“Xalqaro rivojlantirish Assosiasiyasi ishtirokida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida seminar-trening

0
324
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2021 yil 15,16- noyabr kunlari Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasida “Xalqaro rivojlantirish Assosiasiyasi ishtirokida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida harid qilingan o‘quv-laboratoriya jixozlaridan foydalanish, atrof muhit muhofazasi qoidalariga amal qilish bo‘yicha amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan seminar-treningda Oliy ta’lim vazirligi qoshida tashkil etilgan ishchi komissiya a’zolari, TDTU “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi jamoasi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Buxoro davlat universiteti, Namangan muhandislik texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti  professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Jahon standart talablariga to‘liq javob beradigan, zamonaviy o‘lchash va sinov uskunalari “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yoritib berilib, ushbu qurilmalardan laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tishda foydalanish tartibi, qurilmalarning texnik tavsiflari, espluatasiya qoidalari, shuningdek, foydalanishdagi texnika va yong‘in xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumonlar berib o‘tildi.

Jahon banki kredit mablag‘i hisobidan “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini modernizasiya qilish” investisiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan atrof muhit muhofazasi chora-tadbirlari bo‘yicha harakatlar rejasi asosida tayyorlangan o‘quv-laboratoriyalardan foydalanish bo‘yicha “YO‘RIQNOMA” asosida laboratoriya ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan talablar tushuntirildi. Jumladan:

–O‘quv va laboratoriya xonalarining sanitariya va gigiyena holatiga qo‘yiladigan talablar;

– O‘quv va laboratoriya xonalarini yoritishga qo‘yiladigan talablar;

–Yong‘in va portlashga qarshi qo‘llaniladigan ehtiyot choralari bo‘yicha xavfsizlik talablari;

–O‘quv va laboratoriya xonalarida elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;

–O‘quv-laboratoriya xonalariga va laboratoriya mashg‘ulotlar davrida xavfsizlik talablari;

–O‘quv va laboratoriya mashg‘ulotlari davrida ishlatiladigan kimyoviy reaktivlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;

–Qurilish va joriy ta’mir olib borilayotgan laboratoriyalarda atrof, tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar va yo‘riqnoma asosida belgilangan talablar atroflicha tshuntirib o‘tildi.

            Seminar-trening yakunida ishtirokchilar  “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasiga Jahon banki mablag‘lari hisobidan olib kelingan laboratoriya jihozlari  bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, atrof muhit muhofazasi chora-tadbirlari bo‘yicha harakatlar rejasi asosida tayyorlangan o‘quv-laboratoriyalardan foydalanish bo‘yicha “YO‘RIQNOMA” talablari to‘liq yoritib berildi hamda seminar-trening qatnashchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.