5350700 – RADIOELEKTRON QURILMALAR VA TIZIMLAR (TARMOQLAR BO‘YICHA)

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi:

Radioelektron qurilmalar va tizimlar – radiosignallarni yuzaga keltirish, shakllantirish, ularni uzatish, qabul qilish va qayta ishlashga xamda zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan radioaloqa, radioeshittirish va televidenie sistemalarini loyihalash, montaj qilish va sozlashni o‘z ichiga olgan fan va texnika sohasidir.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan radioaloqa;

– radioeshittirish va televidenie sistemalarini loyihalash;

– radiosignallarni yuzaga keltirish, shakllantirish, ularni uzatish.

Bakalavlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

– yo‘nalish ta’limi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar lavozimlarida o‘rindoshlik bo‘yicha mustaqil ishlashga;

– bakalavriat yo‘nalishiga mos ravishda tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom    ettirishga;

– qayta tayyorlash tizimida malaka oshirishda qo‘shimcha kasbiy ta’lim olishga.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:

–      loyiha;

–      ishlab chiqarish;

–      tashkiliy-boshqaruv; –           tajribaviy.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.