5320100 –MATERIALSHUNOSLIK VA YANGI MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi taʼlim yoʼnalishi:

 Fan va texnika sohasidagi yoʼnalish boʼlib, u mavjud va yangi materiallar yaratish va qoʼllash hamda ularni olish texnologiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini oʼzgartirishga yoʼnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini oʼz ichiga oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • yangi materiallarni va ularni olish texnologiyalarini qoʼllash;
  • detallar sifatini nazorat qilish usullarini qoʼllash;
  • mashinasozlikda qoʼllaniladigan metall materiallari;
  • mashinasozlikda ishlatiladigan turli nometall materiallar va ularning turlari haqida tasavvurga ega boʼlishi;
  • yangi materiallar tarkibi, tuzilishi va xossalarini tadqiqot qilish;
  • yangi materiallar olishni oʼziga xos texnologiyalarini qoʼllash;
  • zamonaviy quymakorlik, payvandlash, kompozitsion qatlamlarni qoplash va kukun metallurgiyasi usullarida yangi materiallar olish va ularni tahlil qilishni;
  • nanotexnologiyalar asosida olingan zamonaviy konstruktsion materiallarni;
  • material, xomaki mahsulot, detallarni makro, mikro va mayin strukturalarini tadqiqot qilishning zamonaviy uslublarini qoʼllash;
  • qotishma va nometall materiallarning strukturasini tahlil qilish usullarini qoʼllash;
  • qotishmalarning faza tarkibi va struktura holatini aniqlashda zarur boʼladigan qotishmalar holat diagrammalarini ;
  • mashinasozlikda qoʼllaniladigan metall materiallarni tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi va markalanishini;
  • mashinasozlikda ishlatiladigan nometall materiallarni tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi va markalanishini bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • yangi materiallarni ishlatilish joyiga qarab mashinasozlik sohalari uchun tanlab, ishlatilishga tavsiya qilishni;

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

  • taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy faoliyatining obʼektlari – yangi materiallar olish texnologiyalari va jihozlari;
  • metall va nometall materiallar;
  • termik, kimyoviy-termik ishlov berish;
  • kukun metallurgiyasi texnologik jihozlari va jarayonlari.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:

  • Ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
  • Loyihaviy-konstruktorlik;
  • Ishlab chiqarish soxasi;
  • Ishlab chiqarish-texnologik;
  • Eksperimental-tadqiqot:
  • Tashkiliy-boshqaruv.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.