3-DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI

0
603
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Birlashgan millatlar  tashkiloti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Zero, bu toifa insonlarning sogʻlig’ida muammosi bor boʻlgani bois imkoniyatlari cheklangan va moddiy sharoiti ham talab darajasida emas. Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini taʼminlashga erishish mumkin. Bugungi kunga kelib dunyo aholisining 1 milliarddan ortigʻida, yaʼni yetti kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Shularning 100 milliondan ortigʻini bolalar tashkil etadi. Demak, imkoniyati cheklanganlarning har tomonlama safimizda mavjudligini taʼminlash uchun ularning teng huquqliligini taʼminlash, qadr-qimmatini himoya qilish darkor.        

Shu munosabat bilan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Universitetda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron hamda kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 3-dekabr kuni “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida oʻtkazilgan xayriya konsertiga universitetda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalarning 100 nafarining ishtiroki taʼminlandi.

Universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Sultanova hamda universitet talaba-yoshlari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 106-maxsus maktab internatiga tashrif buyurdilar va maktab internatida oʻtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirda talabalar oʻzlarining musiqali va raqs namoyishlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida maktab oʻquvchilariga sovgʻalar ulashildi.

Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 100-maxsus maktab internatiga Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakulteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini va fakultet tyutorlari bilan birgalikda maktabning 11-sinf oʻquvchilari bilan uchrashib, oʻquvchilarga badiiy adabiyotlar taqdim etdilar.

Mexanika fakulteti dekani Q.Q.Mirzayev hamda yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini B.D.Manazarovlar “Xofiz Ko’xakiy” MFY Sag’bon 4-berk ko’chasi 29-xonadonda istiqomat qiluvchi faxriylar Axunjanov Muhtor ota va Sag’bon 10-berk ko’chasi 61-xonadonda istiqomat qiluvchi  faxriylar Ibragimova Dilbar ona hamda Ibragimov Qahramon otalarning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida aziz va mehribon otaxon-u munis onaxonlarimiz qo‘llarini duolarga ochib, universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchilklarini bildirdilar.

      Geologiya qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti ustozlari va talabalari “Universitet” Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Bobokulova Malika opa hamrohligida ushbu  mahallada yashovchi  imkoniyati cheklangan oilalarga tashrif buyurdilar. Allon tor koʻchasi 55-uyda yashovchi Fayziyev Ibrohim ota, 88/9-uyda yashovchi Ismoilova Feruza va Ismoilov Zokirjonlarning holidan xabar olindi. Mahalla fuqarolari ushbu tashrifdan mamnun boʻlib, oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Muhandislik texnologiyalari fakulteti yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini S.Yuldashev boshchiligida Olmazor tuman “Orzu” mahallasidagi  nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi. Shuningdek, fakultetga qarashli 57-talabalar turar joyida yashovchi talabalar holidan ham xabar olindi.

Elektr energetikasi va Issiqlik energetikasi fakultetlari jamoasi Olmazor tuman Аchaobod mahallasi Sag‘bon 29-ko‘cha 15-uyda yashovchi Ilhom ota va Omonat 2-tor ko‘cha 14a-uyda istiqomat qiluvchi Shoira onalarning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Nuroniylar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, barcha sohalar qatorida nogironlarga ham qaratilayotgan katta eʼtibor haqida gapirib, universitet rahbariyatiga ham o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.