XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNI

0
113
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Yurtimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ajdodlarimiz bag‘rikenglik tamoyiliga o‘tmishning barcha davr va bosqichlarida amal qilganiga amin bo‘lamiz. Xalqimiz tafakkurida asrlar osha yashab kelayotgan bu qadriyat bugun yanada ravnaq topmoqda. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor, hamjihat bo‘lib yashamoqdalar.

  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda mazkur ezgu qadriyat yana bir bor tarannum etildi. «O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti» mavzusidagi ushbu tadbirda O‘zbekiston rus madaniy markazi, Ozarbayjon milliy madaniy markazlari uyushmasi vakillari, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan tadbirkor No Kvan Xan, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.       Tadbirni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O.Zaripov ochib berdi. O‘zbekiston Milliy universiteti professori Kamola Soipova «Millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik» ilmiy markazining faoliyati haqida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori Rahbar Xoliqova «Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilishda islomning o‘rni» mavzusida maʼruzalar qilishdi. O‘zbekistondagi rus va ozarbayjon madaniy markazlari vakillari yurtimizda milliy markazlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berishdi. Shundan so‘ng, madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan raqslar va xor jamoasi chiqishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida madaniy markazlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarga universitet rektorining tashakkurnomalari taqdim etildi. Ushbu tadbir universitetimizning barcha fakultetlarida davom etmoqda.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.