MUQАDDАSDIR VАTАN BАYROG‘I

0
343
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

18 noyabr mamlakatimizda har yili Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun va davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Mana 30 yildirki mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i mamlakatimizning ramzi sifatida davlatimizning chet ellardagi elchixonalari, konsulliklari, xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida baland hilpirab turadi. Davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari yoki davlatimiz rahbarining chet davlatlarga rasmiy safarlari paytida mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tariladi. Xalqaro maydonlardagi sport musobaqalarida sportchilarimiz erishgan g‘alabalar munosabati bilan bayrog‘imiz ko‘tariladi. Bu albatta barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O.Zaripov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat bo‘lim boshlig‘i M.Sultanova, Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakultet dekani S.Gaibnazarov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri R.Xoliqovalar tadbir ishtiokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinishi hamda uning ahamiyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Tadbir jarayonida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish qilindi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston jamoat tartibini saqlash universiteti kursantlari hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.

Shuningdek, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi rahbarligida  “Muqaddasdir Vatan  bayrog‘i”  mavzusida  she’rxonlik  kechasi, “Sanoat dizayni” kafedrasi mas’ulligida “Davlat ramzlari mening g‘ururum” mavzusida  rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.