“ATOM ELEKTR STANSIYALARI” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri

Djumanov Sherzod Safaralievich
fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD)

Telefon:+998935621212
Elektron manzil:E-mail: djumanov@inp.uz

Sherzoddjumanov1984@gmail.com

Qabul kunlari va soati:
Dushanba: 9:00 – 12:00
Payshanba: 10:00 – 12:00

Kafedra tarixi:

Kafedra 2021-yilda Toshkent davlat texnika universiteti “Issiqlik energetikasi” fakulteti tarkibida tashkil etildi. Ushbu kafedra Toshkent davlat texnika universitetining  “Issiqlik energetikasi va AES” kafedra yo‘nalishi negizida tashkillashtirildi. Kafedrada “Atom elektr stansiyalarida yadroviy fizik jarayonlar”, “Atom elektr stansiyalarining texnik qurilmalarini avtomatlashtirish”, “Atom elektr stansiyasini boshqarish”, “AES uskunasida neytron-fizik va termodinamik jarayonlarni modellashtirish” va “AES ning ishonchliligi va xavfsizligi muammolarini hal etish” – yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq maqolalar chop etilgan. Mutaxassislar tayyorlash jarayoni kafedra tizimida fan va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini integrallash asosida amalga oshirilmoqda. Talabalarni mutaxassislik bo‘yicha o‘qitishda atom elektr stansiyasi jihozlariga oid zamonaviy yutuqlarga asoslangan dasturlardan foydalanib, uning ishlashi davomida unumdorlik va xavfsizlikka erishish va saqlanishini ta’minlash uchun juda murakkab boshqaruv tizimiga asoslangan   darslar olib boriladi.

Talabalarning nazariy bilimlari  OʻzFA “Yadro fizikasi instituti”, “Uzatom agentligi” , “Toshkent IES” aksiyadorlik jamiyati va “Sirdaryo IES” AJ da malakaviy amaliyotlarda mustahkamlanmoqda.

“Atom elektr stansiyalari” kafedrasida 3 ta tashkilot bilan o‘zaro doimiy hamkorlik va amaliy ishlar olib boriladi:

1. OʻzFA “Yadro fizikasi instituti”

2. “Uzatom agentligi”

3. O’zMU “Fizika fakulteti”

Hozirgi vaqtda kafedrada 2ta bakalavr yo‘nalishida talabalar tahsil oladilar. Ularga yuqori malakali mutaxassislar ta’lim berishmoqda: kafedra mudiri f-m.f.d. (PhD) SH.S. Djumanov, pofessor R.M. Yusupaliev, katta o‘qituvchilar N.S. Pardayev, assistentlar S.B. Ne’matova, F.B.Norqulova va o‘rindoshlardan f-m.f.d. (PhD), D.R. Rayimbaev f-m.f.d. (PhD) O.G’. Rahimov, f-m.f.d. (PhD)  S.R. Shaymatov, f-m.f.d. (PhD) Sh.A. Mahmudov va boshqalar.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda:

•    yuqori va past energiyalarda yadro moddasining xossalari va holatini tadqiq etish;

•    issiqlik almashtirgichlarda issiqlik uzatishni kuchaytirish xususiyatlari;

•    har xil turdagi reaktorlarning texnik tavsiflarini (og’ir suvli reaktorlar, tez neytronli reaktorlar va boshqalar) VVER-1200 reaktorining texnik parametrlari bilan taqqoslash;

•    bo’linish mahsulotlari va transuran izotoplarining faolligini minimallashtirish va ularning ВВР-СМ yadro reaktorining strukturaviy materiallariga ta’sirini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy-metodik ishlar:

Kafedrada barcha fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, metodik ko‘rsatmalar, sinov ishlari uchun vazifalar, testlar tayyorlanadi va nashrga beriladi. O‘quv jarayoniga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Aqliy hujum”, klaster uslubi va boshqa yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilinmoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan moddiy-texnik bazani yangilash, ilmiy yutuqlarni ishlab-chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, seminarlar tashkil qilish kafedraning dolzarb vazifalari bo‘lib ular o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

«Atom elektr stansiyalari» kafedrasidagi ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

  • 5310100 – Energetika (atom elektr stansiyalari);
  • 60710500 – Energetika (atom elektr stansiyalari);

Kafedrada asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar (lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni)

1.Djumanov Sherzod Safaraliyevich – kafedra mudiri, f-m.f.d. (PhD) dotsent;

2. Yusupaliev Risbek Mamatovich – kafedra professori, k.f.n., professor;

3. Pardayev Nurbek Samievich– katta o‘qituvchi;

4. Ne’matova Sevinar Baxtiyorovna – assistent;

5. Norqulova Feruza Bobomurod qizi – assistent.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.