5310900 – “METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI” BAKALAVRIAT YO‘NALISHI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ishlab chiqarish jarayonida o‘lchov vositalarining naʼzorati va ularni boshqarish, jismoniy va yuridik shaxslarga metrologik xizmat ko‘rsatish, mahsulot va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish ishlarini o‘z ichiga oladigan yo‘nalishdir.

Kasbiy faoliyat turlari:

  • ishlab chiqarishni meʼyoriy va metrologik taʼminlash;
  • o‘lchov, standart va nostandart o‘lchash vositalari bo‘yicha eksperimental-tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalarini qayta ishlash;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga metrologik xizmat ko‘rsatish;
  • meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqarish va ekspertizadan o‘tkazish;
  • mahsulot, xizmat va jarayonlarini standartlashtirish, texnik jixatdan tartibga solish ishlarida ishtirok etish;
  • mahsulot, jarayon va xizmatlarini sertifikatlash, sinash va sifatini nazorat qilish;
  • akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash organlarida faoliyat olib borishdan iboratdir.

Kasbiy faoliyatining obʼektlari:

Fizik kattaliklar birligi etalonlari va bu birliklarni o‘lchashning namunaviy vositalaridan ishchisiga o‘tkazish usullari, o‘lchash nazariyasi, usullari va vositalari, o‘lchashlar natijalarini ishlab chiqish, mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar, standartlashtirishni tashkil etishni nazorat qilish, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini metrologik taʼminlash, meʼyoriy hujjatlar, mahsulotlarni sinash va sertifikatlash hisoblanadi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.