Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali talabasi, Beruniy stipendiyasi sohibi Shavkat Xudoyberdiyev “Yoshlar kuni” munosabati bilan poytaxtimizdagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “elektr transformatorlar”, ya‘ni yong‘in va portlashdan himoyalash qurilmasi haqida gapirib berdi.

✔️Shavkatbekning aytishicha, qurilma transformator qizigan zahoti uni sovitishni boshlar ekan. Natijada transformator “otib yubormay”, ishlashda davom etishi bilan ahamiyatli.
✔️Shavkatbek O‘zbekistondagi energetika sohasida duch kelayotgan muammolarga yechim topish, iste‘molchilarni uzluksiz energiya bilan ta‘minlashni asosiy maqsad qilgan.

Biz kelajakni yorqin ranglarga o‘zgartirishni maqsad qilgan talabamizga kelgusi ishlarida omad tilaymiz!!!