MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

AERONAVIGATSIYA TIZIMLARI KAFEDRASI

Kafedra mudirasi

Shukurova Sabohat Muratdjanovna

Qabul kunlari: Dushanba va payshanba (10:00-12:00)

Telefon:+99890954-37-07

Е-mail: smshukurova@gmail.com

Aeronavigatsiya tizimlari kafedrasi haqida ma’lumot

Aviakosmik texnologiyalar fakultetining mazkur kafedrasi “Havodagi harakatni boshqarish” yo’nalishi (kunduzgi ta’lim: bakalavriatura, magistaratura) bo’yicha malakali kadrlar yetishtirib beradi. 2002 yil Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi muxbir-a’zosi Aripdjanov Muxrimdjan Kasimovich kafedra mudiri etib tayinlangan.  2013 yilning fevral oyida esa kafedra mudiri etib texnika fanlari nomzodi Eshmuradov Dilshod Elmuradovich tayinlangan. 2016 yilning iyul oyidan boshlab  mazkur lavozimda texnika fanlari nomzodi Xalilova Polina Yuryevna faoliyat yuritgan. 2017 yilning sentyabrida fizika-matematika fanlari nomzodi Saydumarov Ilhomjon Miralimovich kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 2018 yilning iyul oyidan e’tiboran mazkur lavozimda Shukurova Sabohat Muratdjanovna faoliyat yuritib kelmoqda.

“Maxsuslashtirilgan trenajyor”  uchun tashkil etilgan laboratoriya xonasi “yer – havo” aloqasini yanada chuqurroq tushunish va o’zlashtirish uchun mo’ljallangan. Mazkur laboratoriya dispetcherlar foydalanadigan maxsus dastur asosida tashkil etilgan.  “Yer – havo” aloqasi tizimini modellashtirish nafaqat mantiqiy balki fizik jixatdan ham dispetcherlik xizmati ish o’rinlarini taqsimlash imkonini beradi. Kafedra qoshidagi o’quv laboratoriyalarida o’quv rejasiga muvofiq quyidagi mutaxassilik fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmoqda: dispetcher ishi texnologiyasi, radioalmashuv frazeologiyasi qoidalari va maxsuslashtirilgan trenajyor tayyorgarligi. Hozirgi kunda bizning kafedramiz bitiruvchilari Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan aeroportlar va  boshqa navigatsiya boshqarmalarida faoliyat yuritishmoqda. Jumladan, ularning ayrimlari “O’zaeronavigatsiya markazi” xodimi yoki yoki kafedra o’qituvchilari sifatida faoliyat ko’rsatishmoqda.

“Maxsuslashtirilgan trenajyor” mashg’ulotlari “O’zaeronavigatsiya markazi” tasarrufidagi “Master T” markazida o’tkazilmoqda. O’quv amaliyotlari esa Respublikamizning barcha aeroportlarida joylashgan dispetcherlik punktlarida o’tkazilmoqda. Kafedra bilan respublikamiz hamda xorijda joylashgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari va ishlab chiqarish tashkilotlari o’rtasida ilmiy va o’quv-ishlab chiqarish aloqlari yo’lga qo’yilgan. “O’zaeronavigatsiya markazi” bilan uzviy aaloqalar mavjud. Kafedra ilmiy aloqalar bog’lagan oliy o’quv muassasalariga quyidagilarni misol qilish mumkin: Moskva aviatsiya instituti, Moskva davlat fuqaro aviatsiyasi texnika universiteti (MGTU GA), Sankt Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi texnika universiteti  va boshqalar. Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo’nalishlariga quytidagilar kiradi: texnik tizimlarni boshqarish, xususan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratish. Kafedrada «Inson omilining havodagi harakatni boshqarish soxasiga ta’siri», «Havodagi harakatni boshqarish va undan oqilona foydalanish modellarini ishlab chiqish va boshqarish» mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.