IT-ISTEDOD BU NIMA ?

0
293
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O’zbekiston IT iste’dodlari”portali O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasida IT sohasidagi iqtidorli yoshlar haqida ma’lumotlarni birlashtirish maqsadida yaratilgan.

IT-ISTEDOD  Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmigacha kompensatsiya to’lanadi.

BUNING UCHUN NIMA KERAK?

Ariza beruvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi kerak.

Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14−30 yoshgacha bo‘lgan O’zbekiston fuqarolari sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin. Bunda kompensatsiya miqdori sertifikatning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kompensatsiya olish uchun arizalarni onlayn tarzda   https://my.gov.uz/ru/service/622  portali orqali yuborish kerak.

Kompensatsiya qiymatini aniqlash uchun quydagi sayt orqali ko’riladi.

WWW.it-istedod.uz

IMTIYOZLAR

Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmigacha kompensatsiya to‘lanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 310-son qaroriga asosan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari xalqaro IT-sertifikat olish uchun sarflagan xarajatlarining 50 foizgacha bo’lgan qismini kompensatsiya asosida qaytarib olishlari mumkin.

ISTISNO

Agar ariza beruvchi 16 yoshga to’lmagan bo’lsa, arizada ota-ona/vasiyning ma’lumotlari ko’rsatiladi.

QUYDAGI  SAYT ORQALI  RO’YHATDAN  O’TILADI.

WWW.it-istedod.uz

RO’YXATDAN O’TISH

Portalda ro’yxatdan o’ting va onlayn ariza to’ldiring.

Hujjatlarni biriktirish

Shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat

Xarajatlar kvitansiyasi

IT-sertifikat nusxasi

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:

O’qish va xalqaro sertifikat olish uchun xarajatlar kvitantsiyasi;

xalqaro IT-sertifikatining nusxasi.

MALUMAT UCHUN

Kompensatsiya olish uchun sertifikat olgandan boshlab 180 kundan kechiktirmasdan murojaat qilish lozim. Pulni o‘tkazish uchun bank karta raqami, bank tranzit raqami, STIR va bank kodi zarur bo’ladi. Ariza beruvchi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-ona/vasiylarning ma’lumotlarini ko‘rsatish lozim.

Agar ariza beruvchining so‘rovnomadagi rekvizitlari va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga javob bersa, kompensatsiya ariza to’ldirilgan kundan boshlab 17 ish kuni ichida beriladi.

Kompensatsiya beriladigan xalqaro IT-sertifikatlarining to‘liq ro‘yxati WWW.it-istedod.uz saytida joylashtirilgan.

QANDAY HUJJATLAR KERAK?

Kvitansiya

O’qish xarajatlari, xalqaro sertifikat olish.

Ma`lumot

Pasport yoki ID-karta (tug’ilganlik haqidagi guvohnoma 3×4 rangli fotosurat bilan biriktirilgan holda)

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.