E’ L O N !!!

0
144
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan 2020 yilning 11 martida 2020-2023 yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida gidroenergetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 24-bandida kafedraning o‘quv – ilmiy laboratoriyalarini jihozlash uchun yangi zamonaviy jahon standartiga javob beruvchi asbob-uskuna, maket va qurilmalarni “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘lari hisobidan universitet tomonidan xarid qilinishi nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “O‘zbekgidroenergo” AJ homiyligida amalga oshirilayotgan ““Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilinadigan o‘quv-laboratoriya uskunalari bo‘yicha umumiy qiymati 2 500 000 000 (ikki milliard besh yuz million) so‘m bo‘lgan tender e’lon qilmoqda.
Xarid qilinadigan o‘quv-laboratoriya uskunalari bo‘yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali http//dxarid.uzex.uz saytida e’lon qilingan.
Tender ishtirokchilari takliflari 2021 yil 19 oktyabrdan 2021 yil 4 noyabrga qadar qabul qilinadi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.