroatxona serverida TDTU o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik, uslubiy qo’llanmalar to’liq matnlari jamlangan.

Ma’naviyat- ma’rifat bo’limi
Bo’lim  faoliyatining asosini Vatanimizga sodiq yosh, barkamol avlodni tarbiyasi tashkil qiladi. Bu o’rinda mas’uliyat dolzarb mavzularda ko’rgazmalarni ommaviy qilib tayyorlash va o’tkazishga qaratiladi.

Fakultetlardagi tarmoq ARM
Bu yo’nalishda ARM asosiy maqsadi- sohaviy axborotlar tizimini iste’molchilarning talablari darajasida amalga oshirishdan iborat.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.