5311800 – GIDROGEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GEOLOGIYASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi: yo‘nalish fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi,yer osti suvlarini ichimlik, texnik, sanoat, mineral shifobaxsh suvlar sifatida hosil bo‘lishini, tarqalish sharoitlarini, harakat qonuniyatlarini, sifatini, miqdorini, muhandis-geologik sharoitni  turli injenerlik, uy-joy, ho‘jalik, yo‘l, ko‘prik, gidrotexnik va boshqa turdagi inshootlarni qurilishi maqsadida o‘rganish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

– yer osti suv zahiralari, ularni sifati va miqdorini baholash, bashoratlash, qurilish maqsadida inshoot zaminini o‘rganish, turli xil xavfli geologik va geodinamik jarayonlarni o‘rganish, qurilishda qo‘llaniladigan xom-ashyo materiallarini izlab topish maqsadidagi ishlarni asoslash uchun gidrogeologik va muhandis-geologik izlanishlarni loyihalash.

Bakalavlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

– Yer osti suv zaxiralarini o‘rganish;

– Suv chiqarish maqsadidagi ishlarni loyihalash;

– Muhandis-geologik sharoitni baholash;

– Geodinamik jarayonlarni o‘rganish;

– Qurilishni amalga oshirish uchun tavsiyalar berish;

– Suv chiqarishda quduqlarni ishlatish uchun mashina, uskunalar va texnologiyalarni qo‘llash; – Suv ta’minotini yer osti suvlari hisobiga amalga oshirish jarayonini boshqarishning muhandislik ta’minoti va jihozlanishi.

Bizning manzil:

Toshkent sh., Universitet ko’chasi-2

Теl.: (+998) 71-227-15-18www.tdtu.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.