5320200 – MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI, MASHINASOZLIK ISHLABCHIQARISHINI JIHOZLASH VA AVTOMATLASHTIRISH

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi:

Fan va texnika jabhasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u mashinasozlik sanoati buyumlarini tayyorlash jarayonlari, ob’yektlari va jihozlarini yaratish va ulardan foydalanish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari majmuini qamrab oladi.

Bakalavlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • Samarali ishlab chiqarish jarayonlari, kesish asboblari, yuqori unumli tipik texnologik jihozlar;
  • Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari;
  • Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar va ular uchun uskunalar;
  • Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarining maxsus dastgohlari, ularni sozlash, ulardan foydalanish va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish uslublari va vositalari, mashinasozlik sohasining raqobatbardoshligi va bu sohani takomillashtirish;
  • Loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash, metodlarini tadqiqot qilish;
  • Mashinasozlik ishlab chiqarish ishchi jarayonlari bo‘yicha matematik modellarni qo‘llash;
  • Kompyuter texnologiyalari va dasturlarini qo‘llash.

Bakalavrlarning  kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

Ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’yektlari – samarali ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, jumladan kesish asboblari, yuqori unumli tipik texnologik jihozlar; mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi, raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar va ular uchun uskunalar; moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarining mahsus dastgohlari ularni sozlash, foydalanish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish uslublari va vositalari.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:

  • Ilmiy-tadqiqot;
  • Loyihaviy-konstruktorlik;
  • Foydalanish va servis;
  • Ishlab chiqarish;
  • Tashkiliy-boshqaruv.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.