5111000 – PROFESSIONAL TA’LIM (TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI)

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi:

Professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat; loyiha-konstruktorlik muassasalarida konstruktor; transport vositalarini ishlab chiqarish korxonalarida texnolog; transport vositalarini ekspluatatsiya qilishda muhandis; magistr akademik darajasi va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lish; ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim; tashkiliy va boshqaruv faoliyatida rahbarlik.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining obyektlari:

transport vositalariga oid professional ta’lim muassasalari va o‘quv markazlari;

– sohaga tegishli ilmiy tadqiqot va loyihalash konstruktorlik ishlari;

– transport vositalarining dvigatellari;

– transport vositalarining transmissiyasi;

– O‘zavtosanoat davlat aksiyadorlik jamiyati korxonalari, jumladan “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ;

– avtomobilsozlik zavodlari.

Bakalavlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

– professional ta’lim muassasalari talabalari uchun texnikaviy fanlardan o‘quv-uslubiy majmualarni va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash;

– professional ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid texnikaviy  fanlarni o‘qitish;

– transport vositalari sohasiga oid bilimlar majmui;

– transport vositalari sohasi faoliyatini bilish va ularni amaliyotda qo‘llash;

– professional ta’lim tizimi (o‘rnatilgan tartibda olgan malakasiga mos ravish)da o‘quv jarayonlarini tashkil etish va qo‘llash.

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining turlari:

– professional ta’lim muassasalarida pedagogik;

– loyihaviy-konstruktorlik;

– ishlab chiqarish-texnologik;

– yig‘ish-sozlash ishlari;

– foydalanish va servis xizmati ko‘rsatish;

– tashkiliy boshqaruv;

– ilmiy-tadqiqot.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.