Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo’yicha mintaqaviy ta’lim forumi

0
291
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2022 yil 25-26 aprel kunlari AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko’magida Olmaota energetika va aloqa universitetida (OEAU) “Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo’yicha mintaqaviy ta’lim forumi” mavzusida Olmaota shahrida (Qozog’iston) seminar o’tkazildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo’nalishida ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni ta’minlash va tajriba almashish maqsadida USAIDning “Kelajak energiyasi” loyihasi Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston universitetlari va tegishli vazirlik vakillari bilan uchrashuv tashkil etdi.

Ushbu seminarning maqsadi-qayta tiklanadigan energiya manbalari bo’yicha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni tajriba almashish va taqdim etish. Seminar rus va ingliz tillarida o’tkazildi. Seminarda CAREM qo’llab-quvvatlash bo’yicha USAID  loyihasi vakillari, texnik ekspert Oleg Ryaskov, ilmiy va innovatsion faoliyat bo’yicha prorektor OEAU Almaz Sauhimov, O’shDU vakili t.f.d., prof. Kenjayev Idirisbek Gulamovich, Jabudayev Turukmen Jusupbekovich, Qirg’iziston davlat texnika universiteti QTEM kafedrasi mudiri Abdulloev Baxtiyor Tolibdjonovich, Tojikiston energetika instituti loyihalarni amalga oshirish markazi boshlig’i, O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari va  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminarda TDTU “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent I. A. Yuldashev “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo’yicha ta’lim sohasida O’zbekiston tajribasi”mavzusida ma’ruza qildi. O’z ma’ruzasini yakunlab, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga javob berdi.

Bundan tashqari, 2022 yil 25 aprel kuni soat 13:00dan so’ng elektr energetika fakulteti dekan o’rinbosari, PhD, dots. E. B. Saitov va t.f.d., dotsent I. A. Yuldashev Al Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy universitetining Fizika-texnika fakultetida bo’ldilar.

Al Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy universiteti professori A.K. Saymbetov talabalar va doktorantlarga t.f.d., dots I. A. Yuldashev va dots.E.B.Saitovni tanishtirdi,   U TDTU professor – o’qituvchilarining tashrifi yarim o’tkazgichlar fizikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida bizning kafedramiz uchun tajriba almashish borasida yaxshi imkoniyat ekanini alohida ta’kidladi.

Elektr energetika fakulteti dekan muovini, PhD, dotsent E. B. Saitov o’zining ilmiy ma’ruzasini boshlashdan oldin TDTU faoliyati va “Muqobil energiya manbalari”kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida qisqacha ma’lumot berdi. Shundan keyin dots. E. B. Saitov va dots. I. A. Yuldashev 4 soatga mo’ljallangan ma’ruza va seminarlar o’tkazdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.