5310700-ELEKTR TEXNIKASI, ELEKTR MEXANIKASI VA ELEKTR TEXNOLOGIYALARI (ELEKTR MASHINASOZLIK)

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi:

Elektroenergetika korxonalarida, an’anaviy va alternativ energiya manbalariga ega elektr stantsiyalarida elektrotexnik, elektromexanik, elektrotexnologik qurilmalar va elektromexanik energiya o’zgartkichlarni loyihalashtirish, qurish, ishlab chiqarish, montaj qilish, ta’mirlash, sozlash va ekspluatasiya qilish.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

– elektr stansiya va podstansiyalari;

– elektr energetika tizimlari va tarmoqlari;

-yuqori kuchlanish texnikasi ob’ektlari;

– sanoat korxonalari va shaharlari;

– elektr mashinalari, transformatorlar, elektromexanik majmualar va tizimlar, ularning boshqaruvi;

– elektr mashinalari, transformatorlar ishlab chiqaruvchi korxonalar.

Bakalavlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

– elektr mashinalari va transformatorlarni ishlab chiqarish va ekspluatasiya qilish korxonalari.

– elektr mashinalari, transformatorlari, kuchli elektr va magnit maydonli uskunalari, elektromexanik majmualar va tizimlar, shu jumladan ularni boshqarish va rostlash;

– elektr va elektron qurilmalar, elektromexanik va elektron qurilmalar majmualari va tizimlari, avtomatik qurilmalar va energiya oqimini boshqarish tizimlari;

– elektr va elektron qurilmalar, kabel mahsulotlari va o’tkazgichlar, elektr kondensatorlar, kabellarni elektr izolatsiyasi uchun materiallar va tizimlar, elektr kondensatorlarni elektr izolyatsiyasi;

– boshqariladigan elektromexanik va texnologik tizimlar, shu jumladan elektr energiyasini, mehanik energiyaga va mehanik energiyani elektr energiyaga aylantirish uchun mo’ljallangan qurilmalar (va aksincha);

– elektrotexnologik, elektr payvandlash va elektrofizik qurilmalar va jarayonlar, maishiy elektr isitish uchun moslamalar ishlab chiqarish korxonalari;

– elektr transportining har xil turlari va transport tizimlarining maqbul ishlashini ta’minlash vositalari;

– sanoat korxonalarining elektr jihozlari, barcha past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli elektr jihozlari, elektr qurilmalari, tarmoqlari;

– ektrotexnika sanoati mahsulotlari, elektr jihozlari va energiya ta’minoti tizimlari, elektr inshootlari va tizimlari mahsulotlarini sifatini tekshirish va tekshirish usullari va vositalari.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:

– o‘rta maxsus, professional ta’lim  muassasalarida pedagogik;

– muhandislik – qidiruv va loyiha-konstruktorlik;

– ishlab chiqarish – texnologik;

– tashkiliy-boshqaruv;

– ilmiy – tadqiqot; –           foydalanish-servis.

Bizning manzil: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko`chasi, 2-uy Elektr energetikasi fakulteti, tel: +998971 246-53-26

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.