WEBOMETRICS JAHON UNIVERSITETLARINING 2022 YIL UCHUN REYTING MAʼLUMOTLARINI YANGILADI

0
264
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Jahon universitetlarining Webometrics reyting ma’lumotlari yana bir bor yangilandi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra (2022 yil iyul), Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti dunyodagi 30 000 dan ortiq oliy o’quv yurtlarining umumiy ro’yxatida 4654-o’rinni, Osiyo universitetlari orasida 1900-o’rinni va O’zbekiston universitetlari orasida esa 3-o’rinni egalladi. 2021 yilgi reyting ma’lumotlariga ko’ra 7 o’rinni egallagan edi.

Ma’lumot uchun: Webometrics Ranking of World Universities ispan mustaqil “Laboratorio de Internet” tomonidan tuziladi va yiliga ikki marta: yanvar va iyul oylarida yangilanadi. Tadqiqotlar 2004 yildan beri olib borilmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi turli vaznli to’rtta ko’rsatkichga asoslanadi. Bularga: KO’RILISH (universitet veb-saytiga havolalar yaratadigan tashqi manbalar soni), USTUNLIK (SCImago tadqiqot guruhi tahliliga ko’ra 26 ta ilmiy sohada eng ko’p keltirilgan maqolalar – ilmiy jurnallarning ta’siri ko’rsatkichi), SHAFFOFLIK (Google Scholar iqtiboslarida universitet olimlarining eng yaxshi 100 ta profiliga iqtiboslarning umumiy soni), MAVJUDLIK (barcha turdagi fayllarni hisobga olgan holda Google tomonidan indekslangan universitetning asosiy veb-domenida joylashtirilgan veb-sahifalar soni).

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.