UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA

0
769
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

‼️ Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar oʻrtasida “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasining 2021-yi1 13-dekabrdagi qo‘shma qarori imzolangan.

Tanlov quyidagi yo’nalishlarda o‘tkaziladi:

✅ Besh muhim tashabbusni keng joriy etish va unga yoshlar qamrovini oshirish;

✅ Yoshlar o‘rtasida IT texnologiyalar va xorijiy tillami o‘zlashtirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish;

✅ Ta’limning barcha bosqichlarida yoshlaming sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yondashuv usullari (xorijiy tajriba asosida);

✅ Yoshlami ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari;

✅ Yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlami ishlab chiqish.

Nominatsiyalar bo‘yicha tanlovga taqdim etiladigan ishlarga qo‘yiladigan talablar

Tanlovda ishtirok etish uchun har bir nominatsiya bo‘yicha quyidagi mazmundagi taqdimotlar taqdim etilishi mumkin:

Besh muhim tashabbusni keng joriy etishning ilg‘or texnologiyalari nominatsiyasi:

  • Yoshlaming musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha ilg‘or g‘oyalaming ilgari surilgani; yoshlami jismoniy chiniqtirish, ulaming sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish mexanizmlarining mavjudligi; yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlami tashkil etishga yo‘naltirilgani; xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgani;

Yoshlar o‘rtasida IT texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari nominatsiyasi:

  • Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va intemetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgani; loyihani amalga oshirish texnologiyasining mavjudligi va uning ommabopligi;

Xorijiy tillarni o‘zlashtirishning zamonaviy usullari nominatsiyasi:

  • Loyihada xorijiy tillami o‘zlashtirishda respublikaning olis hududlaridagi yoshlami qamrab olish nazarda tutilgani; xorijiy tillami o‘zlashtirishda yangi tenologiyalar va elektron dasturlaming mavjudligi;

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profllaktikasini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmlari nominatsiyasi:

  • Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profllaktikasini amalga oshirishda ajdodlarimiz, xususan, Birinchi va Ikkinchi Renessans, jadidchilik davrida yashab ijod qilgan allomalarimizdan qolgan ilmiy-ijodiy meros asosida samarali va innovatsion usullaming mavjudligi; yoshlar о‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profllaktikasini amalga oshirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar (yoki loyihasi)ning mavjudligi; jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profllaktikasini amalga oshirishda internet butunjahon axborot tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanish, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ulami bartaraf etish jarayoni bo‘yicha amaliy tadbirlar (taklif) berish;

Yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirishda innovatsion yechimlar nominatsiyasi:

  • O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolami keltirish va ulaming yechimlari bo‘yicha asosli takliflar berish; ta’limda sifatli bilim olishni tashkil etishda o‘quvchi-talabalaming shaxsiy motivatsiyasini oshirish, shuningdek, o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar (asosnomasi bilan) ishlab chiqish; mamlakatda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha zamon talablariga mos bo‘lgan milliy model taklifini berish; ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda mavjud muammolar va ulami bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar; inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yondashuv usullari va yechimlari; 0 ‘zbekistonda ta’lim sifatini jahon standartlari darajasida takomillashtirishning natijador yo‘lini taklif qilish;

Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari nominatsiyasi:

  • Yoshlar orasida ilm-fan va innovatsiyalami targ‘ib qilish yuzasidan noan’anaviy usullari; bugungi kun innovatsiyasida buyuk ajdodlarimizning qo‘shgan hissasining izini topish va aniq misollarda yoritish; yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarini o‘rganish, ularni hozirgi kunda qo‘llanishi bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqish.

💠 Belgilangan har bir nominatsiya bo‘yicha tanlovning dastlabki bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etadi. Tanlov ishtirokchilarining taqdim etgan loyihalari Hakamlar hay’ati tomonidan 100 BALLIK baholash mezoni asosida baholanadi.

Tanlovning yakuniy respublika bosqichi ishtirokchilari Hakamlar hay’atining loyihaga doir savollariga javob berishlari lozim bo‘ladi. Hakamlar hay’atining har bir yo‘nalish bo‘yicha xulosasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 ta loyiha orasidan Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ovoz berish orqali aniqlanadi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

🔹Boshlang‘ich (birinchi) bosqich – oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasida o‘tkaziladi;
🔹 Respublika (yakuniy) bosqichi – Yoshlar ishlari agentligida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etadigan loyihalar taqdimotiga qo‘yiladigan talablar va ularni baholash

🔴 Tanlovda yakka yoki jamoa bo‘lib, 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🔴 Tanlov ishtirokchisi bo‘lgan har bir shaxs yoki jamoa bitta nominatsiya bo‘yicha bitta loyiha bilan ishtirok etadi.

Tanlovga taqdim etilayotgan loyihaga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

✔️ Yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatilgan talabga yechim bo‘la olishi hamda amalga oshirish mexanizmi aniq ko‘rsatilganligi;

✔️ mavzuning mazmun-mohiyati to‘liq ochib berilganligi;

✔️ muammoning yechimga qaratilganligi;

✔️ hayotga tatbiq etish, an’anaviy va innovatsion yondashuv darajasi mavjudligi;

✔️ mavzu yuzasidan takliflar, usullar va amalga oshirish mexanizmlari.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

Tanlovning birinchi bosqichi g‘olibi va sovrindorlari oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan quyidagicha:

🏆 1-o‘rin – 10 mln. so‘m;

🏆 2-o‘rin – 7 mln. so‘m;

🏆 3-o‘rin – 4 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘i va tegishli diplom bilan taqdirlanishi mumkin va faqat 1-o‘rin sohibi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
🎖Shuningdek, 2 va 3-o‘rin sovrindorlarining ilmiy rahbari hamda tegishli kafedra jamoasiga rektor (direktor)ning Tashakkumomasi beriladi.

Tanlovning respublika (yakuniy) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilami rag‘batlantirish Yoshlar ishlari agentligining byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tanlov g‘olibi va sovrindorlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan quyidagicha:

🏆 1-o‘rin – 30 mln. so‘m;

🏆 2-o‘rin – 20 mln. so‘m;

🏆 3-o‘rin – 10 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘i, tegishli diplomlar hamda statuetkalar bilan mukofotlanadi.

‼️ DIQQAT: Tanlovda belgilangan mezonlar asosida 0 ‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga ishtirok etish istagida bo’lgan nomzodlarni fakultetning yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan movunlariga murojaat qilishlarini so’raymiz!!!

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bosh bino 409-xona
telefon 71 227-10-32

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.