Oʻzbekistonda mexatronika va robototexnika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat taʼlimi yo’nalishini innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish

0
256
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi Erasmus+ loyihalari doirasidagi MechaUZ loyihasi bo’yicha 2022 yil 30 maydan 3 iyunga qadar Litva davlatining  Vilnyus Gedimin texnika universitetidagi o’zaro almashinuv va “Mexatronika va robototexnika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tayyorlash, takomillashtitish va tasdiqlash kabi vazifalarni amalga oshirilmoqda.

2022 yilning 30 may kuni Vilnyus Gedimin texnika universitetida (QS butun jahon universitetlar reytingida 2022 yil bo‘yicha 751-800 o‘rinni egallagan) Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturining MechaUZ – “Oʻzbekistonda mexatronika va robototexnika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat taʼlimi yo’nalishini innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Yevropa davlatlari (Latviya, Litva, Portugaliya, Gresiya) hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari va oliy ta’lim muassasalari (ToshDTU, TPI, TATU, AndMI, QarMII, FarPI) bilan hamkorlikdagi uchrashuvlar va seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.

Unda Toshkent davlat texnika universiteti 6 ta Yevropa universiteti (Xalqaro yunon universiteti (Saloniki, Gretsiya) — Loyiha koordinatori, Janubi-sharqiy Yevropa tadqiqot markazi (Saloniki, Gretsiya), Vilnyus Gedimin texnika universiteti (Vilnyus, Litva), Liepaya universiteti (Liepaya, Latviya), Vidzeme amaliy fanlar universiteti (Valmiyera, Latviya), Viano do Castello politexnika instituti (Viano do Kastelo, Portugaliya) lari vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, kelajakda ushbu loyiha doirasida yangi xalqaro loyihalarni kelishsib olish maqsadida muzokaralar olib bormoqda.

  Shu bilan bir qatorda, ushbu loyiha doirasida Vilnyus Gedimin texnika universitetining hamkor ishlab chiqarish korxonalariga ham ekskursiya ko’rinishida tashriflar amalga oshirildi hamda korxonaning infrakstrukturasi, undagi zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologiyalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va sifati kabi yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishib borilmoqda.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.