Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!

0
212
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi

Ma’lumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan BARCHA talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
SHARE
Previous articleE’ L O N !!!
Next articleE’ L O N !!!