E’ L O N !!!

0
254
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o’quv jarayonlarini HEMIS axborot boshqarish tizimi – student.tdtu.uz orqali ham amalga oshirilmoqda.

Bunda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida HEMIS tizimida o’zlarining shaxsiy kabinetlariga kirgan holatda o’quv yuklamalarini, dars jadvallarini, fanlardan mavzu bo’yicha elektron materiallarini olishlari, fanlardan yo’qlama jarayonlarini, nazorat jadvallarini va o’zlashtirish ko’rsatgichlarini bilishlari hamda to’lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun to’lov shartnomalarini ham shu tizim orqali elektron shaklida buyurtma qilish imkoniyati yaratilgan.

Buning uchun talaba quyidagi ishlarni amalga oshirishlari zarur:

HEMIS tizimi (student.tdtu.uz) dan foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar bilan tanishishga yoki tizimdan foydalanishda yuzaga keladigan savollarga javob olishlari va tizimdagi yangiliklarini bilib borishlari uchun https://t.me/tdtu_HEMIS_students telegram guruhga a’zo bo’lishlari lozim;

student.tdtu.uz saytiga kirish uchun login va parolni fakultet dekanatidan yoki https://t.me/tdtu_HEMIS_students olishlari mumkin;

student.tdtu.uz kirishda hatoliklaruchrasa fakultet dekanatiga murojaat qilishingiz yoki yuqorida ko’rsatilgan telegram guruhiga yozishingiz mumkin. Berilgan savolingizga mas’ullar tomonidan javob beriladi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.