«ROBOT-UZ 2022» TANLOVI YANGI IQTIDORLARNI KASHF ETMOQDA

0
332
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan tashkil etilgan «ROBOT-UZ 2022» tanlovi “INNO-Innovasion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki”da bo‘lib o‘tdi.

Tanlov, 9-17 yoshdagi maktab o‘quvchilar orasida -Robo Futbol, -Robo Sumo, -Robo Layntrek va -Robo Lego hamda 18-25 yoshdagi ishtirokchilar orasida -Foydali ish bajaruvchi robotlar tanlovi, -Robo Sumo, -Intellekt darajasini namoyish qilish kabi nominasilarda Respublikaning barcha hududlaridan kelgan maktab o‘quvchilari va OTM talabalaridan iborat 9-17 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar 366 nafarni, 18-25 yosh oralig‘idagi ishtirokchilar esa 94 nafarni tashkil etdi.

Ikki kun davom etgan tanlovda maktab o‘quvchilari va talabalar o‘zlarinining intellekt darajalarini namoyon qildilar, bahslar qiziqarli va maroqli bo‘lib o‘tdi. Bahslar tajribali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Yoshlar o‘zlariga ko‘plab do‘stlar ortirishdi va yangi jamoalar tashkil etishga erishdilar, o‘zlarining ta’kidlashlaricha rivojlanish uchun tanlov yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Tanlov g‘oliblari Toshkent davlat texnika universiteti rektori, t.f.d., prof. S.M.Turabdjanov tomonidan imzolangan diplom va sertifikatlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida, 9-17 yoshdagi maktab o‘quvchilar orasida:
1-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibga 4 ta TELEVIZOR;
2 o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibga 4 ta PRINTER;
3-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibga ROBOKIDS maktabiga bepul o‘qish uchun vaucher taqdim etildi.
18-25 yoshdagi ishtirokchilar orasida:
1-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibga 4 ta ORTO 500XYZ 3D PRINTERI;
2 o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibga 4 ta UZDelta 3D PRINTERI;
3-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibga ROBOKIDS maktabiga bepul o‘qish uchun vaucher taqdim etildi.
Shuningdek to‘rtinchi bor tashkil etilgan «ROBOT-UZ 2022» tanlovida ilk marta kiritilgan ROBOTWAR nominasiyasi g‘oliblariga Artel kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan 5 ta TELEVIZOR topshirildi va tanlovda o‘zining eng yaxshi g‘oyasi bilan ishtirok etgan talabaga 1 ta TELEVIZOR taqdim etildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.