Toshkent davlat texnika universitetida O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

0
143
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent davlat texnika universiteti professor-o’qituvchilarini 1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tabriklash maqsadida O’zbek milliy drama teatrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda universitet rektori prof.S.M.Turabdjanovning bayram tabrigi etkazildi. Bayram tabrigida universitetning barcha professor-o’qituvchilari bayram bilan muborakbod etilib, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va omadlar tilandi, mehnatlari yuksak e’tirof etildi.

  Shuningdek, tadbir davomida ko’p yillardan buyon universitetda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir qator professor-o’qituvchilariga Oliy ta’lim vazirligining hamda universitet rahbariyatining faxriy yorliqlari hamda estalik sovg’alari topshirildi.

 Taqdirlash marosimidan so’ng teatr ijodkorlari tomonidan yangi spektakl namoyish etildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.